Asosiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va asosiy vazifalari



Yüklə 28,32 Kb.
səhifə1/7
tarix04.02.2023
ölçüsü28,32 Kb.
#82862
  1   2   3   4   5   6   7
SUV VA SUVDAN FOYDALANISH TO‘G‘RISIDA


SUV VA SUVDAN FOYDALANISH TO‘G‘RISIDA
ASOSIY QOIDALAR

1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va asosiy vazifalari
Ushbu Qonunning maqsadi suvga doir munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ushbu Qonunning asosiy vazifalari aholi va iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlari uchun suvlardan oqilona foydalanishni ta’minlash, suvlarni bulg‘anish, ifloslanish va kamayib ketishdan saqlash, suvlarning zararli ta’sirining oldini olish hamda ularni bartaraf etish, suv obyektlarining holatini yaxshilashdan, shuningdek suvga doir munosabatlar sohasida korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, fermer, dehqon xo‘jaliklari hamda fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan iboratdir.
(1-modda O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-240-sonli Qonuni tahririda —O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
2-modda. Suv to‘g‘risidagi qonunchilik
(2-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasida suvga doir munosabatlar ushbu Qonun hamda unga muvofiq chiqariladigan suv to‘g‘risidagi boshqa qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi.
(2-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida suvga doir munosabatlar, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonunchiligi bilan ham tartibga solinadi.
(2-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
21-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:

Yüklə 28,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin