22-modda. Jismoniy kuch ishlatish
Agar kuch ishlatilmaydigan usullar ichki ishlar organi xodimining zimmasiga
yuklatilgan majburiyatlarning bajarilishini ta’minlamasa, u quyidagi hollarda shaxsan o‘zi
yo
ki bo‘linma (guruh) tarkibida jismoniy kuch ishlatish, shu jumladan kurashning jang
usullarini qo‘llash huquqiga ega bo‘ladi:
jinoyatlarga va ma’muriy huquqbuzarliklarga chek qo‘yish uchun;
jinoyatlar yoki ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etgan shaxslarni eng yaqindagi
ichki ishlar organiga yoxud huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga olib borish va bu
shaxslarni ushlab turish uchun;
ichki ishlar organi xodimining qonuniy talablariga qarshilik ko‘rsatilishini bartaraf
etish uchun.
Ichki ishlar organi xodim
i ushbu Qonunda maxsus vositalar yoki o‘qotar qurol
qo‘llanilishiga ruxsat etilgan hollarda ham jismoniy kuch ishlatish huquqiga ega.
Homiladorlik belgilari sezilib turgan ayollarga, nogironlik belgilari ko‘rinib turgan
shaxslarga, yoshi aniq ko‘rinib turgan yoki ma’lum bo‘lgan voyaga yetmaganlarga
nisbatan jismoniy kuch ishlatish taqiqlanadi, bundan ularning qurolli qarshilik
ko‘rsatganligi, fuqarolarning yoxud ichki ishlar organi xodimining hayoti va sog‘lig‘iga
tahdid etib, hujum qilganligi hollari mustasno.
23-
modda. Maxsus vositalarni qo‘llash
Ichki ishlar organi xodimi quyidagi hollarda maxsus vositalarni qo‘llash huquqiga
ega:
fuqaroga yoki ichki ishlar organi xodimiga qilingan hujumni qaytarish uchun;
jinoyatga yoki ma’muriy huquqbuzarlikka chek qo‘yishda;
ichki ishlar organi xodimiga qarshilik ko‘rsatilishiga chek qo‘yishda;
jinoyatni sodir etish chog‘ida yoki uni sodir etganidan keyin darhol ko‘rib qolingan,
yashirinishga urinayotgan shaxsni ushlashda;
qurolli qarshilik ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan shaxsni ushlashda;
ushlab turilgan shaxslarni va qamoqqa olingan, ma’muriy qamoqqa olingan
shaxslarni olib borish, qo‘riqlab borish va qo‘riqlashda, shuningdek qochishga urinishini,
atrofdagilarga yoki o‘ziga zarar yetkazishini bartaraf etish maqsadida;
zo‘ravonlik bilan ushlab turilgan shaxslarni, egallab olingan binolarni, xonalarni,
inshootlarni, transport vositalarini va yer uchastkalarini ozod qilishda;
fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga, jamoat xavfsizligiga tahdid soluvchi ommaviy
tartibsizliklarga hamda boshqa g‘ayriqonuniy xatti-harakatlarga chek qo‘yishda;
haydovchisi ichki ishlar organi xodimining to‘xtash to‘g‘risidagi talabini
bajarmagan transport vositasini to‘xtatishda;
jinoyatlar yoki ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etayotgan yoxud sodir etgan
shaxslarni aniqlashda;
muhofaza qilinadigan obyektlarni himoya qilishda, g‘ayriqonuniy xatti-
harakatlarni sodir etayotgan fuqarolar g
uruhlarining harakatlanishini to‘sib qo‘yishda.
Ichki ishlar organi xodimi quyidagi maxsus vositalarni qo‘llash huquqiga ega:
rezina
tayoqlar
—
ushbu
modda
birinchi
qismining ikkinchi
—
oltinchi, sakkizinchi,
to‘qqizinchi va o‘n ikkinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda;
ko‘zdan yosh oqizuvchi moddalar, gazli, shikastlantiruvchi qurol — ushbu modda
birinchi
qismining ikkinchi
—
oltinchi, sakkizinchi,
to‘qqizinchi va o‘n
ikkinchi
xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda;
qo‘lkishanlar yoki boshqa bog‘lash vositalari — ushbu modda birinchi
qismining uchinchi
— yettinchi, to‘qqizinchi va o‘n ikkinchi xatboshilarida nazarda tutilgan
hollarda;
maxsus bo‘yovchi va markirovka qiluvchi vositalar — ushbu modda birinchi
qismining
o‘ninchi, o‘n birinchi va o‘n ikkinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda;
elektroshok qurilmalari
— ushbu modda birinchi qismining ikkinchi —
beshinchi, yettinchi va sakkizinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda;
xizmat
hayvonlari
— ushbu modda birinchi qismining ikkinchi —
yettinchi,
to‘qqizinchi, o‘n birinchi va o‘n ikkinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda;
chalg‘itma ta’sir ko‘rsatuvchi nur-tovush moslamalari — ushbu modda birinchi
qismining sakkizinchi,
to‘qqizinchi va o‘n
ikkinchi
xatboshilarida nazarda
tutilgan
hollarda;
transport vositalarini majburiy to‘xtatish vositalari — ushbu modda birinchi
qismining
to‘qqizinchi va o‘ninchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda;
tinchlantirish ko‘ylagi — ushbu modda birinchi qismining ikkinchi — oltinchi
xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda;
suv
bilan
zarba
beruvchi
mashinalar
— ushbu modda birinchi
qismining sakkizinchi va
to‘qqizinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda;
zirhli
mashinalar
—
ushbu
modda
birinchi
qismining oltinchi, sakkizinchi va
to‘qqizinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda;
muhofaza qilinadigan obyektlarni (hududlarni) himoya qilish, g‘ayriqonuniy
harakatlar sodir etayotgan fuqarolar guruhlarining harakatlanishini to‘sish vositalari —
ushbu modda birinchi qismining
o‘n ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollarda;
to‘siq-g‘ovlarni bartaraf etuvchi vositalar — ushbu modda birinchi
qismining oltinchi, sakkizinchi,
to‘qqizinchi va o‘n birinchi xatboshilarida nazarda tutilgan
hollarda.
Ichki ishlar organi xodimi u
shbu Qonunda o‘qotar qurol ishlatishga ruxsat etilgan
barcha hollarda maxsus vositalarni qo‘llash huquqiga ega.
Maxsus vositalarning qo‘llanilishi uchinchi shaxslarning hayoti, sog‘lig‘iga xavf
tug‘dirmasligi va mol-mulkiga zarar yetkazmasligi kerak.
Homil
adorlik belgilari sezilib turgan ayollarga, nogironlik belgilari ko‘rinib turgan
shaxslarga, yoshi aniq ko‘rinib turgan yoki ma’lum bo‘lgan voyaga yetmaganlarga
nisbatan, bundan ularning qurolli qarshilik ko‘rsatganligi yoki fuqarolarning yoxud ichki
ishla
r organi xodimining hayoti va sog‘lig‘iga haqiqatda tahdid etib, guruh bo‘lib hujum
qilganligi hollari mustasno, shuningdek kuch ishlatmasdan, jamoat tartibini, transport,
aloqa vositalari va tashkilotlarning ishini buzmasdan o‘tkazilayotgan g‘ayriqonuniy
yig‘ilishlar, mitinglar, namoyishlar, ommaviy chiqishlar va piket qo‘yishlarni bartaraf etish
chog‘ida maxsus vositalarning, shu jumladan gazli hamda shikastlantiruvchi qurolning
qo‘llanilishi taqiqlanadi.
Quyidagilar taqiqlanadi:
odamning boshiga, bo‘yniga, o‘mrov suyagiga, qorniga, jinsiy a’zolariga, yurak
sohasiga rezina tayoq bilan zarbalar berish;
havo harorati Selsiy bo‘yicha nol darajadan past bo‘lganida suv bilan zarba
beruvchi mashinalarni qo‘llash.
Oldingi tahrirga qarang.
Suv bilan zarba beruvchi va zirhli mashinalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki
ishlar vazirining, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari
hamda viloyatlar ichki ishla
r boshqarmalari boshliqlarining og‘zaki yoki yozma qarori
asosida qo‘llaniladi, bu haqda O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziriga hamda
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar prokurorlariga hamda
ularga tenglashtirilgan prokurorlarga darhol xabar beriladi.
(23-
moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 27-
oktabrdagi O‘RQ-797-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi,
28.10.2022-y., 03/22/797/0967-son)
Ichki ishlar organlari ta’minotida bo‘ladigan maxsus vositalarning ro‘yxati
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Dostları ilə paylaş: |