Kurs ishi mavzu: bolalarda predmetlar o’lchami va ularni o’lchash haqidagi tasavvurlarni shakllantirishga qaratilgan o’yinlarni tashkil etish texnologiyalari
“Matemetik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va texnologiyalari”
fanidan
KURS ISHI MAVZU: BOLALARDA PREDMETLAR O’LCHAMI VA ULARNI O’LCHASH HAQIDAGI TASAVVURLARNI SHAKLLANTIRISHGA QARATILGAN O’YINLARNI TASHKIL ETISH TEXNOLOGIYALARI
Bajardi: S.MTM.JU-20 Ilyasova Gulmira Ibragimovna
Ilmiy rahbar: ____________________________________
Himoyada yiqqan bali: __________
Himoya qilgan sanasi: __________
Namangan-2022
MUNDARIJA
Kirish 3 I Bob Bolalarni geometrik shakllar bilan tanishtirish. 4
1.1 Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni predmetlarning o’lchamni idrok qilishning o’ziga xosligi 4
1.2 O‘rta guruhda bolalarni geometrik shakllar bilan tanishtirish. 18
II Bob Katta guruhda bolalarni geometrik shakllar bilan tanishtirish. 22
2.1 Tayyorlov guruhda bolalarni geometrik shakllar bilan
tanishtirish 22
Xulosa 32 Foydalanilgan adabiyotlar 33
Bolalarda predmetlar o’lchami va ularni o’lchash haqidagi tasavvurlarni shakllantirishga qaratilgan o’yinlarni tashkil etish texnologiyalari
Reja: Kirish I Bob Bolalarni geometrik shakllar bilan tanishtirish.
1.1 Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni predmetlarning o’lchamni idrok qilishning o’ziga xosligi
1.2 O‘rta guruhda bolalarni geometrik shakllar bilan tanishtirish.
II Bob Katta guruhda bolalarni geometrik shakllar bilan tanishtirish.
2.1 Tayyorlov guruhda bolalarni geometrik shakllar bilan tanishtirish
Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish Kichik guruhda bolalarga sonlargacha bo‘lgan davr o‘rgatiladi. Bunda ularga miqdoriy munosabatlar tushuntiriladi. Bolalarga turli buyumlar to‘plami bilan ishlash, ya’ni ularning har xil belgi-alomatlariga ko‘ra birlashtirish, tenglik va tengsizlikni taqqoslash natijalarini ko‘p, kam, teng so‘zlari bilan belgilashni o‘rgatish ko‘zda tutiladi.
Bolalar buyumlarning uzunliklari, kengliklari, balandliklarini taqqoslashga o‘rgatiladi; geometrik shakllar: - doira, kvadrat bilan tanishtiriladi; fazoviy yo‘nalishlar bilan tanishtiriladi: «o‘zidan» oldinga, orqaga (orqasidan), o‘ngga (o‘ngdan), chapga (chapdan) so‘zlarini to‘g‘ri qo‘llashga o‘rgatiladi.
Mashg‘ulotlar o‘quv yili boshidan boshlab haftasiga 1 martadan (1 yilda 36 marta) o‘tkaziladi. Sentabr oyida bir mashg‘ulotning davomiyligi 10 minutdan oshmasligi kerak. Oktabr oyidan boshlab mashg‘ulot davomiyligi sekinasta 15minutga yetkaziladi.
Kichik guruhda elementar matematik tasavvurlarga bag‘ishlangan mashg‘ulotlarda o‘qitish ayoniy ta’sir xarakterida bo‘lishi kerak. Bolalar bilimlarni tarbiyachining harakatlarini, uning tushuntirish va ko‘rsatmalarini idrok qilish asosida, shuningdek, didaktik materiallar bilan mustaqil ishlash vositasida o‘zlashtiradilar.