Mavzu: Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni saqlashda O‘zbekistonning o‘rni



Yüklə 67,38 Kb.
səhifə1/2
tarix27.12.2023
ölçüsü67,38 Kb.
#199285
  1   2
Mavzu Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni saqlashda O‘zb


Mavzu: Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni saqlashda O‘zbekistonning o‘rni.
Reja


Mavzu: Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni saqlashda O‘zbekistonning o‘rni.
Reja:
1. Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlik muammolarining ijtimoiy-siyosiy xususiyatlari.
2. Mintaqaviy barqarorlikni ta’minlashda O’zbekistonning BMT bilan hamkorligi.
3. O’zbekistonning Markaziy Osiyo mintaqa xavfsizligini ta’minlashdagi xalqaro tashkilotlar doirasidagi o’rni va roli.
1. Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlik muammolarining ijtimoiy-siyosiy xususiyatlari

O’tmishda Turonzamin – Movaraunnahr – Turkiston – O’rta Osiyo va Qozog’iston, xozirda esa Markaziy Osiyo deb nom olgan bu ulkan xududda 5 mustaqil davlat mavjud bo’lib, ular O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston va Turkmaniston davlatlaridir.


Ularning xududi 4,4 mln kv. km aholisi 55 mln dan ortiqdir.1
Bu davlatlarda yuzdan ortiq millat va elat vakillari istiqomat qilmoqda. Ularning dini, tili, dili, suvi, havosi bir va yeri tutash, madaniyati, urf-odatlari, an’analari bir-biriga yaqin. Ular nafaqat qo’shni balki qon qardosh bo’lib ketgan.
Markaziy Osiyo kuchli iqtisodiy potensialga ega bo’lgan mintaqa. Katta miqdorda ishchi kuchi, suv-energetika, transport-kommunikatsiyasi va yer resurslariga, tabiiy boylikka ega bo’lgan, SHarq bilan G’arbni bog’lovchi “Buyuk Ipak yo’li” ustida joylashgan va geostrategik jihatdan katta qulaylikka ega bo’lgan bu mintaqa dunyodagi rivojlangan davlatlarning diqqatini o’ziga tortmoqda.
Katta boylikka ega bo’lgan bu mintaqada diniy ekstremizm va xalqaro terrorizm havfi kuchayib bormoqda.
Markaziy Osiyo davlatlari orasida aholisining soni, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va intellektual salohiyati jihatidan, hamda mintaqa havfsizligini ta’minlash, diniy ekstremizm, xalqaro terrorizm, narkobiznesga qarshi kurash jihatidan O’zbekiston yetakchi o’rinni egallaydi.2
Istiqlol tufayli O’zbekiston Mustaqil tashqi siyosat olib borish imkoniyatiga ega bo’ldi. Bu siyosat davlatimiz milliy manfaatlarining ustuvorligi, xalqaro huquq normalariga qat’iy rioya qilish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, xududiy da’volar qilmaslik, nizoli masalalarni tinch yo’l bilan hal qilish, tajovuzkor xarbiy bloklarga qo’shilmaslik, yadro quroliga ega bo’lmaslik kabi tamoyillarga asoslanadi. SHu tufayli ham O’zbekiston Jaxon Hamjamiyatida o’zining munosib o’rnini egallab, xalqaro maydonda katta obro’-e’tiborga ega bo’lmoqda. Bugungi kunda Markaziy Osiyoda joylashgan mamlakatlarni, demokratik, huquqiy, dunyoviy taraqqiyot yo’lidan qaytarishga urinayotgan turli xil ekstremistik kuchlar va markazlar bu yerdagi havfsizlikka raxna solmoqda.
Bu yovuz kuchlar diniy ekstremizm va xalqaro terrorchilikni mintaqamizga yoyishga urinmoqda.
Giyoxvand moddalar va qurol-yarog’larni noqonuniy yo’llar bilan olib o’tish va sotish nafaqat Markaziy Osiyo balki butun dunyo havfsizligiga jiddiy taxdid solmoqda.
XX asrning oxiri – XXI asr boshida jahon siyosiy xaritasida yuz bergan tub o’zgarishlar Markaziy Osiyoda ham keskin o’zgarishlarga olib keldi. Markaziy Osiyo respublikalari mustaqilikka erishgandan so’ng mintaqa xavfsizligi va barqarorligiga tahdidlar ana shu geosiyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar bilan uzviy bog’liq. Bu tahdidlar bir qancha omillar zanjiridan iborat. Tojikistondagi birodarkushlik urushi, Afg’onistondagi nizolar, terrorizm, diniy ekstremizm va fundamentalizm shular jumlasidandir. Mustaqillikka erishgan Markaziy Osiyo davlatlarida turli siyosiy, iqtisodiy, harbiy va ekologiyaga oid ko’plab muam­molar to’planib qolganligi sir emas.
SHuning uchun ham Birinchi Prezidentiimiz I.A.Karimov BMT Bosh Assableyasining 48-50 sessiyalari va “Ming yillik” sammitida so’zlagan nutqida ilgari surilgan “Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash”, “Mintaqani yadro qurollaridan xoli zonaga aylantirish”, “Fuqarolar urushi olovida yonayotgan qo’shni Afg’onistonga qurol-yarog’ yetkazib berishni to’xtatish”, “Mintaqalar havfsizligini barqaror etish orqali dunyo tinchligini ta’minlash”, “Xalqaro terrorizm va ekstremizmga qarshi hamkorlikda kurashish” kabi muhim takliflari xalqaro jamoatchilik tomonidan qo’llab-quvvatlandi. 1
Afg’onistondagi notinchliklar dunyo hamda Markaziy Osiyo mintaqasi xavfsizligi va barqarorligiga tahdid soluvchi eng muhim omillardan biriga aylandi. SHu sababga ko’ra Markaziy Osiyo mamlakatlari tinch yo’l bilan Afg’onistonda tinchlikni o’rnatishdan va shu orqali mintaqada xavfsizlikni ta’minlashdan va uzoq muddatli barqarorlikka erishishdan manfaatdorlar.
Afg’onistonda birodarkushlik urushlari 23 yildan ortiq davom etdi. Bu mamlakat xalqaro terrorizm va diniy ekstremizm markaziga aylangan edi. Bundan tashqari insoniyat uchun katta havf bo’lgan giyohvand moddalar yetishtirilardi. Dunyoda yetishtirilgan giyohvand moddaning 70 foizi Afg’onistonda yetishtiriladi. Bu zaxarli moddani O’rta Osiyo orqali dunyoga tarqatishga harakat qilinilgan. O’zbekiston bunga qarshi keskin kurash olib borayapti. Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni qaror toptirish havfsizlikni ta’minlash O’zbekiston tashqi siyosatining asosiy yo’nalishi hisoblanadi.
Tadqiqot tahlili shuni ko’rsatadiki, mintaqada mavjud muammolardan yana biri bu hududda yadro va yalpi qirg’in qurollarini saqlamaslik, sinovdan o’tkazmaslik bilan bog’liq masalalar hisoblanadi. Bu sohadagi yutuq va kashfiyotlarni sinab ko’rish davom etayotganligi mintaqa davlatlari mustaqilligi va barqarorligiga xavf solmoqda.
