Barchamizga ma’lumki hozirda ishlatilayotgan telefonlar, planshetlar va smart watchlar qaysidir operatsion tizimdan foydalanadi. Operatsion tizim tushunchasi keng qamrovli bo‘lib, qurilmalarni boshqaradigan tizimlar tushuniladi.
Mobil operatsion tizimlariga ta’rif berib o‘tamiz. Mobil operatsion tizimlar – bu mobil qurilmalar (smartfonlar, tabletlar, PDA va boshqa mobil qurilmalar)ni boshqarish uchun mo‘ljallangan tizim hisoblanadi.
Kirish: Mobil ilovalarning rivojlanish tarixi.
Mobil qurilmalarining operatsion tizimlari
Mobil operatsion tizimlar ikkita asosiy platforma ya’ni “user-facing” dasturiy ta’minot platformasi va qurilmalarni boshqarish uchun mo‘ljallangan quyi sathdagi real-vaqt operatsion tizimidan iborat bo‘ladi.
Mobil operatsion tizimlar asosan 1979 yilda paydo bo‘lgan va bunda jarayonlarni boshqarish uchun (taqsimlangan tizim) tizimlardan foydalanilgan.
Mobil operatsion tizimlarining rivojlanish bosqichlarini ko‘rib chiqaylik.