Abdusalomov Azizbekning "Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash "



Yüklə 136,86 Kb.
səhifə1/3
tarix16.05.2023
ölçüsü136,86 Kb.
#113838
  1   2   3

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti


AKT sohasida kasbiy ta’lim fakulteti
650_20 guruh talabalari
Abdusalomov Azizbekning
“Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash ”fanidan bajargan
MUSTAQIL ISH



Bajardi:Abdusalomov Azizbek
Tekshirdi:Rahmonova Gulnora

Toshkent — 2023



Mavzu: Shtrixli kodlashni joriy etishning normativ asosi
Reja:

1.Shtrix kodlash haqida.


2.Shtrix kodlashni joriy etishning normarativ asosi nimada.
3.Xulosa.

1.Shtrix kodlash haqida



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA ISHLAB CHIQARILADIGAN TOVARLARGA SHTRIXLI KODLASHNI JORIY ETISH TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston tovarlarining ichki va xorijiy bozorlarda raqobatbardoshliligini oshirish, tovar ishlab chiqaruvchini tovarlarni raqamlashning xalqaro tizimlari doirasida identifikatlashtirish, iste’molchi huquqlarini himoya qilish, tovarlar ishlab chiqarishning avtomatlashtirilgan hisobini yuritishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
“EAN International” tovarlarni raqamlash Xalqaro Uyushmasi (Belgiya) tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga 478 raqamli identifikatlashtirish kodi berilganligi;
O‘zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi tomonidan xalqaro talablarga muvofiq, tovarlari EAN shtrixli kodlari bilan tamg‘alanadigan tadbirkorlik faoliyati subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish hamda tovarlarni identifikatlashtirish tizimidan foydalanuvchilar faoliyatiga uslubiy rahbarlik qilish uchun “EAN Uzbekistan” tovarlar va xizmatlarni avtomatik identifikatlashtirish markazi tashkil etilganligi;
“O‘zdavstandart” markazi tomonidan shtrixli kodlarning original-maketlarini tayyorlash markazi tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan tovarlarni shtrixli kodlash to‘g‘risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
3. “O‘zstandart” agentligiga:
(3-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-yanvardagi 14-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 1-2-son, 9-modda)
O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan tovarlarni shtrixli kodlash tizimini joriy etish bo‘yicha yagona siyosatni amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan tovarlar shtrixli kodlarining davlat reyestrini yuritish;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq shtrixli kodlash tizimini qo‘llash tartibini tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlarni va uslubiy materiallarni ishlab chiqish;
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi subyektlarni turli manbalardagi shtrixli kodlar original-maketlari bilan ta’minlash funksiyalari yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
4. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi O‘zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi hamda “O‘zstandart” agentligi bilan birgalikda 1999-yil sentyabr oyida Toshkent shahrida sanoat, qishloq xo‘jaligi va savdo korxonalari vakillarini ko‘rsatib o‘tilgan tizimni qo‘llash xususiyatlari bilan tanishtirish uchun “O‘zbekiston Respublikasida tovarni raqamlash (shtrixli kodlash)” mavzuida respublika seminari o‘tkazsin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-yanvardagi 14-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 1-2-son, 9-modda)
5. Mulkchilikning barcha shakllaridagi yuridik shaxslarga tovarlarni shtrixli kodlashni:
eksport qilinayotgan mahsulotlarni, yangi tovarlarni va ular uchun yangi etiketkalar yoki o‘rash-joylash buyumlari buyurtma qilinayotgan tovarlarni tamg‘alashni — 2000-yil 1-martgacha;
boshqa barcha tovarlarni tamg‘alashni — 2000-yil oxirigacha joriy etish tavsiya qilinsin.
Belgilab qo‘yilsinki, o‘z mahsulotiga “EAN International” shtrixli kodini uchinchi mamlakatlarda olgan tadbirkorlik faoliyati subyektlari undan ushbu qaror qabul qilingan vaqtdan boshlab bir yil mobaynida foydalanishlari mumkin.
6. “O‘zteleradio” kompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, ommaviy axborot vositalari aholini va tovar ishlab chiqaruvchilarni O‘zbekiston Respublikasida tovarlarni shtrixli kodlashni joriy etish tartibi, qoidalari va muddatlari to‘g‘risida keng xabardor qilishni ta’minlasinlar.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Bosh vazirning tegishli o‘rinbosarlari zimmasiga yuklansin.

O'zbekiston Respublikasi shtrixli kodlash tizimi EAN xalqaro tovar raqamlash tizimi doirasida ishlab chiqilgan va faoliyat yuritadi, milliy va xalqaro kodlash tizimining mos kelishini hamda axborot almashish uchun yagona tilni ta'minlaydi


EAN shtrixli kodlaridan foydalanish ustidan nazorat GS1 UZBEKISTAN (EAN UZBEKISTAN) assotsiatsiyasi va O’zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi “Shtrixli kodlash markazi” DK tomonidan birgalikda amalga oshiriladi
GS 1 UZBEKISTAN (EAN UZBEKISTAN) (Belgiya, Bryussel) Xalqaro assotsiatsiyasi tomonidan mamlakatimizga 478 raqamli identifikatsion kod berilgan
GS 1 UZBEKISTAN assotsiatsiyasi korxonaga unga ro'yxatga olish raqami berilgani to'g'risida guvohnoma va EAN tizimiga ko'ra tovar kod tuzilmasini beradi
O’zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi “Shtrixli kodlash va axborot texnologiyalari markazii” DK tomonidan o'rnatilgan tartibga muvofiq shtrixli kod original-maketi tayyorlanadi va beriladi
Original-maketning yuqori qismida albatta Davlat reestridagi ro'yxatga olish raqami ko'rsatilgan bo'lishi kerak. Bu raqamsiz shtrixli kod haqiqiy deb hisoblanmaydi va foydalanishga yo'l qo'yilmaydi
Shtrixli kodlash sohasida:
turli tashuvchilar va firmaga oid o'zi yopishadigan etiketka va yorliklarda shtrixli kodlarning original-maketlarini tayyorlash;
original-maket va upakovkalarda shtrixli kodlar verifikatsiyasi;
etiketka, upakovka va tovarda shtrixli kodlar bosilishining sifatini tekshirish; • O‘zbekiston Respublikasida chiqarilgan mahsulotning shtrixli kodlarini Davlat reestriga kiritish;
avtomatik tarzda identifikatsiyalash va shtrixli kodlash sohasidagi masalalar bo‘yicha seminar, yig'ilishlar o'tkazish;
shtrixli kodlash texnologiyalarini qo'llagan holda avtomatlashtirilgan tizimlarni loyihalashtirish va joriy qilish.
Firmaning o’zi yopishadigan etiketka va yorliqlar va turli tashuvchilarda shtrix kodlarning original-maketlarini tayyorlashga talabnoma Davlat interaktiv xizmatlarining yagona portali va “Shtrixli kodlash va axborot texnologiyalari markazii” DK sayti orqali interaktiv shaklda berilishi mumkin.

2. Shtrix kodlashni joriy etishning normarativ asosi nimada.



Yüklə 136,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin