Andijon mashinasozlik instituti
Elektr texnika fakulteti
EEE yo’nalishi 01-23 guruh talabasi
Ismoilov Dilmurodning
Yo’nalishga kirish fanidan
Mustaqil ishi
Elektr qurilmalarni
himoyalovchi
kommutatsiya
apparatlari
REJA:
1.
Elektr qurilmalarni ishlatish jarayoni
2.
Kontaktorlarning asosiy vazifasi
3.
Avtomatik uzgich (avtomat) elektr
zanjirlarni
tarmoqqa
ulash
va
tarmoqdan uzish
O
Elektr qurilmalarni ishlatish jarayonida ma'lum
sabablarga ko'ra normal ish rejimi buzilganida elektr
jihozlarning ishdan chiqishini oldini olish va
ishlayotgan qurilmaning
O
ishonchlilik darajasini oshirish uchun elektr himoya
vositalari qo’laniladi. Elektr motorlarni himoya qilishda
nol, maksimal tok, minimal tok va issiqlik himoya
usullari qo'llaniladi.
O
Nol himoya, tarmoq kuchlanishining qisqa muddatga
o'chishi yoki juda kamayishi natijasida o'chirilgan
elektr motorni, tarmoqda kuchlanish yana nominal
qiymatiga
erishganida,
tarmoqqa
o'z-o'zidan
ulanishidan asraydi. Bu himoya kontaktorlari va
atomatik uzgichlar yordamida amalga oshiriladi
O
Kontaktorlarning
asosiy
vazifasi
elektr
qurilmalarni tarmoqqa ulasn va tarmoqdan uzish
bo'lsa ham bu kommutatsiya apparatlari nol
himoya vazifasini ham bajaradi. Kontaktorlarning
tuzilishi va ishlash asoslarini
ко'
rib chiqamiz.
Yurgizish knopkasi bosilganida kontaktorning
elektromagnit chulg'ami-1 tarmoqqa ulanib
undan tok o'tadi va natijada
Ф
magnit oqimi
vujudga keladi. Magnit oqimi qaytaruvchi prujina
11 va kontakt prujinasi 9 kuchini engishga
yo'nalgan kuchni yuzaga keltiradi, bu kuch yakor
10 ni o'zak 2 ga tortadi. Qo'zg'aluvchan kontakt 8
qo'zg'almas kontakt 5 ga tortiladi va asosiy
kontakt tutashib motor
M
ni tarmoqqa ulaydi.
O
Ayni vaqtda yordamchi kontakt
12 YURGIZISH
knopkasini shuntlaydi va uni qo'yib yuborilganida
chulg'am 1 zanjiri uzilmaydi kontaktor ulangan
holatda qoladi. Qo'zg'aluvchan kontakt 8 qo'zg'almas
kontaktga bosilishi uchun kontaktorda kontakt
prujinasi 9 o'rnatilgan, bu prujina bundan tashqari,
qo'zg'aluvchan kontaktning qo'zg'almas kontaktga
urilganidagi titrashini kamaytiradi ham.
O
Tarmoqdagi kuchlanish qiymati nolga teng yoki juda
kichik qiymatga ega bo'lganida elektromagnit
chulg'ami 1 dagi magnit oqimi
Ф
ning qiymati nolga
teng yoki juda kichik bo'lishi sababli prujina 9 ning
tortish kuchi magnit oqimi hosil qiladigan kuchdan
katta bo'lib, asosiy qo'zg'aluvchan kontakt 8 ni
qo'zg'almas kontakt 5 dan ajratadi va motor M
tarmoqdan uziladi.
O
Yurgizish knopkasini shuntlab turgan yordamchi
kontakt 12 uziladi va chulg'am 1 ham tarmoqdan
uziladi.
Tarmoqda
kuchlanishning
qiymati
nominal qiymatga ega bo'lganida motor M ni
qayta ishga tushirish Yurgizish knopkasini bosish
bilan amalga oshiriladi.
O
Texnologik sabablarga ko'ra ishlab turgan motorni
o'chirish To'xtatish knopkasini bosish bilan
amalga oshiriladi. Bunda chulg'am 1 tarmoqdan
uziladi, qo'zg'aluvchan kontakt 8 qo'zg'almas
kontakt 5 dan ajraladi va motor M tarmoqdan
uziladi.
O
Kontaktorlar tok turiga qarab o'zgarmas va
o'zgaruvchan tok kontaktorlariga ajratiladi.
O
O'zgarmas tok kontaktorining magnit tizimi yahlit
elektrotexnik po'latdan yasaladi, o'zgaruvchan tok
kontaktoriniki esa magnit tizimidagi isroflarni
kamaytirish
maqsadida
alohida
o'zaro
izolyatsiyalangan elektrotexnik po'lat tunukachalardan
yig'iladi. Ishlab chiqarishda KP1, KP2 va KPD rusumli
o'zgarmas tok kontaktorlari; KTD, KN, KPT va KT
rusumli
o'zgaruvchan
tok
kontaktorlari;
MK
rusumidagi o'zgarmas va o'zgaruvchan tokda
ishlaydigan kontaktorlar keng qo'llaniladi.
O
Avtomatik uzgich (avtomat) elektr zanjirlarni tarmoqqa
ulash va tarmoqdan uzish, qisqa tutashuvlar va o'ta
yuklanishlar hamda kuchlanishnig kamayib ketishi va
o'ta
oshishidan
himoya
qilish
funktsiyalarini
bajaruvchi universal kommutatsiya apparatidir
O
Hozirda
ishlab
chiqarish
mashina
va
mexanizmlarining elektr yuritmalarida asosan
A3700
va
AE-2000
rusumli
avtomatlar
qo'llanilmoqda. A3700 rusumli avtomatlar 40 dan
to 630 A gacha nominal toka mo'ljallangan bo'lib,
ular ishlab ketish toki 400 dan to 6300 A gacha
bo'lgan yarim o'tkazgichli yoki elektromagnitli
maksimal
tok
ajratkichlar
bilan
har
xil
modifikatsiyalarda ishlab chiqarilmoqda. A3700
rusumli avtomatik uzgichning umumiy ko'rinishi
tasvirlangan. 7.2b - rasmdagi statik holat, avtomatik
uzgichning uzilgan holati bo'lib, bosh kontaktlar 3
va 4 ochiq, kommutasiya toki esa uzuvchi
kontaktlar 1 ning parallel zanjiri orqali o'tmoqda.
O
Bunday kommutasiya tufayli bosh kontaktlarda yoy
vujudga kelmaydi va kontaktlarning kuyishi oldi
olinadi. Bosh kontaktlar yetarlicha aJralganida uzuvchi
(yoy so'ndiruvchi) kontaktlar 1 ajraladi. Tok zanjirining
kommutatsiyasi
natijasida
hosil
bo'lgan
yoy
so'ndiruvchi kamerada so'nadi. ishonchli kontakt hosil
bo'lishi uchun uzuvchi va bosh kontaktlarga
kontakt prujinalari 2 o'rnatilgan. Avtomatni ulash
uchun dastak 11 ni bosish (dastakli yuritma) yoki
elektromagnit 10 ga kuchlanish berish (masofadan
ulash) kerak, bu elektromagnit richaglar 12
yordamida asosiy ko'taruvchi detal 5 ni ish holatiga
buraydi. Shunda uzuvchi prujina 13 cho'ziladi va
butun tizim ilgak 6 da turadi.
O
Minimal ajratkich tarmoq kuchlanishi beriladigan
g'altak 9 ga va prujinaga ega. Tarmoq kuchlanishi
nominal
bo'lganida
ularning
kuchlari
muvozanatlashadi va solenoid shtoki avtomatning
uzilishiga ta'sir qilmaydi. Tarmoq kuchlanishi
pasayganida qo'zg'aluvchan o'zak hosil qilayotgan
kuch etarli bo'lmaydi va uning shtogi prujina ta'sirida
ilgak 6 ni urib chiqaradi. Avtomatda shuningdek elektr
jihozlarni knopka SQ yordamida masofadan turib
to'xtatish imkoniyati ham ko'zda tutilgan.
O
Avtomatlar elektromagnitli yoki issiqlik ajratkichga ega
hamda issiqlik va elektromagnit elementlari bo'lgan
kombinatsiyalangan ajratkichga ega bo'lishi ham
mumkin.
O
Avtomatik uzgichlarda elektromagnitli yoki issiqlik
ajratkichlarning
bo'lishi-ularning
kichik
quvvtli
motorlarni to'g'ridan - to'g'ri elektr tarmoqqa ulab
ishga tushirish va motorlarni o'ta yuklanish tokidan
himoya qilish sxemalarida keng qo'llanishiga asos
bo'ladi. Sanoat qurilmalarining elektr zanjirlarida
asosan A3160, A3110, AK-63, 50, AP-50, A-63,
AE2000, AE1000 va AS-25 va AS-2/3 rusumidagi
avtomatik
uzgichlar
keng
qo'llaniladi.
Elektr zanjirlarni qisqa tutashuv va maksimal
toklardan himoya qiluvchi eng ko'p tarqalgan usul
bu
eruvchan
saqlagichlarni
qo'llashdir.
7.3 - rasmda eruvchan saqlagichlarning tarkibiy
tuzilish sxemasi keltirilgan bo’lib, bu erda 1-
izolyasiyalovchi naycha, 2 - chiqish pichoqlari, 3 -
qalpoqchalar,
4
-
eruvchi
quyma,
5
-
to'ldirgich (masalan, har xil kvars qumlari).
Dostları ilə paylaş: |