Mintaqada mavjud bo’lgan muammolardan yana biri turli mafkuraviy vositalar orqali mintaqaviy va davlatlararo mojarolar keltirib chiqarish­ga qaratilgan harakatlar bilan bog’liq. Buni ayrim mamlakatlar hududida faoliyat ko’rsatayotgan ba’zi g’oyaviy mafkuraviy markazlar o’zlariga maqsad qilib olganlar. Ular bir davlat hududidan boshqa mamlakatlarga giyohvan­dlik moddalari, ta’qiqlangan adabiyotlar, turli qurol-yarog’ kabilarni noqonu­niy tarzda olib o’tishiga urinmoqdalar. Ularning ma’lum bir kuchlari Af­g’o­niston hududida turib, Markaziy Osiyo davlatlariga – O’zbekiston va Qirg’iziston hududiga, bu yerda yashayotgan xalqlar hayotiga qarshi tajovuz­korona harakatlar qilishga, begunoh insonlar qonini to’kishga intilmoqda.
Mintaqadagi barqarorlikka tahdid soluvchi omillardan yana biri narkobiznes hisoblanadi. Tadqiqot jarayonida olingan ma’lumotlarga ko’ra 2000 yilda Rossiya qora bozoridagi narkotik moddalarning 60 % ini, yevropa qora bozoridagi narkotik moddalarning 80 % ga yaqinini, AQSH qora bozoridagi narkotik moddalarning 35 % ni, jahon qora bozoridagi narkotik moddalarning 75 % ni afg’on zaminidagi yetishtirilgan narkotik moddalar tashkil qilgan. Afg’onistonda 1998 yilda 300 ming tonna, 1999 yilda 450 ming tonna, 2000 yilda 700 ming tonna opium yetishtirilgan, va ma’lumotlarga ko’ra shu yillarda yetishtirilgan opiumdan 30 ming tonna geroin tayyorlash mumkin ekan1.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillik yillarida strategik manfaatlarini takomillashtirib borib, dunyoda va ayniqsa, Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlikni mustahkamlash sohasida xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan faol hamkorlikni yo’lga qo’ydi.
Afg’oniston muammosini hal etish yo’lida O’zbekiston mustaqillikni dastlabki kunlaridan boshlab o’z tashqi siyosatida faol ish olib borganligi ko’rsatib o’tilgan. Jumladan, 1992 yil 13 oktyabrda Toshkentda O’zbekiston Respubli­kasi Birinchi Prezidentii I.A.Karimov va Afg’oniston Islom davlati rahbari Burhoniddin Rabboniy tomonidan ikki qo’shni davlat o’rtasida diplomatik muno­sa­batlar o’rnatish, havo yo’llari ochish to’g’risidagi hujjatlar imzolangan2.
Markaziy Osiyo mintakasida xavfsizlikni ta’minlash yo’lida O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentii I.A.Karimov xalqaro tashkilotlarning yig’ilishlarida qator tashabbuslarni ilgari surgan. Jumladan, bunday tashabbuslar BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasidagi ma’ruzasida, 1994 yil dekabrda yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (EXHT)ga3 a’zo mamlakatlar davlat boshliqlarining Budapesht sammitida, 1997 yil 22–25 sentyabridagi yeXHT Parlament Assambleyaning kengaytirilgan “Mar­ka­ziy Osiyo va Kavkazda mintaqaviy xavfsizlik, siyosiy va iqtisodiy, ijtimoiy va insonparvarlik masalalari” mavzusida Toshkent shahrida bo’lib o’tgan xalqaro seminarida bayon etilgan4.
SHu bilan birga, 1999 yil 19-20 iyul kunlari O’zbekiston hukumati tashabbusi bilan Afg’oniston masalasi bo’yicha “6+2” guruhi uchrashuvining Toshkent shahrida bo’lib o’tganligiga va uning ahamiyatga ega tomonlariga alohida e’tibor berilgan5.
Ko’p yillar davomida cho’zilib ketgan Afg’on muammosining hal bo’layotganligi dunyodagi yetakchi davlatlar va xalqaro tashkilotlarning sa’y-harakatlari natijasi deb qarash lozim. Bu harakatda O’zbekiston ham faol ishtirok qildi.
O’zbekiston Afg’on muammosini hal qilish uchun xalqaro maydonda va mintaqada o’ziga bog’liq bo’lgan barcha chora-tadbirlarni amalga oshirdi va oshirmoqda.
1997 yilda O’zbekistonning tashabbusi bilan, Afg’oniston muammosini hal qilish bo’yicha 6+2 guruhi tuzilgan edi. Bu Afg’oniston bilan chegaradosh 6 ta davlat (Eron, Pokiston, Xitoy, O’zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston) hamda Rossiya va AQSH. Bu davlatlarning 3 tasi BMT havfsizlik kengashining doimiy a’zosidir (Xitoy, Rossiya, AQSH).
2. Mintaqaviy barqarorlikni ta’minlashda O’zbekistonning BMT bilan hamkorligi
Hozirgi paytda butun jahonda globallashuv jarayonlarining kuchayib borishi bilan yer yuzida tinchlik-barqarorlikni saqlash tobora muhim ahamiyat kasb etib, uni amalga oshirishda xalqaro tashkilotlarning roli kuchayib bormoqda.
Xalqaro tashkilotlar deb butun insoniyat uchun umumiy bo’lgan maqsadlarga erishish yo’lida davlatlar, milliy jamiyat uyushmalarining ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ilmiy-texnik asoslarda birlashuvidan tashkil topgan tashkilotlarga aytiladi. Xalqaro tashkilotlarning umumiy xususiyati shundan iboratki, ularning faoliyati aniq bir milliy davlat chegarasidan chetga chiqib, davlatlararo vazifalar va muammolarni hal etishga qaratilgan bo’ladi. Bunday tuzilmalar bugungi kunda davlatlar o’rtasidagi ko’p tomonlama munosabatlarning eng muhim va samarali shakllaridan biri bo’lib qolmoqda.
Hozirgi kunda dunyoda har xil mazmun va maqsadga bo’ysundirilgan 2,5 mingdan ortiq xalqaro tashkilot mavjud. Jahonda 350 dan ortiq hukumatlararo tashkilot faoliyat ko’rsatmoqda. Ularni hududiy jihatdan (universal, mintaqaviy), qatnashchilar soniga ko’ra (ikki tomonlama, ko’p tomonlama), vakolat doirasi–kompetensiyasiga ko’ra (masalan, Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti, Jahon sayyohlik tashkiloti), faoliyat sohasiga ko’ra (masalan, siyosiy, iqtisodiy, madaniy) va a’zolik xususiyatiga ko’ra (ochiq va yopiq tashkilotlar)ga bo’lib tasniflash mumkin. Xalqaro huquq qoidalariga ko’ra, hukumatlararo tashkilotlar hamda bu sohada faoliyat ko’rsatadigan mansabdor shaxslar, diplomatlar singari, alohida imtiyoz va immunitetga egadir. Hukumatlararo tashkilotlarning xalqaro huquqdagi o’ziga xos o’rni shundan iboratki, jumladan, ular Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda dunyoning turli mintaqalaridagi mojarolarni tinch yo’l bilan hal qilish vositalari bo’lib xizmat qilmoqda.
Hozirgi davrda mamlakatlar o’rtasidagi munosabatlar, garchi birmuncha barqarorlashgan bo’lsa-da, biroq bu jabhadagi ziddiyat va qarama-qarshiliklar hamon saqlanib qolmoqda. Bu o’z navbatida barcha davlatlar va xalqlarni tashvishga solmoqda. SHu boisdan ham jahonda tinchlik va taraqqiyotni ta’minlashda xalqaro tashkilotlarning roli va ahamiyati yanada oshib bormoqda. Ular xalqaro munosabatlarni sog’lomlashtirishning turli yo’llarini ishlab chiqishga harakat qilmoqda. Jumladan, keyingi yillarda “keng qamrovli xavfsizlik”, “kuchlar nisbatidan manfaatlar nisbatiga o’tish”, “jahondagi mojarolar va kooperativ munosabatlarni muvofiqlashtirishda diplomatik mohiyat” kabi konsepsiyalar ishlab chiqilmoqda va ularda xalqaro siyosiy munosabatlarni barqarorlashtirishga doir xilma–xil fikrlar ilgari surilmoqda.
Demak, jahonda tinchlik va taraqqiyotni ta’minlashda xalqaro tashkilotlar muhim ahamiyatga ega bo’lib, ular turli davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy barqaror rivojlanishi uchun katta imkoniyatlar yaratib beradi.
Xalqaro siyosiy muammolarni hal qilishda ikki xil, ya’ni bir-biridan farq qiladigan an’anaviy va yangicha – zamonaviy yondashuv mavjud bo’lib, ularning har biri o’ziga xos xususiyatga ega.
1. Xalqaro muammolarni hal qilishda an’anaviy yondashuvning asosiy belgilari sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin:
- sinfiy, guruhiy, milliy manfaatlarning ustuvorligi;
- noekologik tafakkur;
- siyosiy muammolarni kuch orqali hal qilishga urinish;
- ishonmaslik – muloqotning bosh shakli ekani;
- mamlakat xavfsizligini har qanday vositalar bilan ta’minlashga harakat qilish.
2. Xalqaro muammolarni hal qilishga yangicha – zamonaviy yondashuvning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:
  • umuminsoniy manfaatlarning ustuvorligi;


  • ekologik tafakkur;


  • siyosiy muammolarni tomonlar manfaatini hisobga olgan holda, faqat siyosiy vositalar orqali hal qilish;


  • ishonch – muloqotning asosiy shakli ekani;


  • umumiy xavfsizlik muhitini yaratish.


Ko’rinib turibdiki, hozirgi davrda tashqi siyosatning yangi – zamonaviy konsepsiyasi yangicha fikrlarga asoslanmoqda. Bugungi dunyo qanchalik xilma-xil bo’lmasin, uning yaxlitligini, bir butunligini tan olish tashqi siyosatda muayyan yutuqlarga erishishning asosini tashkil qiladi. Tashqi siyosatni takomillashtirish emas, qat’iy isloh qilish davr talabi ekanini anglash natijasida xalqaro munosabatlarda quyidagi bir qator ijobiy tendensiyalar ko’zga tashlanmoqda:


- mafkuraviy ta’sirning yo’qolib borishi;
- konfrontatsiya – o’zaro qarama-qarshilikdan hamkorlikka o’tib borish;
- xalqaro siyosatda kuch va ta’sirni birlashtirish;
- xalqaro siyosatning demokratiyalashuvi va insonparvarlashuvi;
- xalqaro munosabatning kengayishi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti – dunyodagi umuminsoniy manfaatlar asosida faoliyat olib boradigan eng nufuzli xalqaro tashkilot (1945 yil 24 oktyabr). BMTga hozirgi vaqtda 192 ta mamlakat a’zo. BMT – yer yuzida tinchlikni va xavfsizlikni ta’minlash, davlatlar va millatlarning o’zaro hamkorligini rivojlantirish maqsadida 1945 yilda, Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan g’alaba qozongan mustaqil davlatlarning ixtiyoriy birlashishi asosida tuzilgan xalqaro tashkilotdir. Aslida bunday xalqaro tashkilotni tuzish zarurati Birinchi jahon urushidan keyinroq ayon bo’la boshlaydi. SHu maqsadda dastlab 1919 yilda “Millatlar Ittifoqi” nomli xalqaro tashkilot ta’sis etiladi va u 1946 yilgacha SHvetsariyaning Jeneva shahrida faoliyat olib boradi. Ammo u davrda demokratik va tinchliksevar kuchlarning uyushqoq emasligi va zaifligi tufayli Millatlar Ittifoqi xalqlarning umidlarini oqlamaydi, u Birinchi jahon urushida g’alaba qozonib, yetakchi mustamlakachi davlatlarga aylangan Buyuk Britaniya va Fransiyaning quroliga aylanib qoladi. Ikkinchi jahon urushi davomida va undan keyingi vaqtda 1919-1939 yillar mobaynidagi ana shu achchiq tajriba inobatga olinadi, tegishli xulosalar chiqariladi. Xullas, o’tmish sabog’i yangi xalqaro tashkilotlarning butunlay boshqacha bo’lishini talab qildi.
