Ichki ishlar organlari to‘G‘risida


-modda. Ichki ishlar organlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilish



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/36
tarix20.11.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#166009
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   36
O

35-modda. Ichki ishlar organlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilish 
Ichki ishlar organlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilish quyidagilar orqali 
ta’minlanadi: 
sog‘lig‘ini saqlash; 
mehnatiga haq to‘lash; 
uy-
joy maydoni bilan ta’minlash; 
mol-
mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash; 


xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida transport vositalaridan imtiyozli 
foydalanish; 
davlat pensiya ta’minoti; 
davlat sug‘urtasi; 
ijtimoiy yordam ko‘rsatish. 
Oldingi tahrirga qarang. 
Qonunchilikda ichki ishlar organlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilishga doir 
boshqa chora-tadbirlar ham nazarda tutilishi mumkin. 
(35-moddaning ikkinchi qismi 
O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 
21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
36-
modda. Ichki ishlar organlari xodimlarining sog‘lig‘ini saqlash 
Ichki ishlar organlarining xodimlariga, harbiy xizmatchilariga, pensionerlariga, 
ishchi va xizmatchilariga hamda ularning oila a’zolariga, O‘zbekiston Respublikasi Ichki 
ishlar vazirligining t
a’lim muassasalari kursantlari va tinglovchilariga ichki ishlar 
organlarining tibbiy muassasalari, shuningdek faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Davlat 
budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiruvchi boshqa davolash-profilaktika 
muassasalari tomonidan bepul tibbiy-sanitariya, tibbiy-
ijtimoiy ta’minot beriladi hamda 
tibbiy-
sanitariya yordami ko‘rsatiladi. 
Ichki ishlar organlarining xodimlari, harbiy xizmatchilari, pensionerlari sanatoriy-
kurort sharoitida davolanish uchun yiliga bir marta imtiyozli yo‘llanmalar bilan 
ta’minlanadi. 
Kasalliklarning profilaktikasi, bemorlarga tashxis qo‘yish, ularni davolash va 
sog‘lomlashtirish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish, tibbiy ko‘riklar va harbiy-tibbiy 
ekspertiza o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan tibbiy vositalar, buyumlar, asbob-uskunalar va 
dori vositalari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan olinadi. 
Zarur bo‘lgan hollarda, shoshilinch tibbiy yordam va rejali ixtisoslashtirilgan tibbiy 
yordam belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 
davolash-profilaktika muassasalari tomonidan amalga oshiriladi. 
Alohida hollarda, biriktirilgan tarkibning tibbiy ko‘rsatmalar bo‘yicha tibbiy yordam 
olishi uchun uni O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga yuborish O‘zbekiston 
Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining maxsus komissiyasi xulosasi asosida amalga 
oshiriladi. Bunday hollarda, biriktirilgan tarkibning tibbiy yordam olishi uchun xarajatlar 
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari 
hisobidan amalga oshiriladi. 
Ichki ishlar organlarida tibbiy-sanitariya, tibbiy-ijtimoiy yordamni va sanatoriy-
kurort ta’minotini, tibbiy tekshiruvni tashkil etish va harbiy-tibbiy ekspertizani o‘tkazish 
tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-sentabrdagi 764-son qarori bilan 
tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarida tibbiy tekshiruvni tashkil 
etish va harbiy-
tibbiy ekspertizani o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom”. 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin