Mavzu yuzasidan amaliy topshiriqlar 1 Topshiriq



Yüklə 10,27 Kb.
tarix25.12.2023
ölçüsü10,27 Kb.
#194003
Mavzu yuzasidan amaliy topshiriqlar


Mavzu yuzasidan amaliy topshiriqlar
1 - Topshiriq
Quyidagi hukmlardan qaysi biri psixikaning tabiatini idealistik nuqtai nazardan va qaysi biri materialistik qarashda tushuntiradi?
a) psixika o’zga alohida bir olamdir. U tashqi sabablarga bog’liq emas;
b) psixika eng yuqori darajada tashkil topgan materiya ya'ni - miyaning xususiyatidi;
v) psixikani faqat o’z-o’zini kuzatish orqali o’rganish mumkin;
g) psixika - ob'ektiv olamning in'ikosidir.
2 - Topshiriq.
Rossiyalik psixolog - idealist A. Y. Vvedinskiy bunday yozgan edi: "Boshqa kishilarning ruhiy hayotini idrok qilishimiz mumkin emas, chunki u har qanday tajriba o’tkazish imkoniyatidan chetdadir". Ko’rinib turibdiki, A. I. Vvedinskiy psixik hodisalarni faqat bevosita bilish mumkin, deb hisoblaydi.
1. Aytingchi, boshqa kishilarning ruhiy hayotini idrok qilishimiz mumkin emas, deb aytilgan A. I. Vvedinskiyning fikri to’g’rimi?
2. Shu bilan A. I. Vvedinskiy psixik hodisalarni bilishning qaysi usulini inkor etadi.


3 - Topshiriq.
BOLANING MAKTABDA O’QISHGA MOTIVATSION TAYYORLIGINI TEKSHIRISH
(Diagnostik suhbat)
Jihoz: protokol - testning varag’i.
- Sening isming nima?
- O’zingning familiyangni ayt?
- Sening yoshing nechada?
- Voy, sen katta bola ekansan!
- Demak, sen yaqinda maktabga borasan.
Suhbatning mazmuni:

  1. Sen o’qishni xohlaysanmi?

  2. Nega (xohlaysan, xohlamaysan)?

  3. Sen qaerda o’qishni istaysan?

  4. Sen maktabga qachon borasan?

  5. Sen maktabga qanday tayyorgarlik ko’rayapsan? Aytib ber.

  6. Seni kim o’qitadi?

  7. O’qituvchi seni nimalarga o’rgatadi?

  8. Sen o’quvchi bo’lganingdan so’ng uyda nima bilan shug’ullanasan?

  9. Sening o’qishiningga uyda kim yordam beradi?

  10. Maktabda sen kimga yordam berasan?

  11. Seni maqtashsa, senga yoqadimi?

  12. Maktabga borganingda seni kim maqtaydi?

  13. Seni maqtashlari uchun sen nima qilishing lozim?

  14. Sen qanday o’qishni xohlaysan?

  15. Maktabda sen o’zingni qanday tutasan? So’zlab ber.

Yüklə 10,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin