Muqobil energiya manbalaridan keng foydalanish har bir mamlakatning ustuvor maqsadlari hamda energetika havfsizligi vazifalariga muvofiq keladi va energetika sohasining jadal rivojlanayotgan yo’nalishlaridan hisoblanadi



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix01.06.2022
ölçüsü0,84 Mb.
#60307
1   2   3   4   5   6   7   8
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


17 
3. Muqobil energiya - iqtisodiy barqarorlik omili 
 
Ma’lumki, keyingi yillarda energetika sohasining muqobil turi hisoblangan 
qayta tiklanuvchi energiya manbalari global ahamiyat kasb etib, dunyo 
iqtisodiyotidagi ustuvor yo‘nalishlardan biriga aylanib bormoqda. 
Mutaxassislarning fikricha, yaqin kelajakda u yoki bu davlatning barqaror 
rivojlanishi uchun energetika tarmog‘ida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan 
foydalanish salmog‘iga uzviy bog‘liq bo‘lib qolishi ehtimoldan xoli emas. 
Shu bois ushbu sohaning qonunchilik bazasini takomillashtirishga e’tibor 
qaratilmoqda. Chunki aynan shu yo‘l orqali ushbu soha munosabatlari huquqiy 
jihatdan 
tartibga 
solinadi 
va 
uning 
rivoji 
ta’minlanadi. 
Tahlillarga qaraganda, hozirgacha 80 ga yaqin mamlakatda muqobil energiya 
manbalari sohasida milliy qonunchilik yaratilgan. Ayniqsa, so‘nggi o‘n yillikda 
mazkur sohada Avstraliya, Avstriya, Belgiya, Braziliya, Kanada, Xitoy, Daniya, 
Estoniya, Chexiya, Fransiya, Germaniya, Irlandiya, Janubiy Koreya, Niderlandiya, 
Portugaliya, Singapur, Shvetsiya, Shveysariya, AQSH, Hindiston va Mongoliya 
kabi mamlakatlarda tegishli qonunlar qabul qilingan hamda amaldagi 
qonunchilikka 
o‘zgartish 
va 
qo‘shimchalar 
kiritilgan. 
Ko‘pgina mamlakatlarda qonun yo‘li bilan davlat, biznes va nodavlat sektor 
e’tiborini mazkur sohaga qaratish, muqobil energiya manbalarining rivoji uchun 
davlat tomonidan rag‘batlantiruvchi choralarni ko‘rish, subsidiyalar siyosatini 
qo‘llashga nisbatan munosabat shakllangan. 50 dan ortiq davlat qonunchiligida 


18 
rag‘batlantirish va subsidiya aks ettirilgan. Masalan, Xitoyda qabul qilingan 
huquqiy hujjatlarga ko‘ra, qayta tiklanuvchi energiya manbani, xususan, quyosh va 
shamol energiyasidan olinadigan elektr manbaini umummilliy elektr tamroqlariga 
ulash nazarda tutilgan. Bu davlatda qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohasida 
bir qator imtiyozlar belgilangan. 2020-yilga borib bu erda mazkur manbadan 
olinadigan 
energiya 
hajmi 
15 
foizga 
etkazilishi 
mo‘ljallangan. 
Muqobil energiya manbalari bo‘yicha xalqaro qonunchilik tajribasi haqida 
gapirganda Evropa Ittifoqida bu boradagi amaliyotga alohida to‘xtalib o‘tish 
maqsadga muvofikdir. Zero, bu mintaqada mazkur sohada etarlicha tajriba 
to‘plangan bo‘lib, bunday manbalarni rivojlantirish mintaqa energetika 
siyosatining muhim yo‘nalishi hisoblanadi. Xususan, ushbu ittifoqning strategik 
hujjatida mintaqada 2010-yilgacha qayta tiklanuvchi energiya manbaining hissasi 
12 foizdan past bo‘lmasligi belgilangan edi. Hozir bu ko‘rsatkich salkam 13 foizni 
tashkil etmoqda. 2001-yilda qabul qilingan hujjatlarda qayta tiklanuvchi manbalar 
yordamida olinadigan elektr energiyasining ulushi 2020-yilga borib 20 foizga 
etkazish nazarda tutilgan. 2004-yilda hayotga tatbiq etila boshlangan boshqa bir 
hujjatda bioyoqilg‘i hajmini anchaga oshirish belgilangan. Xullas, amaldagi qator 
qonunchilikka binoan, ko‘riladigan choralar natijasida Evropa Ittifoqida 2020-yilda 
qayta tiklanuvchi energiya manbai sohasida 2,8 mln.ta ish o‘rni yaratilishi, qayta 
tiklanuvchi energiya industriyasining ittifoq YAIMdagi hissasi 1,1 foizni tashkil 
etishi 
kutilmoqda. 
Shuni ham alohida ta’kidlash joizki, ushbu mintaqadagi har bir davlatning o‘zida 
mustaqil ravishda soha qonunchiligini takomillashtirishga harakat qilinmoqda. Bu 
bejiz emas. Chunki muqobil energiya manbai yo‘nalishida hamma joyda ham bir 
xilda imkoniyat mavjud deb bo‘lmaydi. Masalan, Islandiya geotermik, ya’ni er 
bag‘ridagi issiqlikdan energiya manbai sifatida foydalanish borasida keng 
salohiyatga ega bo‘lsa, Italiya va Ispaniya quyosh energiyasidan foydalanishda bir 
qator ustunliklarga ega. Ayniqsa, Ispaniyada 2005-yilda Quyosh Ordonansi qabul 
qilinganidan so‘ng, ushbu sohada shiddat bilan o‘sish kuzatilmoqda. Daniya va 
Germaniya shamol energiyasidan foydalanish bo‘yicha Evropa Ittifoqida etakchilik 


19 
qilishmoqda. 2008-yilda Evrokomissiya tomonidan chiqarilgan xulosaga ko‘ra, 
ushbu ittifoqqa kiruvchi aksariyat mamlakatlardagi sohani rag‘batlantirish va 
subsidiyalar berish siyosatini joriy etish muqobil energiya manbalarini 
rivojlantirishga 
ijobiy 
ta’sir 
ko‘rsatmoqda. 
Umuman, muqobil energiya manbai sohasini rivojlantirishni qo‘llab- 
quvvatlash usullari turli bo‘lib, bunday energiya manbai asosida vujudga kelgan 
elektr energiyasini sotish uchun imtiyozli tariflar dunyoning 50 tadan ziyod 
davlatida joriy etilgan. Maxsus yashil sertifikatlardan foydalanish, ya’ni qayta 
tiklanuvchi energiya manbai orqali hosil qilingan energiyani yuqori narxda oluvchi 
iste’molchilarga sotish jarayoni Shvetsiya, Buyuk Britaniya, Italiya, Belgiya, 
Polshada amal qiladi. Bu boradagi soliq imtiyozlari Malta, Finlyandiya, Kipr, 
Buyuk Britaniya, Chexiyada tatbiq etilgan. Bundan tashqari, imtiyozli kreditlar, 
sohada ilmiy-tadqiqotlar olib boruvchilarni hamda turli xil uskuna, qurilmalarni 
ishlab chiqaruvchilarini qo‘llab-quvvatlash, kadrlar tayyorlash va malakasini 
oshirish, namunaviy loyihalarni namoyish etgan holda qayta tiklanuvchi energiya 
manbalari haqida jamoatchilik o‘rtasida keng targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib 
borishni rag‘batlantirish kabi jarayonlarga qaratilgan alohida yondashuv va 
e’tiborni 
jahon 
tajribasida 
ko‘p 
kuzatish 
mumkin.
Mamlakatimizda mazkur sohadagi munosabatlar “Energiyadan oqilona 
foydalanish to‘g‘risida”gi, “Elektr energetikasi to‘g‘risida”gi qonunlari bilan 
tartibga solingan. Bu borada Prezidentimizning 2013-yil 1-martdagi “Muqobil 
energiya manbalarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni 
alohida ahamiyatga molik hujjat sanaladi. Unda qayd etilganidek, O‘zbekistonda 
muqobil energiya manbalaridan, eng avvalo, quyosh energiyasidan foydalanish 
sohasida ilmiy va eksperimental tadqiqotlar olib borish borasida salmoqli tajriba 
to‘plangan bo‘lib, ular yuzasidan bir qancha o‘n yillar mobaynida ishlanmalar olib 
borilmoqda. Markaziy Osiyoda o‘xshashi yo‘q ilmiy-eksperimental markaz 
hisoblangan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining “Fizika-Quyosh” 
ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan olib borilayotgan tadqiqotlar 
natijalari 
jahon 
miqyosida 
e’tirof 
etilgan. 


20 
Farmondan ko‘zda tutilgan maqsad to‘plangan tajribani e’tiborga olgan 
holda va tadqiqotlar hamda tajriba-sanoat ishlanmalarini yuqoriroq texnik va ilmiy 
darajada o‘tkazishni yanada davom ettirish, jahon tajribasini hisobga olib, yurtimiz 
sharoitida muqobil energiya manbalaridan foydalanish borasidagi ayrim echimlarni 
amalda qo‘llash, shuningdek, mazkur soha uchun zamonaviy uskunalar va 
texnologiyalarni shu erda ishlab chiqarishni tashkil qilish choralarini ko‘rishga 
qaratilgan. Eng muhimi, unda soha qonunchiligini takomillashtirib, “Muqobil 
energiya manbalari to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish lozimligi 
belgilangan. 
Ayni paytda mazkur qonun loyihasini tayyorlash ustida ish qizg‘in 
ketayotganini ta’kidlash bilan birga, uning qabul qilinishidan, avvalo, an’anaviy 
energiya manbalarining tejamkorligiga, atmosfera havosiga zaharli gazlar 
chiqishining kamayishiga, ayrim hududlardagi energiyaga bo‘lgan muammolarni 
bartaraf etishga erishish hamda butun respublikani uzluksiz energiya bilan 
ta’minlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishi kutilayotganini e’tirof etish 
darkor. 
Bundan tashqari, mamlakatimizda qayta tiklanuvchi energiya manbai 
yo‘nalishida milliy reja, maxsus dastur ishlab chiqish, mazkur soha uchun oliy va 
o‘rta-maxsus o‘quv yurtlarida kadrlar tayyorlash bo‘yicha tizim yaratish kabilar 
dolzarb vazifalarning amaliyoti muhim ahamiyatga ega. Chunki uglevodorod xom 
ashyosining jahon miqyosidagi zaxiralari kamayib borayotgan sharoitda muqobil 
energiya manbalaridan amalda foydalanishga iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi 
va raqobatbardoshligini oshirishning eng muhim omili sifatida qaralmoqda. 


21 

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin