0 ‘quvchilar jamoasi yuqori darajada uyushtirilgan birlashma
hisoblanadi.
Jamoada va jamoa yordamida tarbiyalash - tarbiya tizimida
muhim ahamiyatga ega bo'lgan tamoyillardan biridir. Shaxsni
shakllantirishda jamoaning yetakchi rol o ‘ynashi to‘g‘risidagi fikrlar
pedagogika fanining ilk rivojlanish davrlaridayoq bildirilgan.
Jamoada uning a’zolari o'rtasidagi munosabatning alohida shakli
yuzaga keladi, bu esa shaxsning jamoa bilan birgalikda rivojlanshini
ta’minlaydi. Lekin har qanday guruhni ham jamoa deb hisoblab
bo'lmaydi. Jamoa bir qator belgilarga egadirki, mazkur belgilar
jamoani kishilarning yetarli darajada uyushgan har qanday guruhdan
ajratib turadi.
Dostları ilə paylaş: |