2- kazus
Daʼvogar Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Xorazm viloyat kengashi
2-guruh nogironligi bo’lgan fuqaro Omonov Matjon manfaatini koʼzlab,
sudga
daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, daʼvo arizasi
va sudda kengash vakili
M.Xudayberganov daʼvoni quvvatlab bergan koʼrsatmasida, fuqaro Omonov
Matjon 2023-yil 18-mayda Urganch shahar 3-son bolalar musiqa va sanʼat
maktabiga santexnik vazifasiga
ishga qabul qilinganligini, mehnat shartnomasiga
tomonlar oʼrtasida 2023 yil 03-avgustdagi 25-sonli qoʼshimcha
kelishuv bilan
oʼzgartirish kiritilib, unda Omonov Matjonni maktabning
santexnik vazifasidan
musiqa asboblarini sozlovchi-taʼmirlovchisi vazifasiga oʼtkazilganligini, biroq
maktab direktorining 2023-yil 17-sentabrdagi 19-sonli buyrugʼi
bilan u bilan
tuzilgan mehnat shartnomasi Mehnat kodeksining 161-moddasi 2-qismi, 5-bandiga
asosan bekor qilinganligini, ammo buyruqda ichki mehnat tartib qoidalarining qaysi
bandi buzilganligi koʼrsatilmaganligini, buyruq umuman asoslantirilmaganligini,
sodir qilgan biror bir nojoʼya xatti-harakati uchun
undan tushuntirish xati
olinmaganligini, kasaba uyushmasiga taqdimnoma kiritilmaganligini,
kasaba
uyushmasining roziligi olinmaganligini keltirib, buyruqni gʼayriqonuniy deb topib
bekor qilishni, Omonov
Matjonni ishga tiklashni, javobgardan majburiy progul
kunlari
uchun ish haqi, yetkazilgan maʼnaviy zarar uchun 5.000.000 soʼmni va
advokat xizmati uchun toʼlangan 4.000.000 soʼmni undirib berishni soʼradi. Bundan
tashqari, da’vogar mehnat shartnomasini bekor qilish chog‘ida unga har yilgi mehnat
ta’tilini berish haqidagi talabi qanoatlantirilmaganligini ta’kidladi.
Savollar.
1.Mehnat shartnomasini bekor qilishni rasmiylashtish tartibini tahlil qiling.
Kazusdagi holatda aynan rasmiylashtirish bilan bog’liq qanday xatoliklar