Toshkent davlat agrar universiteti “Logistika” yo’nalishi 20-94 guruh



Yüklə 7,34 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü7,34 Kb.
#207782
O\'RINOV ABBOS LAGISTIKA OQIMLARI

Mavzu: Lоgistikada oqimlar. Moddiy oqimlar

Reja:


Moddiy oqim tushunchasi va uning harakatlanish sxemasi.
Moddiy oqimlarni boshqarish tizimlari.
Moddiy oqimlarni boshqarish tizimlari
Korxonada logistika bo’limining vazifalari.
Moddiy oqim tushunchasi
Moddiy oqim xomashyoning birinchi manbayidan oxirgi iste’­molchigacha yetib borgunigacha bir qator ishlab chiqarish bo’g‘inlaridan o‘tadi. Bu bosqichda moddiy oqimni boshqarish o‘ziga xos ko'rinishga ega bo‘lib, u ishlab chiqarish logistikasi deb nomlanadi.Ishlab chiqarish logistikasining o‘rganish obyekti bo‘lib ichki ishlab chiqaruvchi logistik tizimlar hisob-lanadi,bular:sanoat korxonalari,omborxonalarga ega bo‘lgan ulgurji savdo korxonalari;yuk stansiyalari va boshqalar.Ichki ishlab chiqaruvchi logistik tizimlarni makro va mikrodarajada ko‘rib chiqish mumkin. Makrodarajada ichki ishlab chiqaruvchi logistik tizimlar. makrologistik tizimlarning elementlar sifatida qabul qilinadi. Ular bu tizimlarning ishlash tezligini belgilaydi va moddiy oqimlarning manbayi sifatida xizmat qiladi. Mikrodarajada ichki ishlab chiqa-ruvchi logistik tizimlar ma’lum butunlikni, birdamlikni tashkil etuvchi o‘zaro bog‘langan tizim ostilarning kompleksini tashkil etadi. Bu quyidagi tizimostilar: xarid qilishni tashkil etish, omborlaming ishi, transport — ombor,ishlab chiqarishda materiallar harakatini boshqarish, mahsulot sotishni tashkil etish va boshqalar. Ular moddiy oqimning tizimga kirishini, uning ichida harakatlanishini va tizimdan chiqib ketishini ta’minlaydi.
Moddiy oqimlarning harakatlanish sxemasi.

Moddiy oqimlarni boshqarish tizimlari.


Korxonada moddiy oqimlarni boshqarish quyidagi funksiyalarning bajarilishini nazarda tutadi:
  • logistik jarayon qatnashchilarining harakatlarini bir-biriga

  • moslashtirish;
  • ishlab chiqarishda moddiy oqimlarni tashkil etish;
  • moddiy oqimlarni rejalashtirish;
  • ichki ishlab chiqaruvchi tizim doirasida tovar harakati jarayoni ustidan nazorat qilish;
  • ishlarning olib borilishini boshqarish.
  • Harakatlarni bir-biriga moslashtirish — bu moddiy oqimlarni boshqarish maqsadlarini shakllantirish va alohida bo‘linmalarga yetkazish, aytib o'tilgan maqsadlami korxonaning global maqsadlari bilan moslashtirish va shu asosda logistik zanjiming hamma bo‘g‘inlarining samarali ishlashini ta’minlash.
  • Tashkillashtirish moddiy oqimlarni shakllantirishni va tovar harakati qatnashchilari orasida aloqalarni o‘rnatishni hamda korxonada moddiy oqimlarni boshqarish tizimini tashkil etishni nazarda tutadi.
  • Rejalashtirish quyidagi funksiyalarning bajarilishini o‘z ichiga oladi: ilmiy-texnik va iqtisodiy bashorat; amalga oshiriladigan faoliyatlar dasturini ishlab chiqarish va rejalarni detallash-tirish.
  • Bashorat qilish rejalarini ishlab chiqish amalga oshiriladigan faoliyatlar dasturini tuzishdan oldin amalga oshiriladi. U ichki ishlab chiqaruvchi tizimning kelajakdagi tendensiya (yo’nalish)larini baholash vazifasini bajaradi.

Moddiy oqimlarni boshqarishda
bashoratlar
Moddiy resurslar bashorati — bu materiallarga bo‘lgan
ehtiyojni korxonaning tovar siyosati o‘zgarishi mumkinligini
hisobga olgan holda aniqlash maqsadida amalga oshiriladi.
Texnik rivojlanishni bashorat qilish — buning maqsadi bo’lib yangi turdagi mah-sulotlarni ishlab chiqarish yo‘llarini qidirish
Xomashyoga qo’yilgan narxlar
о ‘zgarishini bashorat qilish —bu narxlar o‘sib ketishi mumkin bo‘lgan materiallar zaxirasini tashkil etish maqsadida qo’llaniladi.
Mahsulotga bo ‘lgan talabni bashorat qilish — bu ishlab chiqarilayotgan mahsulotni yangi turdagiga almashtirish
    • MRP (Materials Requirements Planning) — materiallarga bo’lgan ehtiyojni rejallashtirish;
    • DRP (Distribution Requirements Planning) — resurslar-ning taqsimlanishini rejalashtirish;
    • JIT (Just In Time) — moddiy va axborot oqimlarini «aniq va vaqtida» tamoyili bo'yicha boshqarish;
    • KANBAN — «aniq va vaqtida» tamoyili bo'yicha moddiy oqimlarni operativ boshqarishning axborot ta’minoti;
    • OPT (Optimized Production Tehnology) — ishlab chiqarishni optimallashtirish texnologiyasi

Moddiy oqimlarni boshqarish tizimi deb ichki ishlab chiqaruvchi logistik tizim doirasida moddiy oqimlarni nazorat qilish va rejalash-tirishni shakllantirishning tashkiliy mexanizmi tushuniladi. Moddiy oqimlarni boshqarishning bir qancha tizimlari mavjud:
Moddiy oqimlarni boshqarish tizimlari
Korxonada logistika bo’limining vazifalari.
Hozirgi zamon sharoitida chet el korxonalarida logistika bo’limlari tuzilmoqda.Ularning vazifalari zamonaviy texnik vositalardan foydalanib materiallar oqimini tashkil etish, qulay sharoit yaratish va nazorat qilishdir. Bunday bo’lim quyidagi vazifalarni bajaradi:
1) logistika tizimini shakllantirish va rivojlantirish — loyihalashtirish va korxonada logistik tizimni amalda tadbiq etish, mavjud tizimni vaqti-vaqti bilan qayta ko'rib chiqish hamda tashqi va ichki sharoit-larning o'zgarishiga qarab qayta tuzish; 2) firmani bozor sharoitiga mos ravishda savdo, investitsiya,kadrlar sohasida logistika strategiyasini rivojlantirish;
3) ma’muriv jihatdan boshqarish tizimi — bo’lim xodimlari
korxonada boiib olayotgan barcha logistik jarayonlarga rahbarlik
qiladilar hamda logistik jarayonlarni tadbiq etishda qatnashayotgan
korxona bo’limlari faoliyatini muvofiqlashtiradilar.

E’tiboringiz uchun raxmat


Yüklə 7,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin