Bilish nima? Bilish insonning tabiat, jamiyat va o`zi to`g`risida bilimlar xosil qilishga qaratilgan aqliy, ma’naviy faoliyat turidir. Inson o`zini kurshab to`rgan atrof-muxit to`g`risida bilim va tasavvurga ega bo`lmay turib, faoliyatning biron-bir turi bilan muvaffakiyatli shug`ullana olmaydi. Bilishning maxsuli, natijasi ilm bo`lib, har qanday kasb-korni egallash faqat ilm orqali ro`y beradi. Shuningdek, bilish insongagina xos bo`lgan ma’naviy extiyoj, hayotiy zaruriyatdir.
Insoniyat ko`p asrlar davomida orttirgan bilimlarini umumlashtirib va keyingi avlodlarga berib kelganligi tufayli ham o`zi uchun qator qulayliklarni yaratgan. Inson faoliyatining har qanday turi muayyan ilmga tayanadi va faoliyat jarayonida yangi bilimlar xosil qilinadi.
Kundalik faoliyat jarayonida tajribalar orqali bilimlar xosil qilish butun insoniyatga xos bo`lgan bilish usulidir. Bilimlar bevosita hayotiy extiyojdan, farovon hayot kechirish zaruratidan vujudga kelgan va rivojlangan. Insoniyatning ancha keyingi taraqqiyoti davomida ilmiy faoliyat bilan bevosita shug`ullanadigan va ilmiy nazariyalar yaratuvchi aloxida sotsial guruh vujudga keldi. Bo`lar — ilm-fan kishilari bo`lib, ilmiy nazariyalar yaratish bilan shug`ullanadilar.
Bilish darajalarini shartli ravishda: quyi, yuqori va oliy darajaga ajratish mumkin. Bilishning quyi darajasi barcha tirik mavjudotlarga xos bo`lib, xissiy bilish deyiladi. Хissiy bilish sezgilar vositasida bilishdir.
Insonning sezgi a’zolari (kurish, eshitish, xid bilish, ta’m bilish, teri sezgisi) boshqa mavjudotlarda bo`lgani singari uning narsalarga xos xususiyat, belgilarini farqlash, tabiiy muxitga moslashish va himoyalanishi uchun yordam beradi. Bilishning quyi bosqichida sezgi, idrok, tasavvur, dikkat, xayol tashqi olam to`g`risida muayyan bilimlar xosil qilishga yordam beradi.
Bilishning yuqori bosqichi faqat insonlargagina xos bo`lib, aqliy bilish (ratsional bilish) deyiladi. Agar inson o`z sezgilari yordamida narsa va hodisalarning faqat tashqi xossa va xususiyatlarini bilsa, tafakkur vositasida narsa va hodisalarning ichki mohiyatini bilib oladi. Mohiyat hamisha yashirindir, u doimo hodisa sifatida namoyon bo`ladi. Har bir hodisada mohiyatning faqat bir tomonigina namoyon bo`ladi. Shu boisdan ham hodisa aldamchi va chalKituvchidir. Binobarin, inson sezgilarining biron bir narsa yoki hodisa to`g`risida bergan ma’lumotlari xech kachon uning butun mohiyatini ochib bera olmaydi.
Aqliy bilish narsa va hodisalarga xos bo`lgan belgi va xususiyatlarni tasdiklash yoki inkor etishni taqozo etadi. Tafakkurga xos bo`lgan ana shu tasdiklash yoki inkor etish qobiliyatiga xukm deyiladi. Хukmlar tushunchalar vositasida shakllanadi. Хukmlar yangi bilimlar xosil qilishga imkoniyat yaratadi, ular vositasida narsa va hodisalar mohiyatiga chuqurrok kirib boriladi. Shunday qilib, xukm narsa va hodisalarning tub mohiyatini ifodalovchi eng muxim belgi va xususiyatlar mavjudligini yo tasdiklaydi yoki inkor etadi. Masalan, «inson aqlli mavjudotdir», degan xukmda insonga xos eng asosiy belgi - aqlning mavjudligi tasdiklanayapti. Birok inson shunday murakkab mavjudotdirki, uning mohiyati faqat aqlli mavjudot ekanligi bilan cheklanmaydi. Chunki kirKinbarot urushlar, ekologik inqirozlar aqlli mavjudot bo`lgan inson tomonidan amalga oshirildi. «Inson axloqli mavjudotdir». Inson to`g`risidagi hozirgi zamon fanining muxim xulosasi ana shu.
Insonning o‘zini qurshagan dunyoga bo‘lgan munosabatlaridan biri - bilishdir. Inson o‘z hayoti davomida faqat tashqi dunyoni, yani tabiat va jamiyatnigina bilib qolmasdan, balki o‘zini, o‘zining ruhiy-manaviy dunyosini ham bilib boradi.
Insonning dunyoni bilishini falsafa ham, boshqa hamma aniq fanlar ham o‘rganadi. Bunda aniq fanlar dunyoning turli tomonlarini, ularning qonuniyatlarini va xususiyatlarini o‘rgansa, falsafa esa inson bilishining eng umumiy tomonlarini, qonuniyatlarini va xususiyatlarini o‘rganadi va ochib beradi. Aristotel ko‘rsatishicha, alohida fanlar borliqning ayrim tomonlarini o‘rgansa, falsafiy bilish borliqning eng umumiy tomonlarini o‘z ichiga oladi. Falsafa keng ko‘lamdagi kategoriyalar, tushunchalar vositasi bilan butun g‘oyalarni sintezlashtiradi.
Bilish nazariyasi, borliq va bilish rivojlanishining umumiy qonunlari haqidagi talimot. Bilishning falsafiy nazariyasiga ko‘ra, bilish moddiy va manaviy borliqning inson miyasidagi muayyan maqsadga qaratilgan faol aks etishidir. Inson bilishining manbai esa ayni shu moddiy va manaviy borliq, ularni tashkil qilgan predmetlar, hodisalar va jarayonlardir. Bu predmetlar, hodisalar va jarayonlar insonga tasir qilib, uning miyasida aks etadi. Ular moddiy va manaviy borliqning inson miyasidagi subektiv obrazlari, ramzlari va belgilaridir. Bu jihatdan inson bilishi, avvalo, moddiy va manaviy borliqning xususiyatlariga va shu bilan birga, ularni faol inikos ettiruvchi inson miya mexanizmining rivojlangan darajasiga bog‘liqdir.
Bilish insonning tabiat, jamiyat va o‘zi to‘g‘risida bilimlar hosil qilishga qaratilgan aqliy, manaviy faoliyat turidir. Inson o‘zini qurshab turgan atrof-muhit to‘g‘risida bilim va tasavvurga ega bo‘lmay turib, faoliyatning biron-bir turi bilan muvaffaqiyatli shug‘ullana olmaydi. Bilishning mahsuli, natijasi ilm bo‘lib, har qanday kasb-korni egallash faqat ilm orqali ro‘y beradi. SHuningdek, bilish insongagina xos bo‘lgan manaviy ehtiyoj, hayotiy zaruriyatdir.