ТАQDIMOT MAVZU:‘zbekistonda fond birjasi: u nima va qanday faoliyat yuritadi?
c
c
Fond birjasi faoliyatini kim tartibga soladi Tartibga soluvchi – mustaqil tashkilot bo‘lib, u bozorda ya’ni fond birjasida hammasi qonuniy asosda amalga oshishini nazorat qiladi.
O‘zbekistonda ushbu vazifalarni Kapital bozorini rivojlantirish agentligi bajaradi, u, shuningdek, qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilari faoliyatini litsenziyalash bilan shug‘ullanadi.
Aksiyalar kotirovkasi nima? Aksiyalar kotirovkasi – bu aksiyalarning fond birjasidagi bahosi bo‘lib, talab va taklifga ko‘ra belgilanadi hamda kompaniyaning sof daromadi, avval to‘langan dividendlar hajmi, firmaning obro‘si va qimmatli qog‘ozlar bozoridagi o‘rni kabi ko‘plab omillarga bog‘liq bo‘ladi.
Kompaniya aksiyalarining kotirovkasi doimo o‘zgarib turadi va “Toshkent” RFB saytida “Birja kotirovka varag‘i” nomli maxsus jadvalda doimiy aks etadi.
Har bir aksiya bir vaqtning o‘zida bir nechta narxga ega: Birinchidan, bu chiqarish paytida aksiyaga belgilangan nominal narx. Uni nominal qiymat ham deyishadi. Aksiyaning nominal qiymati egasi ushbu aksiya bo‘yicha oladigan daromad yoki dividendga nisbatan ahamiyatli.
O‘zbekistondagi birjalar: “Toshkent” Respublika fond birjasi;
O‘zbekiston Respublika Tovar-xom ashyo birjasi
Valyuta birjasi
Men birjada savdo qilmoqchiman. Nimadan boshlash kerak? Shuni esda tutish kerakki, qimmatli qog‘ozlarga investitsiyalar har doim har doim foyda keltirmasligi mumkin. Shuning uchun, agar sizda bo‘sh mablag‘ bo‘lsa va ularni xavf ostiga qo‘yishga tayyor bo‘lsangiz, investor bo‘lishingizga arziydi.
Qimmatli qog‘ozlarni sotib olish va sotish - bu lotereya emas, balki puxta hisob-kitobdir. Qanday qilib kuyib qolmaslik va birjada o‘zini tutishning eng xavfsiz strategiyasini tanlash kerak.
Boshlang‘ich ish uchun eng oson yo‘li - qimmatli qog‘ozlarni sotib olish va ma‘lum vaqtdan keyin qimmatroq narxda sotish - shunday qilib pul ishlash. Esda tutish kerak bo‘lgan asosiy narsa shundaki, bu barchasi omad emas, balki puxta o‘ylangan harakatlar natijasidir!