I-BOB
“AXBOROT TEXNOLOGIYALARI” FANINING PREDMETI VA VAZIFALARI.
Axborot texnologiyalarining takomillashtirilishi jamiyatda axborotlashtirish muhim omil hisoblanadi. Ma’lumki, axborot texnologiyalari informatika qonun-qoidalari asosida takomillashtiriladi. Shungdek ushbu bobda axborot texnologiyalari, rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar, jamiyatni axborotlashtirish yo’nalishlari va axborot texnologiyalarining xususiyatlari o’rganiladi.
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI HAQIDA TUSHUNCHA.
Axborot texnologiyalarini ishlab chiqarishda, shuningdek, ushbu jarayonlarni integratsiyalashgan holda ta’minlaydigan barcha texnologiyalar va tarmoqlarda axborotni tayyorlash, qayta ishlash va yetkazib berish bilan bog’liq murakkab ob’ektlar, harakatlar va qoidalar tushuniladi.
Axborot texnologiyalarida - axborotlarni yig'ish, qayta ishlash, saqlash, tarqatish, namoyish qilish va foydalanish maqsadida birlashtirilgan usullar, ish jarayonlari va dasturiy-texnik vositalar to’plami hisoblanadi.
Bugungi kunga kelib, IT sohasida kompyuterlar va dasturiy ta'minotni ishlab chiqish va ishlab chiqarish, ulanish mobil aloqa xizmatlari, Internetga kirishni ta'minlash, Internetning axborot resurslarini topish, shuningdek, ushbu faoliyat sohalari bilan bog'liq bo'lgan turli madaniy hodisalarni o'z ichiga oladi.
Axborot texnologiyalari evolyutsiyasi XX-asrning o'rtalarida dastlabki hisoblash mashinalarining paydo bo'lishi bilan bog'lash mumkin. Asosiy kompyuterlarning paydo bo'lishidan evolyutsiyani boshdan kechirdi.
«Axborot texnologiyalari» iborasidagi «texnologiya» so'zi lotincha «thexnos» - san'at, hunar, soha vа «logos» - fan degan ma'noni bildiradi. Ya'ni texnologiya - biror vazifani bajarishda uning turli xil usullari ko'rinishini bildiradi.
Axborot — bu inson sezgi organlari orqali atrof-muhitdan olingan turli ma’lumotlar. Kim yoki nima haqidagi ma’lumotlar ham axborot hisoblanadi.
• ko‘rish orqali atrof-muhitni, ranglarni va obrazlarni qabul qiladi;
• eshitish orqali tovush, musiqa, ovoz kabi axborotni qabul qiladi;
• hid sezish, burun retseptorlari yordamida turli hidlarni ajrata oladi;
• ta’m bilish, til retseptorlari yordamida achchiq, chuchuk, sho‘r yoki nordon narsalarni ajrata oladi;
• his etish, teri retseptorlari yordamida issiqni sovuqdan, yumshoqni qattiq narsadan ajrata oladi. Barcha retseptorlar orqali olingan axborot inson miyasida saqlanib qoladi.
Axborotning turlari:
Analog (uzluksiz) axborot: Tovush, nur, kamalak ranglari, tabiat manzarasi, havo harorati, vaqt, rasm. Bunday axborotlar uzluksiz axborotlarga misol bo‘la oladi.
Diskret (uzlukli) axborot: Olingan axborot turli foto, musiqa, film, video orqali ifoda etiladi. Bunday axborotlar uzlukli axborot hisoblanadi
Hozirgi davrda axborotni qabul qilish, to‘plash va uzatishning quyidagi usul va manbalari mavjud:
Ular orasidan aniq va to‘g‘ri ma’lumotlarni topish uchun axborot sifati tushunchasini bilish zarur.
Agar axborot: aniq, tushunarli, ishonchli, dolzarb, foydali kabi sifatlarga ega bo‘lmasa, unga qimmatli vaqt va kuchingizni sarflashdan nima foyda?
Eng muhimi, milliy tarbiyamizga, tafakkurimizga, milliy g‘oyamizga zid axborotdan saqlanishdir
Axborotli jarayonlar
Biz yashab turgan olamni endi televizor, smartfon, internet, kompyuterlarsiz tasavvur etish qiyin. Axir olimlar XXI asrni axborot texnologiyalari asri, deb bejiz aytishmagan. Chunki bu texnologiyalar jamiyatimizdagi asosiy masalalarni yechishda muhim ahamiyat kasb etadi va bu jarayonga axborotli jarayon deyiladi. O‘tgan yuz yillikdan farqli ravishda, hozirgi kunda axborot ustida katta tezlikda izlash, to‘plash, saqlash, qayta ishlash, uzatish, nusxa olish, bloklash, uni maxfiylashtirish, chop etish kabi amallarni bajarish mumkin. Albatta, bunday amallar kompyuterda qayta ishlanadi, raqamli ko‘rinishga o‘tkaziladi va maxsus formatlarda saqlanadi.
Axborot texnologiyalari fanining predmeti va vazifalari.
Taʼlimda axborot texnologiyalari va axborot tushunchasi.
The concept of information technology
Axborot texnologiyalari tushunchasi
Dostları ilə paylaş: |