72. Quyidagilardan qaysi biri pulga bo‘lgan umumiy talabni bildiradi? a) ayirboshlash bitimlari+ehtiyotkorlik maqsadlari uchun;
b) ayirboshlash bitimlari+chayqovchilik maqsadlari uchun;
c) ayirboshlash bitimlari+investitsiyalar uchun;
d) ayirboshlash bitimlari+ishlab chiqarish maqsadlari uchun;
e) ayirboshlash bitimlari+tashqi savdoni amalga oshirish uchun.
73. Qayd qilinganlardan qaysi biri inflyatsiyaning namoyon bo‘lish shakli emas? a) tovarlar taklifiga nisbatan muomaladagi pul miqdori ortib ketishi;
b) tovarlar taklifiga nisbatan muomaladagi moliyaviy aktivlar hajmining ortib ketishi;
c) pulning sotib olish layoqatining pasayib borishi;
d) narxlarning uzoq davr davomida umumiy o‘sishi;
e) ayrim tovarlar narxining beqaror o‘sishi.
74. Inflyatsiya davrida milliy pul nimaga nisbatan qadrsizlanmaydi. a) tovarlarga;
b) oltinga;
c) boshqa qimmatli metallarga;
d) barqaror chet el valyutalariga;
e) moliyaviy aktivlarga (obligatsiya, zayom).
75. Joriy va bazis davridagi narxlar nisbati qanday ko‘rsatkich? a) narx deflyatori;
b) narx indeksi;
c) narx indeksatsiyasi;
d) narx pariteti;
e) narx diapazoni.
76. Quyidagilardan qaysi biri narx indeksini anglatmaydi? a) iste’mol tovarlari narx indeksi;
b) investitsion tovarlari narx indeksi;
c) eksport va import tovarlari narx indeksi;
d) YAIM deflyatori;
e) qimmatli qog‘ozlar (aksiya) kursi.
77. Inflyatsiyaning namoyon bo‘lishiga ko‘ra aniqlanadigan turini toping: a) o‘rmalab boruvchi inflyatsiya;
b) kutish inflyatsiyasi;
c) oshkora inflyatsiya;
d) kutilayotgan inflyatsiya;
e) muvozanatlashgan inflyatsiya.
78. Taxmin qilinishiga ko‘ra aniqlangan inflyatsiya turi, bu… a) o‘rmalab boruvchi inflyatsiya;
b) kutish inflyatsiyasi;
c) oshkora inflyatsiya;
d) kutilayotgan inflyatsiya;
e) muvozanatlashgan inflyatsiya.