57. Milliy pul-so‘mning barqarorligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarini aniqlang: a) ichki bozorni mumkin qadar tezroq iste’mol mollari bilan to‘ldirish;
b) yetarli valyuta zaxirasini vujudga keltirish;
c) pulni qadrlash, tejab-tergab sarflash;
d) inflyatsiyaga qarshi puxta o‘ylangan siyosat o‘tkazish;
e) yuqoridagilarning barchasi.
58. Revalvatsiya – bu: a) eski pul birliklarini ma’lum nisbatda yangi pullar bilan almashtirish;
b) qadrsizlangan puldan voz kechish;
c) davlat tomonidan rasmiy ravishda valyuta kursini ko‘tarish;
d) davlat tomonidan rasmiy ravishda valyuta kursini pasaytirish;
e) muomalaga qo‘shimcha pul chiqarish.
59. Tovarlar aylanishi, notovar tavsifdan bitimlar hamda hisoblarga xizmat qiluvchi naqd pullar va unga tenglashtirilgan moliyaviy aktivlar harakati… a) pul taklifi;
b) pul miqdori;
c) pul muomalasi;
d) pulga talab;
e) pul muomalasi qonunidir.
60. Quydagilardan qaysi biri naqd pul belgisi? a) cheklar;
b) kredit kartochkalar;
c) veksellar;
d) bank biletlari;
e) akkreditivlar.
61. Quydagilardan qaysi biri kredit pullar tarkibiga kirmaydi? a) cheklar;
b) kredit kartochkalar;
c) vaksellar;
d) bank biletlari;
e) akkreditivlar.
62. “Fisherning ayirboshlash tenglamasi” (QP=MV) da nimalar aks etmaydi? a) ayirboshlanadigan tovarlar miqdori;
b) tovarlar narxi;
c) muomala uchun zarur pul miqdori;
d) pulning aylanish tezligi;
e) qarzga sotiladigan tovarlar summasi.
63. Muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdoriga ta’sir ko‘rsatmaydigan omilni toping: a) sotiladigan tovarlar miqdori;
b) tovarlar narxi;
c) pulning aylanish tezligi;
d) kredit munosabatlari rivojlanganlik darajasi;
e) naqd pullar va unga tenglashtirilgan nomoliyaviy aktivlar nisbati.