Ichki ishlar organlari to‘G‘risida


-modda. I chki ishlar organlari xodimlarining davlat pensiya ta’minoti



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/36
tarix20.11.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#166009
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
O

41-modda. I
chki ishlar organlari xodimlarining davlat pensiya ta’minoti 
Oldingi tahrirga qarang. 
Ichki ishlar organlari xodimlari, boquvchisini yo‘qotgan taqdirda esa ularning oila 
a’zolari qonunchilikda belgilangan tartibda va miqdorlarda davlat pensiya ta’minotini olish 
huquqiga ega. 
(41-moddaning matni 
O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-
683-sonli Qonuni tahririda 
— Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 
03/21/683/0375-son) 
42-
modda. Ichki ishlar organlari xodimlarining davlat sug‘urtasi 
Oldingi tahrirga qarang. 
Ichki ishlar organlarining xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti 
mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan davlat 
tomonidan majburiy sug‘urta qilinadi. 
(42-moddaning matni 
O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-
683-sonli Qonuni tahririda 
— Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 
03/21/683/0375-son) 
43-modda. Ichki ishlar organlarining xodimlariga va ularning oilalariga 
ijtimoiy yordam ko‘rsatish 
O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri ichki ishlar organlarining xizmat 
majburiyatlarini bajarish chog‘ida tan jarohati yetkazilgan xodimlariga, shuningdek halok 
bo‘lganlarning oila a’zolariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 
belgilangan tartibda va miqdorlarda bir marotabalik nafaqa tayinlashga haqli. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 354-
sonli “O‘zbekiston 
Respublikasi ichki ishlar organlari va Milliy gvardiyasining shaxsiy tarkibi hamda ularning 
oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilish tizimini tartibga solish to‘g‘risida”gi qarori 1-
ilovasining 7-bobi. 
Oldingi tahrirga qarang. 
Qonunchilikda xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan ichki ishlar 
organlari xodimlarining farzandlariga ularni ichki ishlar organlaridagi xizmatga qabul 
qilishda va O‘zbekiston Respublikasining oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul 
qilishda afzalliklar berilishi mumkin. 
(43-moddaning ikkinchi qismi 
O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 
21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin