56. Soliqqa tortish obyekti bo‘yicha turkumlangan soliq turini ko‘rsating: a) progressiv soliqlar;
b) federal soliqlar;
c) to‘g‘ri soliqlar;
d) jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar;
e) foydadan olinadigan soliqlar.
57. Olinadigan soliq summasining soliq solinadigan daromad miqdoriga nisbatini foizdagi ifodasi qanday ko‘rsatkich? a) soliq koeffitsiyenti;
b) soliq stavkasi;
c) soliq imtiyozi;
d) soliq darajasi;
e) soliq normasi.
58. Davlat moliya siyosatining qaysi yo‘nalishi byudjet-soliq tizimida amalga oshiriladigan muassasaviy o‘zgarishlarga tegishli emas? a) mahalliy byudjetlarning mavqeini mustahkamlash;
b) ijtimoiy to‘lovlarni amalga oshirishda mahalliy organlar rolini oshirish;
c) byudjet tizimini boshqarish usullarini takomillashtirish;
d) milliy hisoblar tizimiga xalqaro andozalarni joriy qilish;
e) jismoniy shaxslar daromadiga soliqlarning eng yuqori darajasini pasaytirish.
59. Davlat moliya siyosatining soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan yo‘nalishlardan qaysi biri soliq stavkasini pasaytirish imkonini beradi? a) barcha soliq to‘lovchilarni bir xil tartibda soliqqa tortishga shart-sharoit yaratish;
b) boshqaruv xarajatlarining asoslanmagan o‘sishining oldini olish;
c) o‘rnatilmagan texnik jihozlar, o‘z vaqtida tugallanmagan qurilish va mol-mulk hisobiga soliq bazasini kengaytirish;
d) soliqlarning resurslardan tejamkorlik asosida foydalanishni rag‘batlantirishini ta’minlash;
e) mahalliy soliq va yig‘imlar ahamiyatini oshirish.
60. Iqtisodiyotda bo‘sh turgan pul mablag‘larining ssuda fondi shaklida to‘planishi va ularning turli ehtiyojlar uchun ma’lum muddatga, haq to‘lash va qaytarilishlik sharti bilan yo‘naltirilish jarayoni bu… a) kredit munosabati;
b) kredit obyekti;
c) kredit subyekti;
d) kredit tizimi;
e) kredit mexanizmi.
61. Kredit manbalaridan qaysi biri jalb qilinmasdan, ssuda fondiga aylanishi mumkin? a) korxonalar foydasi va boshqa pul mablag‘lari;
b) aholining bo‘sh turgan pul mablag‘lari;
c) bank resurslari va davlatning zaxiradagi pul mablag‘lari;
d) byudjet, jamoat va boshqa ijtimoiy tashkilotlarning pul mablag‘lari;
e) amortizatsiya ajratmalari mablag‘lari.