Ichki ishlar organlari to‘G‘risida


-modda. Ichki ishlar organi xodimining qasamyodi



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/36
tarix20.11.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#166009
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   36
O

27-modda. Ichki ishlar organi xodimining qasamyodi 
Ichki ishlar organlaridagi xizmatga birinchi marta qabul qilingan fuqarolar quyidagi 
mazmunda qasamyod qabul qiladi: 
“Men, (familiyasi, ismi, otasining ismi), ichki ishlar organlaridagi xizmatga kirar 
ekanman, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini himoya qilish, mamlakat tinchligi, 
osoyishtaligi va xavfsizligini mustahkamlash borasidagi burchimni va zimmamga 
yuklati
lgan majburiyatlarni vijdonan, sidqidildan bajarishga va’da beraman. 
Vatanimga va O‘zbekiston xalqiga sodiq bo‘lishga qasamyod qilaman”. 
28-modda. Ichki ishlar organlarining xodimlari 
Ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan, maxsus unvon berilgan O‘zbekiston 
Respublikasi fuqarosi ichki ishlar organining xodimidir. 
Ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tash tartibi hamda formali kiyim-bosh 
namunalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrdagi PQ-
3413-
son qarori bilan tasdiqlangan “Ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tash tartibi 
to‘g‘risidagi nizom”. 
Ichki ishlar organi xodimiga O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi 
tomonidan tasdiqlanadigan, belgilangan namunadagi xizmat guvohnomasi va jeton 
beriladi. 
Ichki ishlar organi xodimi egallagan lavozimi, turgan joyi va vaqtidan qat’i nazar, 
O‘zbekiston Respublikasining butun hududida boshlig‘ining (komandirining) buyrug‘iga 
binoan istalgan vaqtda xizmat majburiyatlarini bajarishga kirishishi hamda quyidagi 
choralarni ko‘rishi shart: 
jinoyatlar, boshqa huquqbuzarliklar sodir etilgan joyda yoki hodisalar joyida 
jabrlangan fuqarolarga, shuningdek nochor ahvolda qolgan fuqarolarga birinchi tibbiy 
yordam yoki boshqa xil yordam ko‘rsatilishini tashkil etish; 
odamlarni qutqarish, huquqbuzarliklarning oldini olish va ularga chek qo‘yish, 
ularni sodir etgan shaxslarni ushlash, hodisa joyini qo‘riqlash hamda unga fuqarolar 
o‘zlarining shaxsiy xavfsizligiga yoki jamoat xavfsizligiga tahdid soluvchi voqealar 
t
o‘g‘risidagi xabarlar bilan murojaat qilgan yoxud bevosita o‘zi shunday voqealarga duch 
kelgan taqdirda eng yaqindagi ichki ishlar organlari bo‘linmasiga xabar berish. 
Ichki ishlar organi xodimining xizmat majburiyatlarini bajarishi deganda 
quyidagilar tushuniladi: 
lavozim majburiyatlarini bajarish va jangovar harakatlarda ishtirok etish; 
xizmatni (jangovar xizmatni) o‘tash; 
xizmat safarida yoki davolanishda bo‘lish; 


kun tartibida belgilangan xizmat vaqti davomida yoki xizmat zarurati tufayli ichki 
ishlar o
rganlari (harbiy qism) hududida bo‘lish; 
xizmat, davolanish joyiga borish yoki ulardan qaytish; 
yig‘inlarda (harbiy yig‘inlarda) ishtirok etish; 
asirlikda bo‘lish (o‘z ixtiyori bilan asirga tushish hollari bundan mustasno), 
garovga olingan yoki ushlab quro
lsizlantirilgan holatda bo‘lish; 
bedarak ketish 
— xodim qonunda belgilangan tartibda bedarak yo‘qolgan deb 
topilguniga yoki vafot etgan deb e’lon qilinguniga qadar; 
shaxsning hayoti, sog‘lig‘i, sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilishga doir 
harakatlar; 
qonuniylikni va huquq-
tartibotni ta’minlashda boshqa shaxslarga yoki huquqni 
muhofaza qiluvchi organlarga yordam ko‘rsatish; 
sud tomonidan xodimning shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini ko‘zlab sodir 
etilgan deb topilgan boshqa harakatlari. 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin