4-Mavzu: Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari bo‘yicha axborot texnologiyalarida xavfsizlikni ta’minlashning usul va vositalari. Reja



Yüklə 21,87 Kb.
səhifə1/3
tarix28.11.2023
ölçüsü21,87 Kb.
#166808
  1   2   3
4-mavzu (IAKTvaT)


4-Mavzu: Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari bo‘yicha axborot texnologiyalarida xavfsizlikni ta’minlashning usul va vositalari.
Reja:
1. Aхbоrоt хаvfsizligi tushunchаsi vа tа’rifi.
2. Aхbоrоt хаvfsizligini tа’minlаsh.
3. Antivirus dasturlari.
1. Aхbоrоt хаvfsizligi tushunchasi vа tа’rifi.
Axborot xavfsizligi deganda uning normal faoliyat ko`rsatish
jarayoniga tasodifiy yoki qasddan aralashishlardan, shuningdek uning
komponentlarini o`g`irlash, o`zgartirish yoki buzib tashlashga
urinishlardan himoyalanganligi nazarda tutiladi.
Axborot xavfsizligi siyosati, birinchi navbatda, korxonada axborot xavfsizligini ta’minlashning maqsad va vazifalarini faoliyatga singdirish uchun zarurdir. Faoliyat yuritayotgan har bir xodim shuni tushunishi kerakki, xavfsizlik xodimi nafaqat ma’lumotlar chiqib ketishini tekshiruvchi, balki kompaniya xatarlarini minimallashtirish va shu sababli kompaniya rentabelligini oshirishda yordamlashuvchidir.
Yurtimizda elektron hukumatni qurish, davlat organlari faoliyatini raqamlashtirish bilan bog‘liq harakatlar jadal sur’atlarda amalga oshirilmoqda. Hukumatning tegishli qarorlari va axborot xavfsizligi sohasidagi standartlarga (O‘z DSt ISO/IEC 270XX) muvofiq har bir tashkilotda axborot xavfsizligi siyosatini ishlab chiqish va joriy qilinishi lozimligi yuzasidan talablar keltirilgan. Xususan, O‘z DSt ISO/IEC 27002 standartining 5-bobida Axborot xavfsizligi siyosatini ishlab chiqish bo‘yicha talablar belgilab qo‘yilgan.
Ахbоrоt-kоmmunikаtsiya tехnоlоgiyalаri turli хil ахbоrоtlаrni sаqlаsh, uzаtish, uni qаytа ishlаsh, nаtijаlаrni fоydаlаnuvchilаrgа mаtn, grаfik, оvоz shаklidа tаqdim etish, mа’lumоlаr bаzаsi tizimlаri vа bоshqа mаsаlаlаrni еchish uchun vоsitа hisоblаnаdi. Ахbоrоt хаvfsizligini (АХ) tа’minlаsh muаmmоlаrining dоlzаrbligi vа muhimligigа quyidаgilаr sаbаb bo`lmоqdа:

Axborotni muhofaza qilishning apparat-dasturiy vositalari – axborotni muhofaza qilish funksiyalarini (foydalanuvchilarni identifikatsiyalash va autentifikatsiya qilish, resurslardan foydalana olishni cheklash, voqealarni qayd qilish, axborotni kriptografik himoyalash va shu kabilar) bajaradigan (mustaqil yoki boshqa vositalar bilan birgalikda) turli elektron qurilmalar va maxsus dasturlardir.
Axborotni muhofaza qilishning apparat vositasi – bu, maxsus himoya qurilmasi yoki axborotni qayta ishlash texnik vositasining komplektiga kiruvchi moslama.
Axborotlarni muhofaza qilishning dasturiy vositalari axborotlar xavfsizligini ta’minlashga mo‘ljallangan va kompyuter vositalarining dasturiy ta’minoti tarkibiga kiritilgan maxsus dasturlardir.
Kompyuter viruslaridan va boshqa dasturlar ta’siridan va o‘zgartirishlardan himoyalanish, kompyuter tizimlarida axborotlarni qayta ishlash jarayonini himoyalashning mustaqil yo‘nalishlaridan hisoblanadi. Ushbu xavfga yetarlicha baho bermaslik foydalanuvchilarning axborotlari uchun jiddiy salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Tarmoqning xavfsizligi undagi barcha kompyuterlarning va tarmoq qurilmalarining xavfsizligi bilan aniqlanadi. Buzg‘unchi tarmoqning birorbir tashkil etuvchisining ishini buzish orqali butun tarmoqni obro‘sizlantirishi mumkin.
Hamma foydalanayotgan tarmoqdan kelib chiqayotgan tahdidlarni blokirovkalash uchun «tarmoqlararo ekran» (Firewall) deb nomlanuvchi dasturiy va apparat-dasturiy vositalardan foydalaniladi.

Yüklə 21,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin