4. Yangi mavzuni mustahkamlash: 136. Ixtiyoriy burchak chizing va uni transportir yordamida o’lchang.
137. Ixtiyoriy kesishuvchi ikki to’g’ri chiziq kesishidan hosil bo’lgan (1, 2, 3, 4) burchaklarni o’lchang va yozing (75-rasm). Natijaga e’tibor bering. Bunda 1=3, 2=4, 1+2=2+3=3+4=4+1=180o va 1+2+3+4=360o bo’lishi kerak. Aks holda o’lchashni aniq bajarmagan bo’lasiz.
138. Biror yoyiq burchakni chizing va uning uchidan chiquvchi nur hosil qilgan ikkala burchakni o’lchang. Agar o’lchangan burchaklar yig’indisi 180o ga teng bo’lmasa, noto’g’ri o’lchagan bo’lasiz (76-rasm).
139. Transportir yordamida 22o, 130o li burchaklarni yasang.
140. 200o li burchakni transportir yordamida yasash mumkinmi? 350o li burchakni-chi?
141. Biror uchburchak chizing, uning uchala burchagini o’lchang. So’ngra burchaklarning yig’indisini toping. Agar uchala burchak yig’indisi 180o ga teng chiqmasa, o’lchashda yanglishgan bo’lasiz.
5. Darsga yakun yasash va baholash– darsning maqsadini yana bir bor eslatish va unga qanchalik erishilganligini o’quvchilar bilan birgalikda aniqlash. O’quvchilarning mavzu bo’yicha savollariga javob berish, ulaming o’zlashtirganlik darajasini aniqiash, darsning asosiy lahzalarini qayd qilish. Darsda faol qatnashgan o’quvchilarni tilga olish va baholash;
6. Uyga vazifa ______________________ Sana: __.__.__ / __.__.__
Mavzu: O’ZARO QO’SHNI VA VERTICAL BURCHAKLAR
Darsning maqsadi: : O’zaro qo’shni va vertical burchaklar haqida tushuncha berish, misollar keltirish, ularning har biriga izoh berish.