3. Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Ijroiya qoʼmitasining tegishli
Qarori asosida, Kasaba uyushmasi qoʼmitasi, organida mexnat shartnomasini
ish beruvchining tashabbusiga koʼra bekor qilish toʼgʼrisidagi taqdimnomasini
koʼrib chiqish Tartibini tahlil qiling.
4. Mehnat shartnomasini bekor qilish chog‘ida xodimga har yilgi mehnat
ta’tilini berish tartibini kazus asosida tahlil qiling.
5. Xodim santexniklikdan musiqa asboblarini sozlovchi-taʼmirlovchisi
vazifasiga oʼtkazilganligi qanchalik to’g’ri? Fikrlaringizni huquqiy asoslang.
Javoblar
1.
Ushbu savolga javob berish uchun Mehnat kodeksiga yuzlanamiz. Mazkur
kodeksning 170-moddasida mehnat shartnomasini bekor
qilishni rasmiylashtirish
berib o’tilgan. Unga asosan oxirgi ish kuni ,mehnat shartnomasini bekor qilishni
rasmiylashtirish asosi bo’lgan hujjat , ushbu hujjatda nimalar ko’rsatilishi
shart
ekanligi ma’lumnormalar asosida bekor bo’layotgan shartnomada asoslar havola
qilinishi haqida normalar belgilangan. Unga ko’ra
mehnat shartnomasini bekor
qilish ishga qabul qlish huquqiga ega shaxslar tomonidan amalga oshiriladi hamda
ish beruvchining buyrug’i bilan rasmiylashtiriladi. Demak mehnat shartnomasini
bekor qilishga faqatgina ishga qabul qilish huquqi bor shaxslar tomonidan amalga
oshiriladi. Misol uchun AJ da tashkiliy ishlar sohasida mansabdor shaxs
agar unda
ishga qabul qilish huquqi mavjud bo’lmasa , xodim bilan shartnomasni bekor qila
olmaydi. Ish beruvchi tomonidan xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qiluvchi
asosi ish beruvchining buyrug’i ekan , boshqa hujjatlar bilan mehnat shartnomasini
bekor qilishni rasmiylashtirilishiga yo’l qo’yilmaydi. Ish beruvchining buyrug’ida
mehnat shartnomasini bekor qilish asoslari ko’rsatilishi kerak shuningdek mehnat
kodeksi yoxud tegishli qonunning qaysi normasi bo’yicha bekor qilinayotganligi
ko’rsatilishi agar mehnat shartnomasi shartnomadagi ayni band bo’yicha bekor
qilinayotgan bo’lsa o’sha bandga havola berilishi kerak. Yuqoridagimoddaning 2-
qismiga ko’ra mehnat shartnomasi bekor qilingan kun oxirgi ish kuni sifatida
belgilanadi. Agar bu kun bayram kuni yoxud dam olish kuni bo’lsa undan keying
birinchi ish kuni oxirgi ish kuni sifatida belgilanadi.
Misol uchun mehnat
shartnomasi ishlamaydigan yakshanba kuniga to’g’ri keladigan bo’lsa ushbu kundan
keying birinchi ish kuni ya’ni dushanba kuni bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: