Ichki ishlar organlari to‘G‘risida


-modda. Ichki ishlar organi xodimining mol-mulkiga yetkazilgan



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/36
tarix20.11.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#166009
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
O

39-modda. Ichki ishlar organi xodimining mol-mulkiga yetkazilgan 
zararning o‘rnini qoplash 
Ichki ishlar organi xodimining yoki uning yaqin qarindoshlarining mol-mulkiga 
uning xizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liq holda yetkazilgan zararning o‘rni 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan to‘liq hajmda qoplanadi, 
ushbu summa keyinchalik aybdor shaxslardan undirib olinadi. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 354-son qarori bilan 
tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi va ularning 
oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilish tartibi to‘g‘risida nizom”ning 5-bobi. 
40-modda. Ichki ishlar organlari xodimlarining xizmat majburiyatlarini 
bajarish chog‘ida transport vositalaridan foydalanishi tartibi 
Ichki ishlar organlari maxsus avtotransport vositalari, shu jumladan ichki ishlar 
organlariga tegishlilikni bildiruvchi maxsus yorug‘lik signallariga va tovushli signallarga, 
bo‘yoqli rangli grafika sxemasiga ega maxsus avtotransport vositalari, shuningdek 
boshqa maxsus vositalar bilan ta’minlanadi. 
Oldingi tahrirga qarang. 
Mehnatning qatnov xususiyati bilan bog‘liq bo‘lgan xizmat majburiyatlarini 
bajaruvchi ichki ishlar organlari xodimlariga qonunchilikda belgilangan tartibda va 
miqdorlarda shahar yo‘lovchi transportidan (yo‘nalishli va yo‘nalishsiz taksilardan 
tashqari) foydalanish uchun oylik yo‘l chiptalari beriladi yoki pullik kompensatsiya 
to‘lanadi. 
(40-moddaning ikkinchi qismi 
O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 
21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 


Xizmat safariga yuborilgan ichki ishlar organlari xodimlariga transportning barcha 
turlariga yo‘l hujjatlarini safar guvohnomasini ko‘rsatib navbatsiz olish huquqi beriladi. 
Shaxsiy transportdan xizmat safarlarida foydalanadigan ichki ishlar organlari 
xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan 
tartibda va miqdorlarda pullik kompensatsiya to‘lanadi. 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin