Abdusalomov Azizbekning "Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash "


O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan tovarlarni shtrixli kodlash to‘g‘risida



Yüklə 136,86 Kb.
səhifə2/3
tarix16.05.2023
ölçüsü136,86 Kb.
#113838
1   2   3
O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan tovarlarni shtrixli kodlash to‘g‘risida
NIZOM
Mazkur Nizomda foydalaniladigan asosiy tushunchalar:
tovar — bevosita yoki ulgurji va chakana savdo tarmoqlari orqali sotish uchun tadbirkorlik faoliyati subyektlari tomonidan ishlab chiqarilgan va/yoki yetkazib beriladigan (iste’mol qilish va ishlab chiqarish maqsadidagi) mehnat mahsuloti;
tadbirkorlik faoliyati subyektlari — O‘zbekiston Respublikasi hududida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan va ishlab chiqarish, savdo faoliyatini amalga oshiruvchi yoxud xizmatlar ko‘rsatuvchi yuridik, shuningdek, jismoniy shaxslar — yakka tartibdagi tadbirkorlar;
shtrixli kod bilan tamg‘alash — shtrixli kodni tovar birligi yuzasiga qo‘yish;
Oldingi tahrirga qarang.
GSI shtrixli kodi — tovar birliklarini identifikatlashtirish va ularni tamg‘alash uchun “GSI” tovarlarni raqamlash Xalqaro Uyushmasi qoidalarida belgilangan o‘lchamlar bilan va joylashtirilgan holda izchil joylashtirilgan parallel shtrixlar va ular o‘rtasidagi oraliqdagi kombinatsiyalar bilan ifodalangan raqamli kod;
(kirish qismining beshinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 14-sentabrdagi 194-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 37-38-son, 378-modda)
I. UMUMIY QOIDALAR
Oldingi tahrirga qarang.
1. Tovarlarni GSI shtrixli kodlari bilan tamg‘alash “O‘zstandart” agentligi, “GSI” — tovarlarni raqamlash Xalqaro Uyushmasining standartlari va me’yoriy hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 14-sentabrdagi 194-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 37-38-son, 378-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
2. O‘z tovarlari GSI shtrix kodlari bilan tamg‘alanishi istagini bildirgan O‘zbekiston Respublikasining tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi subyektlari tashkilotning va O‘zbekiston Respublikasi davlat standartlariga muvofiq ishlab chiqariladigan mahsulotning shtrixli kodida foydalaniladigan tovar kodini olish uchun “GSI Uzbekistan” uyushmasida ro‘yxatdan o‘tadilar” tovarlar va xizmatlarni avtomatik identifikatlashtirish markazida ro‘yxatdan o‘tadilar.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 14-sentabrdagi 194-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 37-38-son, 378-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Tadbirkorlik faoliyati subyektlari — o‘z tovarlari GSI shtrixli kodlari bilan tamg‘alanishi istagini bildirgan mahsulotlar (tovarlar)ni tayyorlovchilar “O‘zstandart” agentligiga O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan mahsulotlarni Davlat reyestriga kiritish va shtrixli kodlarning original-maketlarini olish uchun davlat standartlari talablariga muvofiq mahsulotlar haqidagi axborotni taqdim etadilar.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 14-sentabrdagi 194-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 37-38-son, 378-modda)
4. Tadbirkorlik faoliyati subyekti — shtrixli kod qo‘yilgan mahsulotlar (tovarlar)ni tayyorlovchi buyurtmachining talabiga ko‘ra uni yetkazib berish boshlangunga qadar ma’lumotlar bazasini shakllantirish uchun buyurtmachiga mahsulotlar (tovarlar)ning asosiy iste’mol tavsifnomalari to‘g‘risida axborot beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
5. “GSI Uzbekistan” uyushmasida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan tadbirkorlik faoliyati subyektlari ishlab chiqariladigan va yoki sotiladigan mahsulotlar (tovarlar)ni GSI shtrixli kodlari bilan tamg‘alash huquqiga ega emaslar.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 14-sentabrdagi 194-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 37-38-son, 378-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Tadbirkorlik faoliyati subyektlari shtrixli kodlash bo‘yicha standartlar va mazkur Nizom talablarini buzganlik uchun O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq javob beradilar.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.

Yüklə 136,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin