38-modda. Ichki ishlar organlari xodimlarini uy-joy maydoni bilan
ta’minlash
Uy-joy olishga va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj deb topilgan ichki ishlar
organlari xodimlari belgilangan tartibda uy-joy maydoni olish huquqiga ega.
Ichki ishlar organlari xizmat uy-
joy fondiga ega bo‘lishi mumkin.
Ichki ishlar organlari xodimlariga turar joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik)
uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilangan tartibda va
miqdorlarda pullik kompensatsiya to‘lanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ichki ishlar organlari xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
tomonidan belgilanadigan tartibda uzoq muddatli, imtiyozli ipoteka kreditlaridan
foydalangan holda kvartiralar olish huquqi beriladi va yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun
yer uchastkalarini elektron onlayn-
auksion vositasida sotib olish xarajatlarining o‘rni
qoplanadi.
(38-
moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi
O‘RQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-
y., 03/22/775/0477-son)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2017-yil 20-apreldagi PQ-2906-
son “Ichki ishlar organlari tayanch punktlarining
profilaktika inspektorlarini xizmat uy-
joyi bilan ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-
tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 354-sonli
“O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari va Milliy gvardiyasining shaxsiy tarkibi
hamda ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilish tizimini tartibga solish to‘g‘risida”gi
qarori 1-ilovasi 3-bobining 5-paragrafi.
Dostları ilə paylaş: