Majburiy mas’uliyatli munosabatning yo‘lga qo‘yiiishi.
Jamoa a’zolari orasida faqatgina yagona maqsad va faoliyat emas,
ulaming g‘am-qayg‘ularining aloqador birligi aks etuvchi maxsus
munosabatlar yuzaga keladi.
Saylangau umumiy rahbariy organga egalik. Jamoada
demokratik munosabatlar o‘matiladi. Jamoani boshqarish organlari
jamoaning obro‘li a’zolarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri, ochiq saylab olish
asosida shakllantiriladi.
Mazkur aytilgan belgilaridan tashqari jamoa boshqa muhim
o ‘ziga xosliklari bilan ham farqlanadi. Bu jamoa ichki muhitida aks
etuvchi o‘ziga xoslik, psixologik iqlim, jamoa a’zolari orasidagi
rnunosabatlarda ko‘rinadi.
Maktab jamoasi tarkibida eng barqaror bo‘g‘in - bu muayyan
sinflar negizida shakllangan jamoalar sanaladi. Sinf jamoasi
tarkibida o‘quvchilar tomonidan amalga oshiriluvchi asosiy faoliyat
o‘qish faoliyati sanaladi. Aynan sinf jamoasida shaxslararo aloqa va
munosabatlar tarkib topadi. Shuningdek, sinflar jamoalari negizida
maktab jamoasi shakllanadi.
Yuqoridagi jamoaning o‘ziga xos belgilaridan kelib chiqib,
shunday xulosa chiqarish mumkin. O'quvchilar jamoasi - bu
ijtimoiy ahamiyatga ega yagona maqsadni ko‘zda tutuvchi,
birgalikdagi faoliyatni tashkil etuvchi, umumiy saylab qo‘yilgan
organiga ega bo'lgan, mustahkamlik, umumiy javobgarlik bilan
ajralib turuvchi, barcha a ’zolarimng huquq va majburiyatlarda
tengligi sharoitida majburiy aloqadorlikka ega boMgan o'quvchilar
guruhidir.
Dostları ilə paylaş: |