42. Davlatning iqtisodiyotni tartibga solishdagi ijtimoiy dastagi, bu… a) hisob stavkasi;
b) soliqlar;
c) dotatsiyalar;
d) pensiyalar;
e) boj to‘lovlar.
43. Davlatning iqtisodiyotga ta’sir ko‘rsatishining tashqi iqtisodiy dastagi, bu… a) bankning majburiy ehtiyotlar normasi;
b) subsidiyalar;
c) soliqlar;
d) import kvotalari;
e) dotatsiyalar.
44. Monetaristik qarashni toping: a) jamg‘arma daromadga bog‘liq;
b) investitsiya kutilayotgan foyda va foiz stavkasiga bog‘liq;
c) pul taklifini o‘zgartirish bevosita narx va ishlab chiqarish natijasiga ta’sir ko‘rsatadi;
d) odamlar ratsional qarorlar qabul qiladi;
e) talab o‘z taklifini vujudga keltiradi.
9 вариант
AHOLI DAROMADLARI VA DAVLATNING IJTIMOIY SIYOSATI 1. Bozor iqtisodiyotida rivojlanayotgan mamlakatlarda davlatning daromadlar siyosati, bu … a) barcha toifadagi bandlar (ishlovchilar) uchun ish haqi va maosh miqdorini davlat tomonidan belgilash;
b) daromadlardagi katta farqlarni soliq tizimi va ijtimoiy to‘lovlar orqali yumshatish;
c) milliy iqtisodiyotning turli tarmoqlarida bir xil ish haqi darajasini saqlash;
d) zarur tarmoqlarda tabaqalashgan ish haqi darajasini saqlash;
e) yaratilgan milliy daromadning aholi o‘rtasidagi taqsimotini muvofiqlashtirish.
2. Jinni koeffitsiyenti 0,35dan 0,55ga o‘sganda ... a) aholi jon boshiga o‘rtacha real daromadlar kamayadi;
b) daromadlarning tabaqalanishi pasayadi;
c) daromadlarning tabaqalanishi kuchayadi;
d) yashash minimumiga qaraganda daromadi past aholi ulushi kamayadi;
e) aholi jon boshiga o‘rtacha real daromadlar o‘sadi.
3. Rivojlangan bozor iqtisodiyoti mamlakatlariga milliy daromadda iste’mol hissasining o‘sib borishi xos. Ko‘rsatilganlardan qaysi biri uning sababi bo‘la olmaydi? a) milliy daromadning kamroq qismini jamg‘argan holda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash mumkin;
b) inson omilining ahamiyati ortib, uning iste’moli ortishini taqozo etadi;
c) iqtisodiyot rivojlangan sari iste’molchilar sonining ko‘payishi sekinlashadi;
d) aholi farovonligini oshirish tamoyili kuchayib boradi;
e) aholi tabaqalanishining oldini olishga davlat o‘z ta’sirini o‘tkazadi.