Fuqarolarda diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish.
“Bugungi kunda,- deb yozadi Yurtboshimiz - insoniyat qo`lida mavjud bo`lgan qurol-yarog`lar yer kurrasini bir necha bor yakson qilishga yetadi. Buni hammamiz yaxshi anglaymiz. Lekin hozirgi zamondagi eng katta havf-insonlarning qalbi va ongini egallash uchun uzluksiz davom etayotgan mafkuraviy kurashdir. Endilikda yadro maydonlarida emas, mafkura maydonlarida bo`layotgan kurashlar ko`p narsani hal qiladi. Bu achchiq haqiqatni hech qachon unutmaslik lozim.”
Terrorchilik o`ta murakkab jinoiy hodisadir. Bugungi kunda “Terror”, “Terrorizm” “Terrorchilik harakati”, “Davlat terrorizm”, “Xalqaro terrorizm” kabi huquqiy atamalarining har birini tahlil qilishga ehtiyoj sezilmoqda.
Terrorizm mavjud tuzumga qarshi siyosiy kurash olib borish, odam o`ldirish to`sqinlik qilayotgan guruh (jamiyat) rahbari joniga suiqasd qilish bilan harakterlanadi. Uning tarixi uzoq o`tmishga boroib taqaladi.xalifa Abu Bakr Siddiq (632-634) vafotlaridan so`ng halifalik qilgan Hazrat Umarning o`limi (634-644) va hazrat Usmonning (644-656) o`ldirilishi bunga misol bo`ladi. Hazrati Aliga qarshi chiqqan diniy ekstremistlar, ya`ni 12000 kishilik horijiylar “Bizning yo`limizdan bormaganlar kofirdirlar”-dedilar. Ular hazrati Alini (656-661) namoz o`qigani kelayotganida orqasidan hanjar urib o`ldirdilar.