Jamoa rivojlanishining uchinchi bosqichi. Jamoa faoliyatida
bu bosqich anchagina sermahsul hisoblanadi. Bu davrda butun
jamoa «ayrim o'zini chetga olib qoluvchi, injiq shaxs»larga talab
qo‘ya boshlaydi.
Jamoa ishiga ushbu bosqichda faqat faolgina emas, balki uning
butun a’zolari qiziqadi. Jamoa hayotidagi uchinchi bosqich, ijtimoiy
fikr mavjudligi bilan ifodalanadi. 0 ‘qituvchi mazkur yo'nalishda
maqsadga muvofiq va izchil ish olib borgan sharoitdagina ijtimoiy
fikmi shakllantirish ga erishishi mumkin. Shu maqsadda u yoki bu
tadbir rejasi, jamoaning birgalikdagi faoliyati va uning a ’zolari xatti-
harakati jamoa bo‘lib muhokama qilinadi, turli mavzularda suhbatlar
va ma’ruzalar uyushtiriladi, o'quvchilar o‘rtasida samarali axborot
vositalari yordamida ijtimoiy-g‘oyaviy, axloqiy, estetik, ekologik,
huquqiy, iqtisodiy va hokazo bilimlaming targ‘iboti tashkil etiladi.
0 ‘qituvchi jamoa a ’zolarining birgalikdagi faoliyatini tashkil etar
ekan, jamoa a’zolarining ijodiy tajribasiga hissa qo‘shish imkonini
beradigan
o ‘zaro
munosabatlarini
shakllantirishga
ta’sir
ko'rsatadigan shakl va metodlardan foydalanadi.
Dostları ilə paylaş: |