1 yildan oshmasligi lozim .Ish beruvchi o‘z tashabbusi bilan, xodimning yoki boshqa
shaxslarning iltimosiga binoan jazoni
1 yil o‘tmasdan oldin ham olib tashlashga haqli . Intizomiy jazo amal qilib turgan muddat mobaynida xodimga nisbatan
rag‘batlantirish choralari qo‘llanilmaydi.
3 .Mehnat kodeksi 164-moddasiga binoan jamoa shartnomasida mehnat
shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilish uchun kasaba
uyushmasi qo‘mitasining oldindan roziligini olish nazarda tutilgan bo‘lsa, mehnat
shartnomasini bunday roziliksiz bekor qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. Shuningdek ish
beruvchi kasab uyushmasining roziligini olmasdan turib ham mehnat shartnomalari
bekor qilishi mumkin bo’lib bunday holatlar quyidagilardir: tashkilot yoki yakka
tartibdagi tadbirkor o’z faoliyatini tugatganda , Mehnat kodeksinng 161-moddasi 2-
qismidagi bandlarga asosan tashkilot rahbari yoxud tarkibiy bo’linma boshlig’i bilan
shartnoma bekor qilinganda yoxud tashkilot mulkdori o’zgarganligi munosabati
bilan tashkilot rahbari yoxud alohida bo’linma rahbaribilan mehnat shartnomasi
bekor qilinganda kasaba uyushmasi qo’mitasining roziligi talab etilmaydi. Kasaba
uyushmasi qo’mitasiga ish beruvch tomonidan mehnat shartnomasini bekor qilish
to’g’risida taqdimnoma kiritilgan kundan e’tiboran 10 kun muddat ichida kasaba
uyushmasi qo’mitasi qarori ish beruvchiga xabar qilinishi kerak. Agar 10 kunda
xabar qilinmasa mehnat shartnomasini bekor qilish uchun qo’mita roziligi talab
qilinmaydi. Kasaba uyushmasining rozilik qarori olingan kundan e’tiboran 1 oydan
kechiktirmay ish beruvchi mehnat shartnomasini bekor qilishi mumkin.
4. Kazusda xodim Omonov mehnat shartnomasi bekor bo’layotganda mehnat
tatili bo’yicha da’vosi qanoatlantirilmaganligini ta’kidlagan , ushbu holatni
tahhlil qilsak Mehnat kodeksi 235 moddasi 1-qismiga asosan jamoa
shartnomasi,ichki hujjatlarda yoxud mehnat shartnomasida