Oliy ta’lim bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlanishini ta’minlaydi.
Oliy ma’lumotli kadrlarni tayyorlash oliy ta’lim tashkilotlarida (universitetlar, akademiyalar, institutlar, oliy maktablar) amalga oshiriladi. Umumiy o‘rta (o‘n bir yillik ta’lim), o‘rta maxsus (to‘qqiz yillik tayanch o‘rta va ikki yillik o‘rta maxsus ta’lim), boshlang‘ich professional ta’lim (to‘qqiz yillik tayanch o‘rta va ikki yillik boshlang‘ich professional ta’lim) olgan shaxslar, shuningdek ushbu Qonun kuchga kirguniga qadar o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi (to‘qqiz yillik umumiy o‘rta va uch yillik o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi) olgan shaxslar oliy ma’lumot olish huquqiga ega.
Oliy ta’lim ikki bosqichga — bakalavriat va magistratura bosqichiga ega.
Oliy taʼlim muassasalari orasida mahalliy darajada eng yuqori baholanganlari Toshkent moliya instituti va Toshkent xalqaro Vestminster Universitetidir. Birinchisi Oʻzbekistonning Birinchi Prezidenti tashabbusi bilan 1991-yilda tashkil etilgan. Keyinchalik 2002-yilda Vestminster universiteti (Buyuk Britaniya) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “UMID” jamgʻarmasi bilan hamkorlikda Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti tashkil etildi. Hozirda bu universitetlar Oʻzbekistonda ham, Markaziy Osiyo mamlakatlarida ham oʻz taʼlim sohasida eng yaxshi universitetlar sifatida eʼtirof etilgan.
2007-yilda Oʻzbekiston banklari assotsiatsiyasi Singapur davlatidagi menejmentni rivojlantirish instituti bilan hamkorlikda Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti tashkil etildi.
2009-yilda Oʻzavtosanoat va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamkorligida Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti tashkil etilgan. TTPU Mashinasozlik va Aerokosmik muhandislik, Qurilish va Arxitektura hamda Kompyuter injiniringg yoʻnalishlari boʻyicha bakalavr dasturlarini taklif etadi.
Oʻzbekistonda xususiy va tadbirkorlik oliy ta’lim tizimi ham rivojlanmoqda. 2020-yilda TEAM universiteti Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-apreldagi 241-son qarori bilan xususiy tadbirkorlik universiteti sifatida tashkil etilgan[3]. TEAM universiteti OT 0007-sonli litsenziya asosida faoliyat yuritadi