1-Ma’ruza:“Ilmiy ish asoslari” fanining asosiy tushunchalari. Kirish. Fanning maqsad, vazifa va mazmuni Reja: «Ilmiy ish asoslari»



Yüklə 23,02 Kb.
tarix25.03.2022
ölçüsü23,02 Kb.
#54159
1 маъруза


1-Ma’ruza:“Ilmiy ish asoslari” fanining asosiy tushunchalari. Kirish. Fanning maqsad, vazifa va mazmuni

Reja:

  1. «Ilmiy ish asoslari» fani haqida umumiy tushuncha

  2. Fanni o‘rganishga bo‘lgan ehtiyoj sabablari

  3. Fanning amaldagi ahamiyati

  4. Fanning maqsadi

Tayanch so‘z va iboralar: mutaxassislik, ilmiy ish tushunchasi, ilmiy ish turlari, o‘qituvchi, kasb, malaka, ko‘nikma, talaba, bilim, mantiqiy, strukturaviy, sxema.

«Ilmiy ish asoslari» fani oliy o‘quv yurtlarining boshlang‘ich kurs talabalari uchun mo‘ljallangan. Unda hozirgi paytda yuz berayotgan xalqaro ahvol, yurtimiz rahbariyati tomonidan olib borilayotgan ichki va tashqi siyosati, talabalar tahsil olayotgan o‘quv yurtining qisqacha taraqqiyoti tarixi, ularning tuzilishi va vazifalari haqida ma’lumot beriladi. O‘quv jarayonini ilmiy asosda tashkil etish, o‘qitish jarayonining alakaviy ishlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish hamda adabiyotlar ustida ishlash, reja tuzish texnikasi kabilar bilan tanishtiriasosiy shakllari, ilmiy-tadqiqot ishlari, talabalarning huquq va burchlari, talabalarning bo‘sh vaqtdan foydalanishlari, mustaqil ish, referat, kurs ishi va bitiruv malakaviy ishdir.

Bugungi kunda fan va texnika jadal ravishda rivojlanib borayotgan va jahon hamjamiyatidan o‘ziga munosib o‘rin egallayotgan mamlakatimiz uchun paytda yurtimizda xorijiy tillarni mukammal o‘rganish va o‘rgatishga katta ahamiyat berilmoqda. Bizning yoshlarimiz ham zamon bilan hamnafas ravishda o‘z sohasi bo‘yicha yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishlar kerak.

Hozirgi paytda o‘z fikrini nafaqat ona tilida balkim, xorijiy tilda ravon, go‘zal va lo‘nda ifoda eta oladigan yoshlarni ko‘p uchratishimiz mumkin. Chunki Respublikamiz mustaqillikka erishgan dastlabki yillardanoq, oliy ta’lim tizimini isloh qilishga alohida e’tibor karatildi. Islohotni amalga oshirishdan oldin jahondagi rivojlangan mamlakatlar ta’lim tizimi har tomonlama o‘rganildi va chuqur tahlil qilindi. Ularning ijobiy tomonlari qabul qilinib, mamlakatimizning uziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda ta’lim tizimi ishlab chiqildi. O‘zbekiston Respublikasida Oliy ma’lumot berish ikki bosqichdan iborat qilib belgilandi. Birinchi (kuyi) bosqichda bakalavr yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olinadi va ikkinchi (yukori) bosqichda magistraturada aniq mutaxassisliklar bo‘yicha ta’lim beriladi. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi”ga binoan bakalavr darajasiga da’vogarlar davlat attestatsiya xay’atiga bitiruv-malakaviy ishini himoya qiladilar. Himoyaning ijobiy natijasiga asosan, Davlat Attestatsiya xay’ati tomonidan bitiruvchiga bakalavr darajasi beriladi. Ushbu jarayondan so‘ng ular orasidan layoqatlilar tanlov asosida saralab olinadi va yuqori bosqich hisoblangan magistratura bo‘limiga o‘qishga qabul qilinadilar.

