Mavzu: Davlat maqsadli jamg’armalari



Yüklə 419,63 Kb.
səhifə1/3
tarix07.04.2023
ölçüsü419,63 Kb.
#94505
  1   2   3
Davlat maqsadli jamg’armalari

Mavzu:Davlat maqsadli jamg’armalari

Reja:

  • Kirish Asosiy qism. 1. Davlat byudjeti. 2. Davlat byudjetining daromad va xarajatlari 3. Davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari daromadlarini ijro etish tartibi. 4. Davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari daromadlari ijrosi hisobini maqsadi hamda vazifalari. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati

KIRISH.

  • Byudjet tizimida bosqichma-bosqich amalga oshirilgan islohotlar natijasida Davlat byudjeti ijrosini amalga oshirishning mukammal me’yoriy huquqiy hamda tashkiliy asosi yaratildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi, “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonun, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Byudjet muassasalarini mablag‘ bilan ta’minlashni takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qarori, “Byudjet tashkilotlari va byudjetdan mablag‘ oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini tuzish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom, “Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Yo‘riqnoma, “O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan mablag‘ bilan ta’minlanadigan tashkilotlarning davriy moliyaviy hisobotlarini tuzish, tasdiqlash hamda taqdim qilish bo‘yicha qoidalar” va boshqa shu kabi me’yoriy hujjatlar qabul qilindi. Davlat byudjeti ijrosining ushbu me’yoriy hujjatlar doirasida amalga oshirilishi byudjet daromadlari va xarajatlari o‘zaro muvofiqligini ta’minlab kelmoqda.

Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjeti daromadlari ijrosi hisobi.

  • Davlat byudjeti - Davlat pul mablag’larining (shu jumladan, Davlat maqsadli jamg’armalari mablag’larining) markazlashtirilgan jamg’armasi bo’lib, unda daromadlar manbaalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag’lar sarfi yo’nalishlari va miqdori nazarda tutiladi. O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti tuzilmasi o’z ichiga Respublika byudjetini, Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlarni o’z ichiga oladi. Byudjet ijrosi jarayonida belgilangan tartibda byudjet daromadlari shakllantiriladi va xarajatlar byudjet tasnifi bo’yicha amalga oshiriladi. Byudjet ijrosi jarayoni haqida axborotlar byudjet hisobini tashkil etish va yuritish orqali shakllantiriladi.

Yüklə 419,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin