41. Qaysi omil davlat sarflari va shunga muvofiq, soliq tushumlari mutloq hajmining o‘sishini taqozo qilmaydi? a) aholii sonining o‘sishi;
b) urbanizatsiya va ijtimoiy soha xizmatlariga talabning ortishi;
c) atrof-muhitning ifloslanishi;
d) daromadlar tengsizligini qisqartirish dasturlarini amalga oshirish talabi;
e) boshqarish, mudofaa va davlat xavfsizligini ta’minlash xarajatlari qisqarishi.
42. Quyidagilardan qaysi biri soliqlar yordamida tartibga solishning umumiy qoidalariga kirmaydi? a) soliqlardan davlat siyosatini amalga oshirish vositasi sifatida foydalanish;
b) soliq undirishning majburiyligi;
c) soliqlarning rag‘batlantiruvchilik rolini ta’minlash;
d) moliyaviy nazoratni amalga oshirish;
e) soliq undirishni mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organlariga yuklash.
43. Barcha iqtisodiy subyektlar daromadlaridan soliq to‘lash zarurligi uning qaysi umumiy tamoyili (prinsipi) ning mazmunini anglatadi? a) umumiylik;
b) majburiylik;
c) adolatlilik;
d) naflilik;
e) to‘lovga layoqatlilik.
44. Iqtisodiyotning barcha subyektlari belgilangan miqdorda va muddatda soliqlarni to‘lash shartligi uning qaysi tamoyili mazmunini aks ettiradi? a) umumiylik;
b) majburiylik;
c) adolatlilik;
d) naflilik;
e) to‘lovga layoqatlilik.
45. Teng miqdorda daromad oluvchilar bir xil miqdorda soliq to‘lashi lozimligi soliq solishning qaysi tamoyilini bildiradi? a) umumiylik;
b) majburiylik;
c) adolatlilik;
d) naflilik;
e) to‘lovga layoqatlilik.
46. Qaysi tamoyil har xil soliq to‘lovchilardan ularning soliqlar hisobiga moliyalashtiriladigan dastur mablag‘laridan foydalanishi darajasiga qarab soliq undirish kerakligini bildiradi? a) umumiylik;
b) majburiylik;
c) adolatlilik;
d) naflilik;
e) to‘lovga layoqatlilik.
47. Soliq miqdori soliq to‘lovchilarning boyligi va daromadlari darajasiga mos kelishi zarurligi uning qaysi tamoyili mazmunini ifodalaydi? a) umumiylik;
b) majburiylik;
c) adolatlilik;
d) naflilik;
e) to‘lovga layoqatlilik.