Oliy o‘quv yurtlarida o‘qitiladigan har qanday fan o‘rganilayotgan ma’lum bir soha bo‘yicha tadqiqot predmeti doirasini belgilab, fanning asosiy va zaruriy tomonlariga e’tibor qaratadi. Shu sababli, xorijiy tilda o‘tiladigan kurs materiallarini o‘zlashtirishda talabalar nafaqat o‘zlari o‘rganayotgan tilning nozik tomonlariga e’tibor berib qolmasdan, bunga qo‘shimcha ravishda falsafa, tarix, madaniyatshunoslik va boshqa umumijtimoiy fanlarga ham murojaat qilishlari lozim. Zero, davlat va jamiyat taraqqiyotini ta’minlashda bugungi kunda shakllanayotgan yosh avlodning bilimdonligi va tadbirkorligi muhim o‘rin tutadi. Shu sababli, oliy o‘quv yurtlarining shu kundagi vazifasi o‘z mutaxassisligi bo‘yicha har tomonlama chuqur va mustahkam bilimga ega bo‘lagan, mustaqil tafakkur qila oladigan, qurilayotgan huquqiy, demokratik davlatimiz siyosatini xalq ommasi va yoshlar o‘tasida targ‘ibot qilishga layoqatli, g‘oyaviy e’tiqodli, ijodkor va intizomda namuna bo‘la oladigan barkamol avlodni tarbiyalashda hamda ularning sifatli va samarali bilim olishlarini ta’minlash uchun o‘quv-tarbiya, ilmiy va jamoat ishlarini yuqori talablar darajasiga ko‘tarish maqsadida talabalar bilan ta’limning dastlabki bosqichlaridayoq muntazam va astoydil shug‘ullanishdan iborat.

Ko‘p yillik tajribamiz shuni ko‘rsatmoqdaki, 1-2 kurs talabalarining ko‘plari oliy maktab qoidalarini juda sekinlik bilan o‘zlashtiradilar, o‘z vaqtlarini to‘g‘ri rejalashtira olmaydilar va undan unumli foydalanishni bilmaydilar. Ba’zan esa o‘zlari tanlagan kasbi haqida yetarli tasavvurga ega bo‘lmaydilar ham.

Shu sababli oliy o‘quv yurtlari barcha fakultetlari o‘quv rejalariga “Ilmiy ish asoslari” fani kiritilgan. Bundan ko‘zlangan maqsad talabalarni oliy maktab hayotiga tezroq moslashtirish, uning sharoitiga ko‘niktirish bo‘lib, oqibat natijada fanlarni yaxshi o‘zlash-tirishlariga yordam berish, ulgurmovchilikning oldini olish va oliy o‘quv yurtlarida muvaffaqiyatli o‘qishlarini ta’minlashdir.

Talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilishning katta ahamiyatga ega. Bu jarayonni o‘rganish davrida talaba turli qiyinchiliklarga duch keladi va ularni bartaraf qilish yo‘llarini o‘rganadi. Talaba fan bo‘yicha o‘z oldiga qo‘yilgan muammoni nazariy jihatdan dars jarayonida, amaliy tomondan esa ilmiy ish ustida tajriba o‘tkazish davrida yechimni topishga o‘rganadi. Unga ilmiy tadqiqot ishining barcha qiyinchiliklari ma’lum emas. Shuning uchun, o‘qish jarayoni davomida referat, kurs ishi, bitiruv malakaviy ishni yozish texnikasi bilan tanishadi. Ilmiy tadqiqot ishlarining bosqichlari, ilmiy izlanishlar, xar-xil tekshirishlar, konkret ilmiy ishlarni bajarish, xaqidagi ma’lumotlar beriladi. U o‘z ilmiy ishlari hajmini ko‘z oldiga keltira oladi. Bu xolat tajriba o‘tkazilgan vaqtdan boshlab, to uni natijalarini qo‘llanilishigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi.

Shuni aytish kerakki, xar - bir ilmiy ishni bajaruvchi ilmiy- tadqiqot ishini tuzilgan aniq ish rejasi bo‘yicha olib borishi lozim. Mavzu tanlanishi va bajarilishi, ishning ilmiy va amaliy axamiyati, mavzuga oid ma’lumotlarning bor yoki yo‘qligi, muammoni yechilish yo‘llari va tekshirish usullari asoslab beriladi.

Ilmiy ish o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga, tanlagan materialiga, ilmiy yo‘nalish-vazifasiga ko‘ra turlarga bo‘linadi. Bular – kurs ishi, referat, bitiruv malakaviy ishi, magistrlik dissertatsiyasi, tezis, maqola, annotatsiya, taqriz, o‘quv qo‘llanma, darslik, va sh.k.

Ilmiy ishning umumiy xususiyatlari ham tabiat va jamiyatdagi ob’ektiv narsa va hodisalarning umumiy qonuniyatlarini o‘rganishdanhamda uning ma’no - mazmunidan kelib chiqadi. Ilmiy asarlar ob’ektiv dunyo haqida muhokama yuritish, yuritganda ham mantiqiy izchillik bilan ilmiy belgilar (atamalar, belgilar, formulalar, grafiklar, chizmalar, sxemalar va sh.k.) ning zarurlaridan keragicha foydalanib fikr yuritish va isbotlash, isbotlaganda ham aniq, lo‘nda, qisqa va yorqin isboti bilan ishontira olish orqali kashf etiladi. Undan olingan ma’lumot esa muayyan mutaxassislik va mutaxassisga oid bo‘lgan terminlar bilan tushuntirilgani uchun o‘quvchidan yetarli bilimni talab etadi. Undan keladigan foyda esa inson aqlining rivojiga, kamoliga xizmat qiladi.

Ushbu fikrni (ilmiy tafakkurni) nafis adabiyot (badiiy tafakkurlash) ga solishtirsak, mulohazalarning yanada yaqqol isbotini ko‘ramiz. Badiiy asarlarning umumiy xususiyatlari uning mazmunidan -tabiat va jamiyatdagi voqea-hodisalar, insonlarni ko‘z o‘ngimizda ko‘radigan darajada jonli qilib tasvirlashdan va shu orqali ob’ektiv dunyoni o‘zgartirishga intilishdan kelib chiqadi. Uning o‘ylari, hislari, fikr-mulohazalari ifoda etiladi, ifoda etilganda ham o‘ta ta’sirchan va obrazli qilib kashf etiladi. Uning tasvirlanishi butun insoniyatga tushunarli va tegishli bo‘ladi, ruhini toblaydi, ezgulikka burkaydi va ishonchini oshiradi.

Biroq ilmiy bayon ilmiy asarning maqsad va vazifalari hamda konkret janri talablari asosida turli-tumanlik kasb etadi. Jumladan, ilmiy – ommabop janr (risola, ommabop maqola, fan arboblari haqidagi ocherklar kabilar)da ko‘pchilik tushunadigan atamalar ko‘plab ishlatilsa, muayyan fanning biron sohasi bo‘yicha yangiliklar, yutuqlar, samaralar omma tushunadigan tarzda bayon etilsa, darslik va qo‘llanmalarda didaktika mana-man deb turadi; grafika, rasm, misol, masalalarga ko‘p o‘rin beriladi; nazariya bilan amaliyot bog‘lanadi, ilmiy faktlar jami o‘rganuvchilarga tushunarli va obrazli til bilan omuxtalanadi; oddiylikdan murakkablikka o‘tuvchi, yuzaki ko‘rinishdan mohiyatni tushunishga imkon beruvchi izchillikka qat’iy rioya qilinadi va sh.k.

Shularga tayangan holda ushbu fanning umumiy maqsadlarini quyidagicha belgiladik:

- talabani tadqiqot strukturasi, bilan tanishtirish:

- talabalar ilmiy tadqiqotining asosiy usullari bilan tanishtirish

-tajriba tadqiqotlari natijalarini rejalashtirish va tahlil qilishni o‘rganish

- ilmiy tadqiqot natijalarini kanday tarzda rasmiylashtirilishi bilan tanishtirish.

Ilmiy ishni natijalari quyidagi asosiy ko‘rsatkichlar bilan ifodalanadi:

- originalligi va yangiligi bilan,

- takrorlanmagan natijalari bilan o‘ziga xos bo‘lishi kerak,

Ilmiy faoliyat tavsiflanadi:

1. Maqsadi bo‘yicha: nazariy rivojlanishni ko‘zda tutadi;

2. Ilmiy ish turi bo‘yicha: fundamental va tabiiy;

3. Ilmiy ishlarning diapazoni bo‘yicha:

a) ilmiy muammo,

b) ilmiy mavzu,

c) ilmiy savol va boshqalar;



Asosiy adabiyotlar:

1. Sodiqova Sh. Ilmiy ish asoslari. O‘quv qo‘llanma T., 2016.


2. Ne’matov H. Lingvistik tadqiqot metodikasi, metodologiyasi va metodlari. O‘quv qo‘llanma - Buxoro, 2006.

Qo‘shimcha adabiyotlar:

3. Umurov X. Saylanma. To‘rtinchi jild. Oliy ta’lim muammolari. Ilmiy tadqiqot asoslari. –Toshkent: Fan. 2008.

4. Davronov Z. Ilmiy ijod metodologiyasi. O‘quv qo‘llanma. –Toshkent. 2007.
Yüklə 23,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin