Jamoa rivojlanishining ikkinchi bosqichi. Ushbu bosqich
jamoa faolining o'qituvchi talabini qo'llab-quvvatlash hamda o'z
navbatida uning o'zi bu talabiami jamoa a’zolari zimmasiga qo'yishi
bilan tafsiflanadi. Endilikda o'qituvchi jamoada paydo bo'lgan va u
bilan bog'liq muammo, masalalami yolg'iz o'zi hal qilmaydi. Jamoa
faoli bilan maxsus tarbiyaviy ish olib borish orqali bu ishga uni jalb
etadi. Ushbu bosqichda jamoa hayotini tashkil qilish usuli
murakkablashib boradi, ya’ni, jamoa o'z-o'zini boshqarishga o'tadi.
O'quvchilar amaliy faoliyatining doimiy ravishda murak
kablashib borishi mazkur davming muhim xususiyati sanaladi.
Ikkinchi bosqichda jamoaning muhim ishlarmi o'quvchilar
tomonidan
mustaqil
rejaiashtirilishi,
tadbirlami
o'tkazishga
131
tiyyorgarlik, uni o‘tkazish hamda faoliyat natijalarini muhokama
qilish jamoa faoliyatining ijodiy xususyat kasb etishini ko‘rsatuvchi
omillar sanaladi.
Jamoaning rivojlanishi bu bosqichda to ‘xtab qolishi mumkin
emas, chunki faoliyat ko‘rsatayotgan kuch jamoaning bir qismigina
xoios. Bordi-yu, jamoaning rivojlanishi ushbu bosqichda to ‘xtatib
qolinsa, jamoa faolining guruhning boshqa a ’zolari bilan qarama-
qarshi qo‘yish xavfli tug‘ilishi mumkin. Bu bosqichda jamoaning
barcha a ’zolarining alohida faollik ko‘rsatishga erishishlari zarur
sanaladi.
Dostları ilə paylaş: |