1
6-amaliy mashg‘ulot mavzusi:
Ta’limiy va nazorat darslarini
tashkil etish
(2 soat)
I. ISHDAN MAQSAD:
Talabalarni ta’limiy va nazorat darslarini tashkil etish
jarayoni bilan tanishtirish.
Masalaning qo‘yilishi:
Talaba amaliy mashg‘ulotda keltirilgan vazifalarni bajarishi,
tahlil qilishi va jarayonni o‘zida his qilishi zarur.
Vazifa
.
Ta’limiy va nazorat darslarini tashkil etish bo‘yicha
tushunchalarni
mustahkamlash, ularni amaliyotga tatbiq qilish usullarini ishlab chiqish.
II.
MASHG‘ULOTGA KIRISH
S
avol va topshiriqlar:
1. Darslik nima? O‘qituvchi va ta’lim oluvchining undan doimiy
foydalanishi zarurmi?
2. Ta’lim vositalari deganda darslikdan tashhari
yana nimalar nazarda
tutiladi?
3. Hozirgi kunda boshqa o‘quv predmetlari qatorida ona tilidan
darsliklarning, o‘quv topshiriqlarining muntazam yangilanishi
sababi nimada deb
o‘ylaysiz?
4. Ona tili o‘qituvchisi darsga tayyorlanishda qaysi talablarni inobatga
olishi zarur?
5. Ona tili darslari uchun o‘qituvchining o‘zi dars mazmunini to‘liq yoritadigan
ishlanma yozgani ma’qulmi yoki internet tizimidagi tayyor
shablonlardan foydalanish
zarurmi?
6. Ta’lim jarayonida kalendar rejaning qanday zarurati bor?
7. Ona tilidan dars turlari qanday guruhlanadi?
8. Darsning rivojlantiruvchi maqsadi deganda nima nazarda tutiladi?
III. TOPSHIRIQLAR
1-topshiriq.
Ona tili darsliklari algoritmini bir chorak soatlari doirasida tuzib
ko‘ring.
2-topshiriq.
Ona tili darslarining tarkibiy qismlari va ularga ajratiladigan
vaqtning taxminiy taqsimotini yoddan yozib ko‘ring
2
3-topshiriq
.
Olimlarning quyidagi fikrlariga yoningizdagi sherigingiz bilan metodik
tavsiya yozing.
Ona tili darslarining maqsadi va tuzilishidan kеlib chiqib, uni ikki katta guruhga
ajratish mumkin:
1) ta‟limiy darslar; 2) nazorat darslari.
Bir guruh didakt-olimlar ona tilidan ta‟limiy darslarni quyidagi guruhlarga
ajratadilar:
1. Yangi bilim hosil qilish darslari.
2. Malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish darslari.
3. O‘rganilganlarni takrorlash darslari.
4. Xatolar ustida ishlash darslari.
Ona tilidan nazorat darslarini esa quyidagi guruhlarga ajratadilar:
1. Til hodisalarini o‘zlashtirganlik darajasi ustidan nazorat.
2. O‘quvchilarning imloviy va punktuatsion savodxonligi ustidan nazorat;
3. Nutqiy malakalarni egallaganlik darajasi ustidan nazorat
.
__________________________________________________________________
________________________________________________________________________
________________________________________________________________________
________________________________________________________________________
________________________________________________________________________
4-topshiriq.
Kichik guruhlar faoliyati”
1-guruh topshirig‘i:
Ona tili o‘qituvchisining darsga tayyorlanish jarayoni ketma-
ketligini yozib chiqing..
2-guruh topshirig‘i:
Ona tili darslarining tarkibiy qismlari va ularga ajratiladigan
vaqtning (taxminiy) taqsimotini tayyorlang.
3-guruh topshirig‘i
: aynan bitta mavzu doirasida ta’lim maqsadlarini yoriting.
4-guruh topshirig‘i:
nazorat darslarida o‘quvchilarni baholash usullarini bayon
eting.
IV.
UYGA VAZIFA:
1. Quyidagi mavzuga oid ma’lumot topib, taqdimot tayyorlang: Ona tili o‘qitishda
ta’lim, tarbiya va rivojlanish uyg‘unligi, ilmiylik va
tushunarlilik tamoyili
V. DARSNI YAKUNLASH:
1) baholash;
2) xulosalash.