Duradgorlik polirovkasi va uni bajarish texnologiyasi



Yüklə 181,51 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix03.03.2023
ölçüsü181,51 Kb.
#86331


Amaliy mashg`ulot № 4 
DURADGORLIK POLIROVKASI VA UNI BAJARISH 
TEXNOLOGIYASI.
 
Shakllantiriladigan bilimlar: Yog’ochga mehanik ishlov berishda texnika 
xavfsizligi qoidalari. Yog’ochga mexanik ishlov berish texnologiyasi. Mexanik 
ishlov berishda ishlatiladigan yog’ochlarni turlari. 
Ishdan maqsad: Yog`ochlarga ishlov beruvchi dastgohlarning konstruktiv va 
texnologik alomatlariga ko’ra tasnifi. Dastgohlar tizimining shartli belgilari, 
konstruktiv elementlari, asosiy va yordamchi qismlari: stanina, support, shpindel
stollar, qirqish, uzatish va yordamchi mexanizmlar, gidravlik va pnevmatik 
yuritmalar. Dastgoh qismi vazifalari va ishlash sharoiti. 
Jihozlar, asbob va moslamalar: Yog’ochga mehanik ishlov berishda ishlatiladigan 
dastgohlar va asbob-uskunalar Millimetrli chizgichi, qalam, sirkul, duradgorlik 
guniyasi, arralash, parmalash, randalash, elektr charx oyuvchi,dastgohlar. 
Mashg’ulot yuzasidan topshiriq: Yog’ochga mehanik ishlov berishda 
ishlatiladigan o’lchov va nazorat asboblari yordamida buyumni rejalash va 
texnologik xaritalarini o’rganish. Yog’ochga mehanik ishlov berishda 
ishlatiladigan dastgohlar va asbob uskunalar yordamida buyumlarni tayyorlash. 
Topshiriqni bajarish yuzasidan ko’rsatma: 
1. Ish usullarini o’rganish va malaka hosil qilish:
2. Yumaloq arrali dastgohlarni boshqarish va tuzilishi bilan tanishtirish. 
3. Bajariladigan ish turiga ko’ra arrani tanlash. 
4. Arrani dastgoh valiga o’rnatish va mahkamlash.
5.Dastgoxda yog`och materiallarini tilish.
6.Yasaladigan buyumlarni texnologik xaritasini tuzish. 
Tayyorlanadigan buyumlar: Yumaloq arrali dastgohni yurgizish va to’xtatish. Arra 
tishini tekshirish. Mahsulotni (zagotovka) uzatishda qo’l harakatini o’rganish. 
Tilinadigan taxtani dastgoh yo’naltiruvchi chizig`iga siqish va stol boylab yog`och 


tirgak bilan siljitib (surib) tilish.
Nazorat uchun savollar:
1. Yog’ochlarni arralash,randalash va oyishda qaysi dastgohlar qo’llaniladi va 
ularni tuzilishi qandayq ? 
2. Dastgohlarda va mexanizmlarda amalga oshiriladigan ish usullari 
duradgorlik qo’l asboblarida bajariladigan ish usullaridan qanchalik 
farqliroq ekanini aniqlang. 
Mustaqil ta’lim uchun topshiriqlar: Mehanik ishlov berishda ishlatiladigan 
nazorat o’lchov asboblarini texnik ma’lumotlari haqida. Hozirgi zamonda 
yog’ochga mehanik ishlov berish usullari. Yog’ochga mehanik ishlov beruvchi 
dastgohlarni ish usullari va buyum tayyorlash texnologiyasi. Qishloq xo’jaligida 
yog’ochga mehanik ishlov berish ahamiyati. Yog’ochga mehanik ishlov berish 
sohasidagi xalq xunarmandchiligi kasblari haqida referat tayyorlash. 
YOG‘OCH ISHLASH STANOKLARI 
Uquv ustaxonalarida o‘quvchilar qo‘l mehnatini yengillashtiradigan yoki 
qo‘l mehnatidan ozod qiladigan, kam vaqt, oz mehnat va mablag‘ sarflab ko‘plab 
mahsulot ishlab chiqarish, mahsulot tannarxini arzrnlashtirish imkonini beradigan 
yog‘och ishlash stanoklarining turlari, tuzilishi, vazifasi, ular-ni ishga sozlash, ish 
vaqtida rioya qilinadigan xavfeizlik texnikasi qoidalari bilan ham tanishtiriladi va 
bu stanoklar bilan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilib, ularda stanoklarni boshqarish 
va ishlash bo‘yicha mehnat malakalari xosil qilinadi. 
Duradgorlik o‘quv ustaxonalarkda yog‘och ishlash tokarlik, arralash, 
randalash, frezalash, parmalash, o‘yuvchi |va. boshqa turdagi yog‘och ishlash 
staioklari o‘rnatiladi. 
yog‘och ishlash staioklari o‘quv ustaxonalarining sahni va xonalarning soniga 
qarab, xavfeizlik texnikasi qoidalariga amal qilgan holda, turlicha joylashtiriladi
 


Stanoklarda ishlash vaqtida rioya qilinadigan umumiy xavfsizlik texnikasi 
qoidalari: 
1. Ish boshlashdan oldin stanokning ishga yaroqliligini, uning mexanizmlarini qo‘l 
bilan harakatlantirib, so‘ngra salt yurgizib ko‘zdan kechirib olish kerak. 
2. Stanokdagi ihota vositalarining yetarligi va ularni yaxshi o‘rganilganligini 
tekshirib olish kerak. Stanokning yoki mexanizmlarning yaroqsizligi, ihota 
vositalarining yo‘qligi va puxta o‘rnatilmaganligi sezilsa, ishga tushmasdan bu 
haqda o‘qituvchiga yoki ustaga murojaat qilish kerak. 
3. Hech qachon usta yoki o‘qituvchisiz mustaqil ravishda stanokni yoki uning 
mexanizmlarini tuzatishga harakat qilmaslik kerak. 
4. Stanok yonidan ketishda, elektr energiyasi bo‘lmay qolganda yoki zarur 
hollarda albatta stanok to‘xtatilishi kerak.
5. Ishdan so‘ng stanokni to‘xtatib, tozalab, artib, asbob va moslamalarni 
yig‘ishtirib qo‘yish kerak. 
6. Stanok ishlab turgan vaqtda unga qarov berish, tozalash, moylash, unga 
suyanish, o‘lchov olish, stanokni qo‘l bilan to‘xtatish qat’iy man qilinadi.
7. Stanokning metall qismlariga qo‘l tekkan vaqtda tok ursa darhol stanokni 
to‘xtatib, buni o‘qituvchi yoki ustaga aytish kerak. 
 
 

Yüklə 181,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin