Sanoat korxonalarida mahsulot ishlab chiqarish raqobatdoshligini oshirish istibollari



Yüklə 191,83 Kb.
səhifə1/4
tarix20.11.2023
ölçüsü191,83 Kb.
#162962
  1   2   3   4
industurial


SANOAT KORXONALARIDA MAHSULOT ISHLAB CHIQARISH RAQOBATDOSHLIGINI OSHIRISH ISTIBOLLARI

Ichki talabni oʻrganish – importni tahlil qilish – resurs bazasini aniqlash – yangi loyihalar ishlab chiqish. Bu “zanjir” asosida mahalliy ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan taqdirda, muvaffaqqiyatlar aslo kuttirib qoʻymaydi.



Prezidentimiz Fargʻona viloyatiga tashrifi chogʻida hududlarni rivojlantirishda ularning oʻziga xos xususiyatidan va aholi koʻnikmalaridan kelib chiqib ish tutish, yangi ish oʻrinlarini yaratishda ichki imkoniyatlarni ishga solish, qayta ishlash darajasini va mahsulotlar turini oshirish, kichik sanoat zonalarini tashkil etish asosida mahalliy sanoatni yanada rivojlantirish zarurligini taʼkidladi. Tahlillar bu borada imkoniyatlar kengligini, ularni ishga solishda saʼyi harakatlarni jadallashtirish lozimligini koʻrsatmoqda.
Viloyatda mahalliy sanoatni rivojlantirish va raqobatbardosh mahsulotlarni oʻzlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga shu nuqtayi nazardan yondashilganda qanday manzara hosil boʻladi?
—Eng avvalo, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish va turlarini koʻpaytirishga boʻlgan eʼtibor kundan kunga ortib boryapti, — deydi Fargʻona viloyat hokimining mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari boʻyicha yordamchisi Akmaljon Poʻlatov. — Natijada mahalliylashgan sanoat, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi oshishi barobarida yuzlab yangi ish oʻrinlari vujudga kelyapti. Oʻtgan yili viloyatida mahalliylashtirish dasturi doirasida 116 ta loyiha amalga oshirilib, 969,7 milliard soʻmlik import oʻrnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqarilgan. Buning hisobiga 89,8 million AQSH dollari miqdoridagi valyuta tejalishiga erishilgan.
Prezidentimizning 2022-yil 25-yanvardagi “Respublikada ishlab chiqarishni rivojlantirish va sanoat kooperatsiyasini kengaytirishning samarali tizimini yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi qaroriga asosan, joriy yilda 142 ta loyiha ishga tushirilib, mahsulot ishlab chiqarish hajmi bir trillion soʻmga yetkaziladi. Jumladan, transport va uning ehtiyot qismlari, kimyo sanoatida, elektrotexnika, toʻqimachilik, oziq-ovqat, qurilish materiallari, farmatsevtika, metall, charm-poyabzal, mashinasozlik va mebelsozlik yoʻnalishlarida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish nazarda tutilgan.
ELEKTRON KOOPERATSIYA” PORTALI QANDAY MANFAAT KELTIRADI?
Maʼlumotlarga qaraganda, Fargʻona viloyatida joriy yilning dastlabki uch oyida faoliyat koʻrsatayotgan 7478 ta hududiy korxonalardan 6080 tasi “Elektron kooperatsiya” portalidan roʻyxatdan oʻtgan. Shundan 5879 ta korxonaning 3011 tur va 10547 xildagi mahsuloti portalga kiritilib, ularning qamrov darajasi 96,7 foizga yetgan.
Shu oʻrinda savol tugʻilishi tabiiy: xoʻsh korxona oʻz mahsulotini portalga joyladi, undan qanday manfaat koʻradi?
— Uning asosiy afzalligi shundaki, mazkur savdo maydoni nafaqat mahalliy korxonalarga taʼminot zanjiri boʻyicha aloqalarni muvaffaqiyatli oʻrnatishda yordam beradi, balki mahalliy mahsulotlarning xilma-xilligini koʻpayishiga ham xizmat qiladi, — deydi Akmaljon Poʻlatov. — Dastur faoliyati shunday yoʻlga qoʻyilganki, ishlab chiqaruvchining mahsuloti sertifikatlashtirilmagan boʻlsa, elektron portal uni qabul qilmaydi. Tuzilgan shartnoma muddati buzilsa, kelishuv boʻyicha belgilangan ustama haq toʻlanadi. Platformada roʻyxatdan oʻtish, mahsulotlarni joylashtirish va savdolarda ishtirok etish mutlaqo bepul.
Buyurtmani oʻz vaqtida bajarishdan birinchi galda ishlab chiqaruvchilarning oʻzi manfaatdor. Isteʼmolchi mahsulotini qabul qilib olganligi haqida xabar elektron maʼlumot portaliga kelib tushgan zahoti uning “banki”dagi shartnomaviy summa hisobvaraqaga oʻtadi. Toʻlov kafolotiga kelganda, buyurtmachining tuzilgan shartnoma boʻyicha kelishilgan summa portalga tushmaguncha, elektron tizim mahsulotni yetkazib berishga yoʻl bermaydi.
Portal orqali mahalliy mahsulotlarning tasniflari, sifat koʻrsatkichlari, bozordagi hajmi, shuningdek, import qilinayotgan va eksportga yoʻnaltirilayotgan tovarlar xususida onlaynda axborotga ega boʻlish ham tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda.
Ayni kezda mahsulotni ortiqcha xarajatlarsiz, oʻz narxida va oʻz vaqtida xarid qilish mumkin. Portalga biron bir detal yoki xomashyoning nomini kiritishingiz bilan ishlab chiqaruvchilarning oʻnlab takliflari paydo boʻladi. Bu tadbirkorlarga talab va taklif asosidagi elektron xizmatni taʼminlaydi va shu asnoda korrupsiyaning ham oyogʻiga bolta uradi.
Prezidentimiz rahbarligida oʻtkazilgan yigʻilishda “Elektron kooperatsiya” portali orqali tuzilgan sharnomalar ijrosini oʻz vaqtida taʼminlash yuzasidan koʻrsatmalar berildi.

Yüklə 191,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin