7-bob. Ichki ishlar organlari xodimlarini huquqiy va ijtimoiy himoya qilish 34-modda. Ichki ishlar organlari xodimlarini huquqiy himoya qilish kafolatlari Ichki ishlar organi xodimi davlat organi vakili sifatida ish yuritadi va davlat
himoyasi ostida bo‘ladi.
Ichki ishlar organi xodimi xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida faqat bevosita
yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshliqqa bo‘ysunadi.
Qonun bilan vakolat berilgan shaxslardan tashqari hech kim ichki ishlar organi
xodimining qonuniy faoliyatiga aralashish, ichki ishlar organi xodimini qonun bilan ichki
ishlar organlari zimmasiga yuklatilmagan majburiyatlarni bajarishga majburlash huquqiga
ega emas. Qonunga zidligi aniq bo‘lgan buyruq yoki farmoyish olganda ichki ishlar organi
xodimi uni bajarishni rad etish huquqiga ega va qonunga amal qilishi shart.
Oldingi tahrirga qarang. Ichki ishlar organi x
odimi o‘z ish yurituvida bo‘lgan ishlar va materiallarning
mohiyati haqida biror-bir tushuntirish berishga, shuningdek bunday ishlar va materiallarni,
shu jumladan fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxldor ishlar
hamda materiallarni tanishib chiqish uchun qonunchilikda nazarda tutilgan hollardan va
tartibdan boshqacha tarzda taqdim etishga majbur emas.
(34- moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21- apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Ichki ishlar organlarining xodimlari o‘ziga nisbatan qabul qilingan qarorlar va
harakatlar (harakatsizlik) ustidan yuqori turuvchi mansabdor shaxslarga, prokurorga yoki
sudga belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang. 34 1 - modda. Ichki ishlar organlari tergov bo‘linmalari xodimlarining daxlsizligi Ichki ishlar organlarining tergov bo‘linmalari surishtiruvchilariga, tergovchilariga
va rahbarlariga nisbatan jinoyat ishlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori, Toshkent
shahar, viloyatlar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar tomonidan,
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamentining
tergovchilariga, bo‘linmalari rahbarlariga va boshlig‘iga nisbatan esa O‘zbekiston
Respublikas
i Bosh prokurori yoki uning o‘rinbosarlari tomonidan qo‘zg‘atiladi.
(34 1 - modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi O‘RQ-542- sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)