DTPIning Filologiya va tillarni o’qitish; o’zbek tili yo’nalishi 103-guruh 1-kurs talabasi Yo’ldosheva Maftuna, Xaytanova Dinoraning axborot texnalogiyalari fanidan yozgan taqdimoti
Mavzu:Zamonaviy o’quv texnik vositalari
REJA:
1. Zamonaviy o‘quv texnik vositalari tasnifi va ulardan samarali foydalanish. Multiproektorni ulash va ekranni sozlash.
Interaktiv elektron doska bilan amaliy ishlash.
Ishdan maqsad: Talabalarga zamonaviy axborot texnologiyalari tasnifi, ulardan samarali foydalanish va ularning imkoniyatlari haqida ma'lumotlar berish, hamda talabalar olgan nazariy bilimlarini amaliyotda qo’llashi uchun bilim, ko’nikma va malaka hosil qilishdan iborat.
USLUBIY KO’RSATMALAR Hozirgi zamon mutaxassislari faoliyat doiralari qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, informatika bo‘yicha keng ko`lamdagi bilimlarga, zamonaviy hisoblash texnikasi, informatika aloqa va kommunikatsiya tizimlari, orgtexnika vositalari va ulardan foydalanish borasida yetarli malakalarga ega bo‘lishi hamda yangi informatsion texnika va texnologiya asoslarini, uning ertangi kuni, rivoji to‘g‘risidagi bilimlarni o‘zida mujassamlashtirgan bo‘lishi kerak. Zamonaviy hisoblash texnikalari va informatsion texnologiyaning kun sayin rivojlanib, jamiyatning esa tobora informatizatsiyalashib borishi sababli uzluksiz ta’lim tizimining o‘rta va yuqori bosqichlariga informatika, ishlab chiqarish va boshqarish jarayonlarini kompyuterlashtirish bo‘yicha bir qator o‘quv fanlari kiritilgan.[2,3] XX asr o`1rtalariga kelib tezkor mashina mexanizmlaridan foydalana boshlandi, murakkab texnika va texnologiyalar o‘ylab topildi. Ko`pgina masalalarni xal qilish jarayonida axborot hajmi behisob bir majmuaga aylanadi hamda bu axborotlarni yig‘ish va uzatish vositalarini yaratish, ularni vaqtida qayta ishlab, boshqarish uchun zarur bo`lgan choralarni belgilab chiqish kerak bo‘lib qoldi. Ko‘pchilik vazifalarni bajarishda boshqarish jarayonlarini takomillashtirish, axborot tizimini joriy etish, mutaxassislarni kompyutyerda ishlashga o‘rgatish muhim ahamiyatga ega.