3. O’zbekistonning Markaziy Osiyo mintaqa xavfsizligini ta’minlashdagi xalqaro tashkilotlar doirasidagi o’rni va roli
Hozirgi davrda Markaziy Osiyoda strategik barqarorlikni ta’minlash, mintaqada integratsion jarayonlarni kuchaytirish, bu hududda joylashgan davlatlarning iqtisodiy, suv- energetik, ekologik muammolarining yechimni topishda yakin hamkorlik aloqalarini yo’lga quyish va mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etadi. SHulardan ayniqsa, Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik va xavfsizlikni saqlashda mintaqa davlatlarining hamkorligi zarurdir. So’nggi yillar mobaynida O’zbekiston mintaqada xavfsizlikka erishish va uzoq muddatli hamkorlik yo’lida o’zaro oqilona murosaga tayyor ekanligini bir necha bor isbot qildi.
Bu borada O’zbekiston Birinchi Prezidentii Islom Karimov «Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni saqlash, bu mintaqani barqaror xavfsizlik hududiga aylantirishni tashqi siyosatimizni muhim ustuvor yo’nalishi etib belgilab olganmiz»6 deb ta’kidlagan edi. O’zbekiston mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, qurolli mojarolarni tinch yo’l bilan hal etish borasida taklif va tashabbuslar bilan chiqib, BMT bilan hamkorlikda qator samarali ishlarni amalga oshirdi. yevropa Xavfsizlik va hamkorlik Tashkiloti, o’nlab davlatlararo nohukumat xalqaro tashkilotlar bilan ham keng hamrovli aloqalarni izchil rivojlantirmoqda. O’zbekiston poytaxti Toshkent bugungi kunda xalqaro nufuzli tashkilotlar ishtirokidagi xavfsizlik, barqarorlik, tinchlik va hamkorlik masalalari bo’yicha muhim xalqaro anjumanlar markaziga aylandi. Ayniqsa, xalqaro tashkilotlar - yeXHT, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (EKO) bilan teng huquqli a’zo sifatida, yevropa Ittifoqi, NATO bilan «Tinchlik yo’lida hamkorlik» dasturi doirasidagi aloqalari rivojlandi.
BMTga a’zo bo’lishdan maqsad Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlik, tinchlik, osoyishtalik hamda totuvlikni ta’minlashning keskin muammolariga jahon jamoatchiligi e’tiborini jalb qilishdan iboratdir. 1993 yil 28 sentyabr BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasida Birinchi Prezidenti I.A.Karimov nutq so’zladi, unda diqqat e’tibor Orol dengizi fojeasiga va mintaqadagi mojaroli o’choklarga qaratildi, birinchi bor Markaziy Osiyoda yadro qurolidan holi hudud barpo etish tashabbusi ilgari surildi. Bu tashabbus 1996 yil dekabr oyida bo’lib o’tgan yeXHT uchrashuvida yig’ilganlar diqqatiga havola etildi, 1997 yil 14–16 sentyabr kunlari Toshkentda yuqoridagi mavzuga doir anjuman o’tkazildi. 1999 yil 22 oktyabrda Afg’onistondagi mojarolarni tinch yo’l bilan hal etish masalasiga doir BMTning Xavfsizlik Kengashi a’zolari nomidan Bayonot e’lon qilindi, 1999 yil 19-20 iyul oyida «6+2» guruhining bu masalaga doir uchrashuvi bo’lib o’tdi.
BMT Bosh Assambleyasining «Ming yillik» deb nom olgan sessiyasida Birinchi Prezidenti I. A. Karimov nutq so’zladi, unda «Bugungi kunda mintaqalar xavfsizligini taminlamay turib, umumiy xalqaro xavfsizlikka erishib bo’lmasligi hammaga ravshan» degan edi7.
Ming yillik Assambleyada, O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentii I.A.Karimov O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Ikkinchi chaqiriq, birinchi sessiyasida, ya’ni 2000 yil 22 yanvarda so’zlagan ma’ruzasida xavfsizlik va osoyishtalikni ta’minlash sohalariga alohida to’xtalib o’tgan edi. BMT bilan faol hamkorlik va O’zbekistonning obro’sining ortib borayotganligini biz Birinchi Prezident I.A.Karimovning «Ming yillik Assambleyasi» raisi o’rinbosarligiga saylanishida ham ko’rishimiz mumkin.
O’zbekiston tashqi siyosat sohasidagi vazifalarni hal etishda Birlashgan Millatlar Tashkiloti doirasidagi hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratadi.
O’zbekiston Tashqi ishlar vazirligining tashabbusi bilan tashkil etilgan "Markaziy Osiyo — yadro qurolidan xoli zona" Xalqaro konferensiyasi ishida jahondagi 56 davlat va 16 xalqaro tashkilotning muxtor vakillari qatnashdi. Bular orasida BMT, yeXHT, NATO, Atom energiyasi bo’yicha xalqaro agentlik, "Islom konferensiyasi" Tashkiloti, Lotin Amerikasida yadro qurolini taqiklash bo’yicha agentlik va boshqa xalqaro tuzilmalardir. Ushbu anjuman ishida BMT Xavfsizlik Kengashi-ning doimiy a’zolari — yadro davlatlari hisoblanmish besh davlat vakillari faol qatnashdilar. Bu esa Toshkent konferensiyasi katta ahamiyatga ega ekanligini ko’rsatdi. Toshkent konferensiyasida qatnashish uchun yevropa Ittifoqi mamlakatlarining katta delegatsiyasi ham keldi. Ularning integratsiya hamda xavfsizlik va tinchlik o’rnatish borasidagi tajribasi Markaziy Osiyo davlatlari uchun ayniqsa qadrlidir. Konferensiyaning hamma ishtirokchilari O’zbekistonning Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zona tashkil etish haqidagi g’oyasini qo’llab-quvvatlayotganliklarini ma’lum qildilar.
O’zbekiston Birinchi Prezidenti I. Karimov "Markaziy Osiyo - yadro qurolidan xoli zona" Toshkent konferensiyasida so’zga chiqib, bunday dedi: "... jahon hamjamiyati bugungi kunda yadro xavfidan ogoh qilish, uning oldini olish borasidagi tashabbus va chora-tadbirlarga jiddiy e’tibor bilan qarashi va ularni har tomonlama qo’llab-quvvatlashi lozim. Biz Markaziy Osiyo —dunyodagi aholi eng zich joylashgan mintaqalardan biri ekanini, aholi har tomonlama nochor, tabiiy halokatlar tez-tez sodir bo’lib turadigan sharoitda istiqomat qilishini hech qachon unutmasligimiz kerak"8.
Birinchi Prezidenti I. A. Karimov tashabbuslari natijasida 2006 yil 8 sentyabrda Semipalatinsk shahrida O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, va Turkmaniston davlat rahbarlari tomonidan Markaziy Osiyoni yadro qurolidan xoli zona deb e’lon qilinganligi haqidagi shartnoma imzolandi. SHartnomaga ko’ra tomonlar yadro qurolini ishlab chiqarishni, sotib olishni, xududlariga joylashtirishni taqiqlash kabi majburiyatlarni o’z zimmalariga oldilar. O’zbekiston tomoni mazkur shartnomani 2007 yil 2 aprelda ratifikatsiya qildi


Yüklə 67,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin