Jamoa haqida tushuncha. Jamoa (lotincha «kollektivus»
so'zining tarjimasi bo'lib, yig'ilma, omma, birgalikdagi majlis,
birlashma, guruh) bir necha a’zo (kishi)lardan iborat bo'lib, ijtimoiy
ahamiyatga ega umumiy maqsad asosida tashkil topgan guruh
demakdir. Zamonaviy talqinda «jamoa» tushunchasi ikki xil
m a’noda ishlatiladi. Birinchidan, jamoa deganda bir necha
kishilaming muayyan maqsad yo'lida birlashuvidan iborat tashkiliy
guruhi tushuniladi (masalan ishlab chiqarish jamoasi, zavod jamoasi,
o'quv yurti jamoasi, xo'jalik jamoasi va hokazo). Ikkinchidan,
jamoa deganda yuqori darajada uyushtirilgan guruh tushuniladi.
Dostları ilə paylaş: |