10-MAVZU. OCHIQ JAG’LILAR YOKI HAQIQIY
HASHAROTLAR (–ECTOGNATHA) TUBAN QANOTSIZLAR YOKI BIRLAMCHI QANOTSIZLAR
Reja:
Tuban qanotsizlar yoki birlamchi qanotsizlar
Oliy yoki qanotlilar
Cho’psimonlar Phasmatoptera
Termitlar
Tayanch so’zlar: Chala metamorfozli yoki to’liqsiz o’zgarishli hasharotlar, to’liq metomorfozli yoki to’liq o’zgarishli hasharotlar, ninachilar, beshiktervatarsimonlar.
Bu kenja sinf barcha qanotli hasharotlarni, shuningdek ba’zi ikkilamchi tartibda qanotini yo’qotgan (reduktsiyalangan) hasharotlarni o’z ichiga oladi.
Voyaga yetgan formalarida yuqori jag’i bosh kapsulasi bilan 2 nuqta orqali tutashgan. Chala, to’liq va gipomorfoz yo’llari bilan taraqqiy etadi. Bular juda xilma-xil bo’lib, har xil ekologik sharoitlarda yashashga moslashgan.
Bu kenja sinf 2 ta infra sinfga bo’linadi:
1.Tuban qanotsizlar-Apterygota
2.Oliy yoki qanotlilar-Pterygota
Umuman hasharotlar katta sinf deb qabul qilinganda ular 2 ta sinfga (1-yashirin jag’lilar; 2-ochiq jag’lilar yoki haqiqiy hasharotlar) bo’linadi. Ochiq jag’lilar esa yuqoridagi 2 ta kenja sinfga bo’linadi.
Xulosa qilib aytganda, hasharotlarning klassifikatsiyasi masalasi-olimlar o’rtasida har xil fikrlar bor.
O’zbekiston territoriyasida N.E.Ergashev (1990 yil O’zb.biol.jur.№5) ma’lumotlariga ko’ra 15 000 dan ortiq tur hasharot, 400 dan ortiq tur o’rgimchaksimonlar uchraydi.
1-kenja sinf: Tuban qanotsizlar yoki birlamchi qanotsizlar-Apterygota.
Bularga ikkilamchi tartibda qanotini yo’qotgan hasharotlar kiradi. Bularda rivojlanish soddalashgan bo’lib, gipomorfoz yo’li bilan boradi. Gipomorfoz grekcha xipo-pastki, ostki, morfe-forma, shakl, degan ma’noni bildiradi. Tashqi muhitga bog’liq holda, evolyutsiya jarayonida organizmning soddalashishi natijasida lichinka yoki yosh individning moslashishi tushuniladi. Bunda ba’zi organlar reduktsiyalanadi.
Bu infra sinfga 1 ta turkum: Tizanuralar yoki qil dumli yoki dumlilar-Thysanura kiradi.
Turkum: Tizanuralar yoki qildumlilar-Thusanura
Bu turkum vakillarining gavdasi uzunchoq va egiluvchan bo’lib, 8-20 mm ga yetadi. Gavdasi mayda tangachalar bilan qoplangan bo’lib, mo’ylovlari 30 tagacha bo’g’imli, ko’zlari yaxshi taraqqiy etmagan yoki umuman bo’lmaydi. Oyoqlari 2-4 bo’g’imli bo’lib, juft tirnoqlar bilan tugallangan. Erkaklari grifelьkali,urg’ochilarida maxsus tuxum quygichi bor. Ular protomorfoz yo’li bilan taraqqiy etadi. 9-segmentidan 3 ta dum o’simtasi hosil bo’lgan. Ulardan 2 ta yon tomondagilari tserki, u o’rtasidagisi esa paratserki deb ataladi.
Tizanuralar toshlar, daraxtlar barglari, chirindilar, tuproq ostilarida, chumoli va termitlar inida uchraydi.
Tangacha tangali tizanura-Lepismasaccharina, uy termobiyasi Tneoaoeca isiqxonalarda, kitobxonalarda uchraydi.
Umuman bu turkumning 400 dan ortiq turi bo’lib, maxilislar va tangachalilar kenja turkumlariga bo’linadi.
Maxilislar sodda tuzilgan bo’lib, lishayniklar bilan oziqlanganligi uchun qoya toshlar orasida yashaydi. Gavdasi 1,5 sm bo’lib, yashirin hayot kechiradi. Ular nam vaqtda toshlar ustiga chiqib o’zini quyoshga toblab yotadi. CHaqqon harakatlanadi 2 sm gacha masofaga sakray oladi. Ular sovuq joydan tashqari hamma joyda 4000 m gacha balandlikka uchraydi.
Ko’payish davrida erkagi tola ajratib, unga tomchi shaklidagi spermatoforalarini oqizadi. Keyin urg’ochilarini ana shu suyuqlik oldiga turishga majbur etadi. Erkagi oqib kelayotgan spermatoforani mo’ylovi va dum o’simtalari yordamida urg’ochilarining jinsiy teshigiga qo’yadi. Urug’langan tuxumi ko’p oyoqlarniki kabi nam joyda rivojla-nadi.
Tangachalilar kenja turkumi vakillari issiqsevar hayvonlardir. Masalan, shakar tangachalisi yorug’dan qochadi, issiqda yashaydi. Ular zamburug’lar, suv o’tlari bilan oziqlanadi, kraxmalga juda o’ch bo’lib, devorlarga qog’oz yopishtirish uchun surtilgan yelim tarkibidagi kraxmalni yeydi. SHuningdek, tsellyulozani, nam qog’ozni ham yeydi.
Ko’payishi yuqoridagidek, lichinkasi ham voyaga yetgan formasi ham po’st tashlaydi. Lichinkasi voyaga yetgan formasiga o’xshaydi, faqat bo’g’imlar soni kam bo’ladi.
2-Kenja sinf: oliy yoki qanotlilar-Pterygota
Bularga turli sharoitlarda yashovchi, morfologik, biologik va sistematik beligilari jihatdan differentsiyallashgan, qanotli yoki ikkilamchi qanaotlari yo’qolgan hasharotlar kiradi. Ular to’liq yoki chala o’zgarish yo’li bilan taraqqiy etadi. Shunga ko’ra 2 ta bo’limga bo’linadi:
1.Chala metamorfozli yoki to’liqsiz o’zgarishli hasharotlar-
Hemimetabola
2.To’liq metomorfozli yoki to’liq o’zgarishli hasharotlar-
Holometabola
I-Bo’lim: Chala metamorfozli yoki to’liqsiz o’zgarishli hasharotlar
Hemimetabola
Bu bo’lim vakillarida rivojlanish 3 ta fazadan: tuxum, lichinka va imagodan iborat. Lichinkasi voyaga yetgan fazasiga o’xshaydi. Bularning lichinkasida qanot belgilari borligi uchun nimfa (kelinchak), agar suvda taraqqiy etsa nayada (daryo kelinchagi) deyiladi.
Lichinkalar, ya’ni nimfalarning imagoga o’xshashligi ularning qanotlari tashqi organ sifatida rivojlanishidir. Ammo aniq qanot murtagi, odatda katta yoshdagi imagoga xosdir.
Bular 4 ta katta turkumga bo’linadi:
1.Efemeroidlar-Ephemeroidea
2.Odonatoidlar-Odonatoidea
3.Ortopteroidlar-Orthopteroidea
4.Gemipteroidlar-Hemiptereoidea
1-Katta turkum-Efemeroidlar-Ephemeroidea
Bular tinch yoki yerga qo’nib turgan vaqtida qanotlarini yig’ib ololmaydi, qanotlari doimo yoyilib turadi. Qanotlari to’rsimon, qornida uzun ingichka bo’g’imli tserkilari bor. Nimfalari suvda yashaydi, ya’ni nayadadir. Paleozoy erasining toshko’mir davrida paydo bo’lgan qadimgi hasharotlar hisoblanadi. Bizgacha faqat 1 ta turkum-kunlilar turkumining vakillarietib kelgan.
1-Turkum: Kunlilar-Ephemeroptera
Bu turkum vakillarining gavdasi uzunchoq, gavda qoplami yumshoq bo’ladi. Og’iz organlari reduktsiyalangan, qanotlari to’rsimon tuzilgan. Qadimgi hasharotlar hisoblanadi. Orqa oyoqlari oldingilaridan qisqa, ayrimlairda umuman yo’q. Qorni ko’p bo’g’imli bo’lib, serki bilan tugallanadi. Ba’zilarida paratserkilar ham bor.
Lichinkalari tashqi metamer traxeyaga ega. Jinsiy voyaga yetganlari oziqlanmaydi, chunki jag’lari, umuman og’iz apparati rivojlanmagan. Bu vaqtda ularning ichagi havo bilan to’lib, vazni yengillashadi. Shunga ko’ra, ular uzoq yashamaydi (1-3 kun yashaydi xolos). Ularning: «kunlik» degan nomi ham shundae kelib chiqqan. Jinsiy organlari sodda tuzilgan bo’lib, juft urug’ chiqaruvchi kanal va jinsiy teshikdan iborat. Ularning lichinkalari 1-3 yil davomida suv rivojlanadi. Bu davrda ular 25 martagacha po’st tashlaydi.
Nayada tipidagi lichinkalari chuchuk suvlarda, tez oqar soylarda, daryolarda, ko’llarda, botqoqliklarda hayot kechiradi. Lichinkalarining og’iz apparati kemiruvchi tipda bo’lib, ular o’simlik qoldiqlari va suv o’tlari bilan oziqlanadi. Lichinkadan jinsiy voyaga yetmagan formalar-subimagolar paydo bo’ladi. Ular bir marta po’st tashlab voyaga yetgan forma-imagoga aylanadi. Jinsiy voyaga yetgan davri 1-3 kun, subimago davri esa undan ham qisqa vaqtni o’z ichiga oladi.
Kapalaklarning uchib chiqishi ba’zan ommaviy tus olib, o’ziga xos bo’lgan vertikal o’chish, pastga tushish kabi «o’yinlar» bilan amalga oshiriladi.
Juftlashishdan va suvga tuxum quyishdan keyin barcha voyaga yetgan formalari nobud bo’ladi. CHunki yuqorida aytilgandek, ular oziqlana olmaydi.
Natijada suv yuzasida ularning o’ligi ko’payib ketadi. Kunlilar va ularning 1600 ga yaqin turi bo’lib, O’rta Osiyoda, jumladan, O’zbekistonda oddiy kunlik-Ephemeravulgata, Sirdaryo vohalarida Palingeniasublonicad da uchraydi.
2-Katta turkum: Odnatoidlar-Odonatoidea
Bular ham tinch turgan paytida qanotlarini yig’ib ololmaydi, qanotlarining biroz yuqoriga ko’tarilib turishi va to’rsimon bo’lishi bilan harakterlanadi. Bularning kunlilarda farqi oldingi va orqa qanotlari bir-biriga teng va uzun bo’ladi. Qornining oxirida tserkilari bor, paratserkisi yo’q. Nimfalari suvda yashaydi, ya’ni nayadalardir.
Bular ham paleozoy erasining toshko’mir davrida paydo bo’lgan qadimgi hosharotlardir.
Bu katta turkumga 1 ta turkum-Ninachilar turkumi kiradi.
Turkum: Ninachilar Odonatoptera yoki Odonata
Bu turkum vakillarini so’zanaklar ham deyiladi. Bular ancha yirik, ixcham va yirtqich hasharotlardir. Boshining harakatchan tanaga birikishi, og’iz aparatining kemiruvchi tipda tuzilganligi, murakkab ko’zlari, bir xilda tomirlangan 2 juft to’rsimon shaffof qanotlarining bir-biriga o’xshashligi ularning hammasiga xosdir. Qorni uzun, 2 va 3-bo’g’im sternitlarida kopulyativ organlari bor (erkaklarida). Bu organ boshqa hasharotlarnikidan farq qiladi.
Ninachilarning lichinkasida dum yoki rektal jabrasi bo’ladi. Lichinkasi nayada tipda bo’lib, suvda yirtqiyalik bilan hayot kechiradi. Lichinkasi o’ljani tutishga moslashgan pastki labning o’zgarishidan hosil bo’lgan «niqobga», ya’ni maskaga ega bo’lib, ov paytida u oldinga tashlanadi. Tinch turganda esa boshning pastki tomonidan yopib turadi. Ninachilarning lichinkalari ham, voyaga yetgan formalari ham yirtqichlik qilib yashaydi. Voyaga yetgan formalari havoda uchib yurib pashshalarni tutib yeydi. Lichinkasi esa suvdagi turli-tuman lichinkalar bilan oziqlanadi. Ayrim yiriklari esa hatto itbaliqlarga ham hujum qiladi. Ba’zilarining lichinkalari ba’zilariga oziqa hisoblanadi. Ninachilar qushlarning parazitlarini tarqatib katta zarar ham yetkazadi. Masalan, suv parrandalarining prostogonimoz kasalligi ninachilar orqali tarqaladi. Bu kasallikni yassi chuvalchanglardan trematodlar keltirib chiqaradi. Bu chuvalchangning
lichinkasi ninachi lichinkasiga o’tadi. Bu lichinkani iste’mol qilgan suv qushlari kasallanadi.
Ninachilarning 4500 turi fanga ma’lum, ular tropik mamlakatlarda keng tarqalganbo’lib, morfologik jihatdan xilma-xildir. Ular 3 ta kenja turkumga bo’linadi:
1.Teng qanotlilar kenja turkumi uncha yirik emas, qanotlari bir-biriga teng, lichinkasi 3 ta o’simtalidir. Barcha turlari ixcham, qorni ingichka bo’lib, qo’nib turganda albatta qanotlarini yuqoriga ko’taribturadi. Bular orasida yovuz ninachilar, o’q ninachilar, nozanini ninachilar keng tarqalgan. Bularning qanoti tiniq, moviy rangda bo’ladi. Ularning urg’ochilarida «tuxum quygich» organi bo’ladi.
O’zbekistonda yovuz ninachilarning quyidagi turlari bor: hestesbarbara, h.virens, Sumpychajussa o’q ninachilardan: Sschnuraelegans, S.bukharica, nozanin ninachilardan: suluv qiz ninachi-Calopteryx virgo, yaltiroq nozanin ninachi-C.splendens, marokash ninachi-C.marocandica turlari uchraydi.
2.Teng bo’lmagan qanotlilar kenja turkumi vakillari ancha yirik ko’zlari katta, orqa qanotlarining asosi keng va lichinkalarida rektal jabrasi bor. Bular olachipor ninachi va rang-barang tusdagi obkash ninachilar kiradi. Katta obkash ninachi Aescg’innagrandis erkagining qanoti, ko’kragi va qorin och qo’ng’ir-zangori dog’i bo’lsa, urg’ochisida sariq dog’i bor. Yassi ninachi-sibesluladepressa haqiqiy ninachidir. Obkashchilar oilasidan O’zbekistonda keng tarqalganlari: katta obkashchi-Aeschnagrandis, ko’k obkashchi-A.cganea, nazoratchi ninachi-Anaximperator, A.parthenope va boshqalar uchraydi. Haqiqiy ninachi-lardan: Yassi ninachi-Sibelluladepress , havorang ninachi-orthetrumcancellatum va boshqalar uchraydi.
3.Bu kenja turkum yuqoridagi 2 ta turkumning oraliq formasi hisoblanadi. Ularning voyaga yetgan formalari qanotining tuzilishiga ko’ra teng qanotlilar, lichinkasi teng bo’lmagan qanotlilarga o’xshaydi. 2 ta turi bor. Ular Yaponiya va Hindistonda uchraydi.
3-Katta turkum: Oropteroidlar-Ortnopteroidea
Bu bosh turkum vakillarining og’iz apparati tipiq kemiruvchi tipda, qanotlari yaxshi taraqqiy etgan, qanoti tinch turganda tanasining yon tomoniga joylashib qornini yopib turadi. Uchishda orqa qanotlari qanot ustligiga aylangan. Qornida tserkisi bor, urg’ochilarida tuxum quygich, erkklarida grifelьkalari bor. CHala o’zgairsh yo’li bilan taraqqiy etadi.
Katta turkumga 11 ta turkum kiradi.
1-Turkum: Suvaraksimonlar-Blattoptera
Bularning gavdasi bir oz yassilangan bo’lib, oyoqlari yuguruvchi tipda, panjalari 5 bugimlidir, tserkilari bulmaydi, lichinkalik davrida qornida grifelьkilari bo’lib, u 9-sternitda joylashadi. Mo’ylovlari uzun va ingichka, qanotlari 2 juft bo’lib, oldingisi bir oz qalin, ustki qanotga aylangan, keyingisi pardali yelpigichsimon tuzilgan. Erkaklarining qornida ha xil hid tarqatadigan bezlari bor.
Suvarakalar tungi hasharotlar bo’lib, toshlar ostida, uylarda, tuproq oralarida yashirinib hayot kechiradi. Ular tuxumini ootekasidagi maxsus xaltaga qo’yadi. Rivojlanishi 2-3 oydan, ayrim turlarida 3-4 yilgacha davom etadi. Ular organik moddlar qoldig’i bilan oziqlanadi, ba’zilari o’simliklar va chirindilar bilan oziqlanadi. Suvaraklarning ayrimlari oshxona, uylar,
issiqxonalarda, omborlarda odam uchun oziq bo’ladigan narsalar bilan ham oziqlanadi. Bu oziqalarni odam iste’mol qilganda suvarak yuqtirgan kasallik tarqatuvchi mikroblarni ham yuqtiradi.
Suvarakmg’siomnlarning 3600 turi bo’lib, O’rta Osiyoda 22 turi (shundan 13 turi endemik) uchraydi.
O’rta Osiyoda cho’l zonalarida yumaloq suvarak uchraydi (Polyphaga saussurei) va u toshbaqa suvarak ham deyiladi. Uning kattaligi 4-5 sm, qoramtir-sariq, urg’ochilari qanotsiz, erkaklari qanotli bo’ladi. Kemiruvchilar uyasida, o’simliklar va tuproq oralarida ko’milib yashaydi 3,5-4 yilda voyaga yetadi. O’zbekistonning hamma hududida eski joylarda uchraydi.
Qum yumaloq suvaragi-Polyphaga pellucida ham O’zbekistonda kemiruvchilar inida yashaydi.
Qoratog’ suvaragi-Tartaroblatta karatavica. Qoratog’ tizmalarida keng tarqalgan bo’lib, kattaligi 9-19 mm keladi. Asosan toshlar ostidagi nam joylarda hayot kechiradi. Urg’ochilari yil davomida, erkaklari esa bahorda aktiv bo’ladi.
Sinantrop turlarining tarqalishi odam faoliyati bilan bog’liqdir. Prusak yoki oddiy suvarak-Blattellagermanika kattaligi 10-13 mm kulrang, qizg’ish rangda bo’ladi. Hamma issiq joylarda uchraydi. 220S li sharoitda 172 kunda, 300S li sharoitda esa 75 kunda
jinsiy voyaga yetadi. Ular turli xil oziq-ovqat va kiyim-kechaklarni zararlaydi va kasallik tarqatadi.
Qora suvarak-Blattaorientalis gavdasi 18-30 mm keladi. Ter bezlaridan doimo badbo’y hid tarqatadi. Kunduzi pana joylarda yashirinib yotadi, qorong’i tushishi bilan uylariga uchib kiradi. Rivojlanishi 4 yilgacha davom etadi.
Turkiston suvaragi-Sheljordellalateralis Kichik Osiyo, Afg’onistondan Eron va Afrikagacha tarqalgan bo’lib, uylarda, hammomlarda yashaydi. O’rta Osiyoda bu suvarak dizenteriya kasalligini tarqatishi isbotlangan.
Suvaraklar oziq-ovqatni zararlab inson sog’ligiga havf tug’dirib kelmoqda. Ular bakteriyalar va parazit chuvalchanglarning tuxumining tarqalishida asosiy vositachidir. Ular mo’ylovi, oyoqlari yordamida va ichaklari orqali har xil bakteriyalarni, parazit chuvalchanglarning tuxumini tarqatadi. Masalan, qora suvaraklarning to’g’ri ichagida qil bosh va bolalar gijjasining tuxumlari, prusakning ichagida lentasimon chuvalchanglarning tuxumi topilgan. Shuning uchun ham suvaraklarga qarshi kurash olib borish, ularni uylarda yashashiga yo’l qo’ymaslik kerak qarshi kurash olib borish, ularni uylarda yashashiga yo’l qo’ymaslik kerak.
2-Turkum-Beshiktervatarsimonlar-Manteoptera.
Bular yirik, yirtqich, gavdasi cho’zinchoq, boshi harakatchan, qanoti va qorin qismi katta. Oldingi oyoqlari yirtqichlikka moslashgan. Og’iz apparati kemiruvchi tipda tuzilgan va pastga qarab o’rnashgan. Katta boshining ikki yoniga ko’zlari joylashgan. Yelkasi uzun va baquvvat, qanotlari ikki juft, to’liq taraqqiy etmagan, ba’zi turlarida esa mutlaqo yo’q. Oldingi oyog’ining dimg’azagacha qismi ancha uzun, son va boldirida o’tkir tishlari bor, bukilganida ular bir-biriga zichlashib, o’ljani ushlab turadi. Qornida tsrekisi, erkagi va lichinkasida grifelьkasi bor.
Gavdasining rangi yashash muhitiga moslashgan (yashil, jigarrang) bo’lgani uchun dushmanlaidan (qushlardan) yaxshi himoyalanadi. Bular ham suvaraklar kabi tuxumini ootekaga joylab qo’yadi.
Etuk beshiktervatarlar va ularning lichinkalari turli xil hasharotlar bilan oziqlanadi. Tropik mamlakatlarda yashaydiganlari hatto qushlar, sudralib yuruvchilar, baqalarga ham hujum qiladi.
Beshiktervatarsimonlarning 2000 dan ortiq turi bo’lib, shulardan 20 dan ortig’i O’rta Osiyoda uchraydi. beshiktervatarlarni oilasiga kiradigan turlari keng tarqalgan bo’lib, oldingi oyog’ining yonboshi bo’rtib chiqqan, tuxumi ootekada qishlaydi. Bahorda yosh beshiktervatarlar chiqadi.
Oddiy beshiktervatarlar-Manbeisroligiosa daraxtlarda yashaydi. Rangi yashil, 40-70 mm. kattalikda, oldingi kukragi uzun bo’ladi.
Hierodulatenidentata turining qanotlari oqish rangda va nuqtali, orqa oyoqlarining sonining uchida ingichka tirnoqlari bor.
Oddiy beshiktervatar kuz cho’zilgan paytlarda yiliga 2 marta avlod beradi.
Iris-Jrisoratorra turining rangi sarg’ish-yashil, urg’ochilarining qanotlari qisqa, tanasining uzunligi 30-45 mm keladi.
Beshiktervatarlar o’z o’ljasini harakatsiz holda poylaydi. O’ljaga birdan tashlanib, oyoqlari bilan qisib oladi. Ular 40 dan ortiq tur zararkunanda hasharotlar bilan oziqlanib, ularning sonini kamaytirish orqali insonga foyda keltiradi.
3-Turkum: CHo’psimonlar Phasmatoptera (Palochniki)
Bularning gavdasi cho’ziq, qurigan cho’p, hashaklar va qisman yaproq shakliga o’xshaydi. Bu ximoya rangi hisoblanadi. Turkumning nomi ham shundan olingan.
Boshi prognatik tipda, og’iz apparati kemiruvchi tipda, oyoqlari deyarli bir xil panjasi 5 bo’g’imli, yuruvchi tipda, qanotlari yo’q, tserkilari bir bo’g’imli, urg’ochilarida tuxum quygichi bor.
Mo’ylovlari ipsimon yoki qilsimon 8 ta va undan ko’p bo’g’imlarga bo’lingan. Gavdasining uzunligi ba’zi tropik mamlakatlarda 26-33 sm bo’ladi. Ular o’simlikxo’r hasharot bo’lib, kam harakat qiladi. Bezovtalanganidan keyin qimirlamay (harakatlanmay) qoladi va cho’pga yoki bargga o’xshaganidan borligini payqash qiyin bo’ladi.
Tuxumlari o’simlik urug’lariga o’xshaydi. Ko’pchilik turalarida erkagi g’oyatda kam bo’ladi yoki bo’lmaydi. Natijada partonogenez yo’l bilan ko’payadi.
Bu turkumning 2500 ga yaqin turi bor.
Ikki chuqurchali cho’psimon-boshining yuqori qismida, ko’zlarining o’rtasida ikkita uzun chuqurchasi bor. O’rta Osiyo ochiq dalalari va cho’llarida, o’tloqlar orasida uchraydi.
4-Turkum: Termitlar-Jsoptera
Bular asosan tropik mamlakatlarda keng tarqalgan. Ular jamoa, kaloniya bo’lib yashovchi hasharotlar bo’lib, polimorfizm xodisasi yaxshi taraqqiy etgan. Termitlarning 2 ta koloniyasi 100000, hatto mln. gacha individlardan iborat bo’lib, ular tuzilishi, bajaradigan vazifalariga ko’ra bir-biridan farq qiluvchi quyidagi gruppalarga bo’linadi:
1.Bitta koloniyada bitta urg’ochi va bir nechta erkak bo’ladi. Jinsiy individlar. Urg’ochi termit «poshshoxon» yoki «malika» deb ataladi, erkagi shox deb ataladi. Ularning qanotlari bo’lib, u ma’lum vaqtdan keyin tushib ketadi. Bi jinsiy individlar faqat koloniya sonini ko’paytirish, ya’ni jinsiy ko’payish vazifasini bajaradi. «Malika»-ning o’rnini boshqa urg’ochisi egallab olsa, unda «malika» boshqa joydan koloniya hosil qiladi. Erkagi o’zicha oziqlana olmaydi.
2.«Ishchi» individlar. Bular koloniyadagi aholining ko’pchiligi tashkil etadi. Ularning vazifasi uya qurish, erkak, urg’ochi, «askarcha» va lichinkalarni oziqa bilan boqish, yosh individlarni tarbiyalash, tuxumga qarash va qishga oziq-ovqat yig’ishdan iborat.
Bularning jinsiy organlari rivojlanmagan, kattaligshi 8-12 mm, boshi katta, mo’ylovi 20-25 bo’g’imli, og’iz apparati kemiruvchi tipda, oyoqlari yaxshi rivojlangan.
3.»Askarcha» termitlarning boshi juda katta, ustki jag’lari baquvvat bo’lib, ular koloniyani boshqa avlodlar yoki chumolilardan himoya qiladi. Kattaligi 14-15 mm. bular (ishchi) termitlar tayyorlagan oziqa bilan oziqlanadi.
Termitlarda boshi tanaga erkin birikkan, qanotlari pardasimon, hamma oyoqlari teng, yuruvchi tipda, panjalari 4 bo’g’imli, tserkilari kalta bo’ladi. Urg’ochilari ishchilarining parvarishi bilan yashaydi, undan bir necha marta katta bo’ladi. Urg’ochilari serpusht bo’lib 1500-3000 ta gacha tuxum qo’yadi. Agar urg’ochisi o’lsa maxsus tarbiyalangan lichinkalaridan yetishgan yosh urg’ochilari uning o’rnini oladi.
Vaqti-vaqti bilan katta koloniyadagi qanotli erkak va urg’ochilari ajralib, yangi yosh koloniya hosil qiladi. Termitlarning faqat jinsli individlari qanotli bo’ladi.
Ammo bulardagi qanotlar ham uzoq saqlanib turmaydi. Ular so’ngi marta po’st tashlaganda qanotlari ham tushib ketadi. Qanotlardan maxrum bo’lgan erkak va urg’ochi individlar yangi oila (koloniya) tuzadi.
Qanotlari deyarli tubidan sinib tushadi va uning o’rnida kichkina xitinli uchburchak yaproqcha qoladi.
Ular yovvoyi o’simliklar, donli ekinlar, imoratlarning yog’ochi. Telegrafi uskunalari, mebelь va kiyim-kechak saqlanadigan joylarda yashab, ularga juda katta zarar yetkazadi, ular bilan oziqlanadi.
Termitlarning uyasi murakkab sistema bo’lib, gorizontal va vertikal kesishgan tirqish, kamera va yo’laklardan iborat bo’ladi. Vertikal yo’llar 11-15 mchuqurlikda bo’lib, yerning nam qatlamigacha yetadi. Ko’ndalangiga 1,5-4,5 m gacha, kamera va yo’laklar 3 sm dan 2-3 m gacha, asosiy kamera esa 1m gacha chuqur bo’ladi.
Urg’ochi va erkagining uchishi ko’pincha birinchi yomg’irdan keyin bo’ladi, yerga qo’ngandan keyin qanotlarini sindiradi vao’zi uchun sherik uya uchun joy izlaydi.
Ular isiqqa chidamsiz bo’lib, turli faktorlardan ximoyalanish uchun yashirin hayot kechiradi va shaqshinkor, ya’ni (g’illofni) yerning yuzasidan uyasiga kiritib quradi. Termitlarning 2500 dan ortiq turi bo’lib, O’rta Osiyoda 2 turi uchraydi.
1.Turkiston termiti-Anacanthotermesturkestanicus O’rta Osiyoning cho’l zonalarida, Farg’ona vodiysi, Jizzax, Buxoro, Qarshi va Termizda keng tarqalgan.
Pushti rangda, boshi yirik, mo’ylovi ingichka, 20-25 bo’g’imli bo’ladi. Ishchilari oq-sariq va yaltiroq, askarchasi qizg’ish rangda, tishlay oladi.
Bular o’t, yog’och va oziq-ovqat bilan va ayniqsa imoratlardagi yog’ochni yeb katta zarar yetkazadi. Natijada imorat yaroqsiz holatga kelib qoladi.
1943 yili Farg’onada turar joylar va pilla qabul punkti, Buxoro va Samarqandda ayrim qishloqlar, 1948 yil Ashxoboddagi zilziladan keyin zararlangan binolardagi yog’ochlarda termitlar qilgan ishi ayniqsa yaqqol ko’rinib qoldi. Bu holat hozir ham davom etmoqda va kuchaymoqda.
Termitlarga qarshi kurash choralari ularning yashirin hayot kechirishi munosabati bilan ancha murakkabdir. Ularga qarshi kurashish uchun:
1.Termitlarning tarqalish manbalarini va arealini aniqlash;
2.Ular tarqalgan joylardagi zonalarda binolarning zararlanishining oldini olish.
3.Zararlangan binolarda ularga qarshi kurash choralarini o’tkazish.
Buning uchun aholi yashaydigan joylarda termitlarning tarqalishini o’rganish muhimdir. Yangi qurilayotgan binolarning poydevori baland termit chiqa olmaydigan, qurilish materiallarini ximiyaviy moddalar bilan ishlov berish (alif) aniqlangan termitlarni turli choralar bilan qirib tashlash katta ahamiyatga ega. Pol tagidagi havo almashinishiga e’tibor berish kerak.
Termitlarni o’rganish bo’yicha O’zbekistonda A.G.Davletshina (Termitlar va ularning zarari, 1966), N.Ergashevlar ko’p ish qilganlar.
Termitlarni o’rganish bo’yicha O’zbekistonda A.G.Davletshina (Termitlar va ularning zarari, 1966), N.Ergashevlar ko’p ish qilganlar. N.Ergashev rahbarligida Farg’ona vodiysida termitlarga qarshi biologik kurash choralarini ishlab chiqish bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan, XX-asr oxirlarida professor O.SH.Xamraev rahbarligida bir guruh olimlar termitlar ustida tadqiqotlar o’tkazib, ularga qarshi biologik usulda kurashish natijalarini e’lon qildi va termitlarga qarshi kurashish markazini tashkil etdi. Hozirgi kunda bu ilmiy tadqiqot ishlarini professor I.Abdullaev shogirtlari bilan davom ettirib yuksak natijalarga erishmoqda.
5-Turkum: Bahorikorlar-Plecoptera (Vesnyanki).
Voyaga yetgan individlarning gavdasi cho’ziq, yumshoq, boshi erkin prognatik tipda, uzun ko’p bo’g’imli mo’ylovlvri bor. Og’iz organlari yaxshi rivojlanmagan, ovqat qabul qilishga yaramaydi. Ikkita fasetkali va uchta oddiy ko’zi bor. Qanotlari pardasimon, oyoqlari yuruvchi tipda, panjalari 3 bo’g’imli, tserkilari uzun, ipsimon ko’p bo’g’imli, lichinkalari suvda hayot kechiradi.
Bahorikorlarning voyaga yetganlari oziqlanmaydi va uzoq yashamaydi. Bir necha kun mobaynida suvga tuxum qo’yadi va o’lib ketadi. Bir necha kundan keyin tuxumdan lichinkalar chiqadi. Ular toza va oqar suvda, toshlar tagida 1-3 yil yashab, 20-30 martagacha po’st tashlab, keyin jinsiy voyaga yetadi. Lichinkalari suv o’ti, mayda hayvonlar bilan oziqlanadi. Ular boshqalar uchun oziq sifatida ham ma’lum ahamiyatga ega.
Ba’zilari erta bahorda. Hatto qor erib ketmasdan paydo bo’ladi, shuning uchun bahorikorlar deb atalgan bo’lishi mumkin.
Bularning 2000 ga yaqin turi bor.
Perla-avlodining vakillari Amudaryoning tez oqadigan joylarida uchrashi aniqlangan.
Bahorikorlar tashqi ko’rinishi bilan kunlilarga bir muncha o’xshaydi, lekin bular tuzilishi, keyingi qanotlari va postembrionoal taraqqiyoti bilan farq qiladi.
Nazorat savollari va topshiriqlar
Tuban qanotsizlar yoki birlamchi qanotsizlar haqida ma’limot bering?
Oliy yoki qanotlilar haqida ma’limot bering?
Cho’psimonlar Phasmatoptera haqida ma’limot bering?
Termitlar haqida ma’limot bering?
Dostları ilə paylaş: |