26. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish (IDTTS) qanday xarakterdagi tadbirlar tizimidan iborat? a) qonunchilik, ijro etish va nazorat qilish;
b) boshqarish, buyruq berish va rejalashtirish;
c) istiqbolni belgilash, ishlab chiqarish, prognozlash;
d) tartibni saqlash, mudofaa, ijtimoiy himoya;
e) talabni rag‘batlantirish, investitsiya kiritish va ishlab chiqarishni tashkil qilish.
27. IDTTSning qaysi vazifasi uning maqsadini to‘laroq ifodalaydi? a) huquqiy asos va ijtimoiy muhitni ta’minlash;
b) raqobatni himoya qilish;
c) daromad va boyliklarni qayta taqsimlash;
d) resurslarni qayta taqsimlash;
e) iqtisodiyotni barqarorlashtirish va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish.
28. Davlatning ijtimoiy muhitni ta’minlash borasidagi qaysi vazifasi iste’molchilar huquqini himoya qilishga ham qaratiladi? a) milliy pulni muomalaga kiritish;
b) ichki tartibni saqlash;
c) mahsulot sifati va og‘irligiga andozalar belgilash;
d) bozor infratuzilmasini vujudga keltirish;
e) muassasaviy o‘zgarishlarni amalga oshirish.
29. Davlatning bozor iqtisodiyoti huquqiy asosini yaratishga qaratilgan qaysi vazifasi uning barcha subyektlari manfaatini qamrab oladi? a) mulkchilikka oid qonunlar qabul qilish;
b) korxonalar maqomini belgilash;
c) xususiy mulkchilik huquqini aniqlash;
d) shartnomalar amal qilishini kafolatlash;
e) ishlab chiqaruvchi, resurs egalari va iste’molchilar o‘rtasidagi munosabalarni tartibga soluvchi qonuniy bitimlarni ishlab chiqishi.
30. Quyidagilardan qaysi biri davlatning raqobatni himoya qilishi vazifalari tarkibiga kirmaydi? a) monopol faoliyatni cheklash;
b) monopol faoliyat ustidan nazorat qilishi;
c) raqobatni rivojlantirish;
d) iste’molchilar huquqini va tadbirkorlar manfaatini himoya qilish;
e) bozor infratuzilmasini vujudga keltirish.