3. Ta’lim-tarbiyani boshkarish bo‘yicha vakolatli davlat organlari.
Ta'lim tizimini boshqarish
Uzluksiz ta'lim tizimi va kadrlar tayyorlashning davlat va nodavlat ta'lim muassasalarini tarkibiy jihatdan o'zgartirish va ularni izchil rivojlantirish davlat yo'li bilan boshqarib boriladi. Barcha darajadagi ta'lim boshqaruv organlarining vakolat doiralari "Ta'lim to'g'risida"gi qonunga muvofiq belgilanadi. Ta'limning normativ-huquq bazasi rivojlantiriladi. Moliya-xo'jalik faoliyati olib borish hamda ta'lim jarayonini tashkil etishda o'quv yurtlarining huquqlari kengayadi va mustaqilligi ta'minlanadi. Ta'lim muassasalari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda attestatsiyadan o'tkaziladi hamda akkreditatsiyalanadi. Akkreditatsiya yakunlariga ko'ra ta'lim sohasida faoliyat ko'rsatish huquqi beriladi.
Xalq maorifini boshqarish davlatimiz siyosatining bevosita ifodasidir.
Umumiy o‘rta va kasb -xunar ta’limining rivojlanishi ularning maksad hamda vazifalarini tobora yakinlashtirib, birlashtirmokda.
Boshkaruv organlari barkamol avlodni o‘kitish va tarbiyalash soxasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishlari, yetilgan masalalarni o‘z vaktida va ijodiy xal etishlari, barcha o‘kuv yurtlarining ish saviyasi xozirgi zamon talablariga muvofik oshirilishini ta’minlashlari kerak.