Davlatning ijtimoiy siyosati



Yüklə 40,45 Kb.
səhifə1/3
tarix16.06.2023
ölçüsü40,45 Kb.
#131479
  1   2   3
BOZOR IQTISODIYOTINI TARTIBGA SOLISHDA DAVLATNING IQTISODIYOTDAGI ROLI. AHOLI DAROMADLARI VA DAVLATNING IJTIMOIY SIYOSATI


MAVZU. BOZOR IQTISODIYOTINI TARTIBGA SOLISHDA DAVLATNING IQTISODIYOTDAGI ROLI. AHOLI DAROMADLARI VA DAVLATNING IJTIMOIY SIYOSATI
1. Davlatning milliy iqtisodiyotini tartibga solishdagi roli haqidagi
nazariya va qarashlar
2. Iqtisodiyotni Davlat tomonidan tartibga solish, uning maqsadi va
vazifalari
3. Davlatning iqtisodiyotga ta'sir qilish usullari va vositalari
4. Aholining daromadlari va uning tarkibi. Aholi turmush darajasi va uning ko`rsatkichlari
5. Daromadlar tengsizligi va uning darajasini aniqlash
6. Davlatning ijtimoiy siyosati. O`zbekistonda ijtimoiy siyosatning
asosiy yo`nalishlari


Asosiy tayanch tushunchalar:
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish (IDTTS) - qonunchilik, ijro va nazorat qilish xarakteridagi tadbirlar tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish.
IDTTS maqsadi - iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni ta'minlash, iqtisodiy tizimni mustahkamlash va uni o`zgarib turuvchi sharoitga moslashtirishga qaratiladi.
Davlatning iqtisodiy vazifalari - iqtisodiy tizimning amal qilishiga shart-sharoit yaratish va iqtisodiyotni tartibga solish hamda iqtisodiy o`sishni ta'minlashga qaratilgan chora-tadbirlardan iborat bo`ladi.
IDTTS usullari - tartibga solishning ma'muriy va iqtisodiy vositalari birligi.
Bevosita usullar - iqtisodiyotni tartibga solishning ta'qiqlash, ruxsat berish va majbur qilish xarakteridagi ma'muriy vositalari.
Bilvosita usullar - iqtisodiyotni tartibga solishning iqtisodiy vosita va dastaklari.
Aholi daromadlari – aholining ma'lum vaqt davomida pul va natural shaklda olgan daromadlari miqdori.
Nominal daromad – aholi tomonidan pul shaklida olingan daromadlari summasi.
Ixtiyorida bo`lgan daromad – shaxsiy iste'mol va jamg`arma maqsadlarida foydalanish mumkin bo`lgan daromad.
Real daromad – narx darajasi o`zgarishini hisobga olib aholining hayot kechirishi uchun zarur bo`lgan moddiy va ma'naviy ne'matlar bilan ta'minlanishi hamda ular ehtiyojlarining bu ne'matlar bilan qondirilish darajasidir.
Lorents egri chizig`i – daromadlar tengsizligi darajasini miqdoriy aniqlashni xarakterlaydi.
Ijtimoiy to`lovlar – kam ta'minlanganlarga pul yoki natural shaklda yordam ko`rsatishga qaratilgan tadbirlar tizimi.
Ijtimoiy siyosat – bu davlatning daromadlar taqsimotidagi tengsizlikni iqtisodiyot qatnashchilari o`rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf qilishga yo`naltirilgan siyosat.
Davlatning milliy iqtisodiyotini tartibga solishdagi
roli hakidagi nazariya va qarashlar.
Milliy iqtisodiyotning samaradorligi ko`p omilli ko`rsatkich bo`lib, bunda samaradorlikning erishilgan darajasi ko`p jihatdan iqtisodiyotdagi davlat yoki bozor tizimining tutgan roliga bog`liq bo`lishi mumkin. Chunki ancha yuqori samaradorlikka, birinchidan, bozorning tartibga solish usullari orqali; ikkinchidan, iqtisodiyotni faqatgina yagona markazdan ongli ravishda markazlashgan boshqarish yo`li bilan; uchinchidan, takror ishlab chiqarish jarayonida davlatning aralashuvi va bozor usullarini uyg`unlashtirish orqali erilishiladi. Hozirgi davrda Respublikamizning milliy iqtisodiyoti rivoji uchun ko`proq uchinchi yo`l xarakterli xisoblanadi.
Iqtisodiy tafakkur tarixidan birinchi marta davlatning iqtisodiyotdagi roli masalasi A.Smit tomonidan ilmiy asosda ko`rib chiqilgan. Uning "Xalqlar boyligining tabiati va sababalarini tadqiq qilish haqida" (1776 yil) degan kitobida bozor usullari orqali iqtisodiyotning o`z-o`zini tartibga solishning zarurligi ta'kidlab o`tilgan. A.Smitning fikricha xususiy tovar ishlab chiqaruvchilar bozori davlat nazoaratidan to`liq ozod bo`lishi zarur. Ana shundagina ishlab chiqaruvchilar iste'molchilar talabiga mos ravishda ishlab chikarishni tashkil qilish imkoniga ega bo`ladi. Bunda bozor vositasida tartibga solish, har qanday chetdan aralashishsiz ishlab chiqaruvchilarni butun jamiyat manfaatlari uchun harakat kilishga majbur kiladi.
A.Smit davlatning iqtisodiy jarayonlariga har qanday aralashuvi oxir oqibatda faqat vaziyatni yomonlashtiradi deb xisoblaydi. Masalan, davlat tomonidan belgilangan tashqi savdo tartib -qoidalari milliy iste'molchilarga faqat zarar keltirishi mumkin. Haqiqatdan ham importga boj to`lovi (poshlinasi) milliy ishlab chiqaruvchilarga ustunlik berib, ularning chet el sheriklariga nisbatan raqobatlashuv qobiliyatini oshiradi. Ammo bu oxir oqibatda ishlab chiqarishning ancha yuqori xarajatlari va past sifatini saqlab qolishiga olib keladi. Bunda past sifatli va narxi qimmat tovarlarni sotib olishga majbur bo`lgan milliy iste'molchilar yutqazadi.
A.Smitning "Tinch qo`yish" nazariyasi, 1923 - 33 yillarda bozor iqtisodiyotiga asoslangan deyarli barcha mamlakatlarni qamrab olgan iqtisodiy inqiroz davrida tanqidga uchradi. Iqtisodiy tanazzul va ommaviy ishsizlik davlatning iqtisodiy jarayonlarga aralashuvini kuchaytirishni taqazo qildi.
Davlatni iqtisodiyotdagi rolini oshirish masalasi Djon M.Keynsning "Ish bilan bandlilik, protsent va pulning umumiy nazariyalari" nomli kitobida o`z aksini topdi (1936). Bu kitobda muallif davlat fiskal (xazinaviy) va kreditli tartibga solish vositalaridan foydalanib, jamiyatning yalpi talabini rag`batlantirishni va aholining ish bilan bandligini ta'minlashi zarurligini isbotlaydi.
Amalda gap davlatning uzluksiz ravishda krizisga qarshi siyosat o`tkazishi, iqtisodiy inqirozning salbiy oqibatlarini tugatish va sanoat siklining o`zgarishini yo`qotish haqida ketadi. Keyns nazariyasi ancha tugal
shaklda AqShda amalga oshirildi.
Urushdan keyingi davrda Keyns nazariyasidagi ko`rsatmalar u yoki bu darajada bozor iqtisodi amalda ustun bo`lgan barcha mamlakatlarda foydalaniladi. Shu bilan birga davlatning iqtisodiyotdagi rolining yanada ko`proq oshib borishi ro`y berdi. Hozirgi davrda davlat tomonidan tartibga solishni muhim maqsadi sifatida nafaqat sikliga qarshi tartibga solish va ish bilan bandlilikni ta'minlash, balki iqtisodiy o`sishning yuqori darajasini va yaxlit takror ishlab chiqarish jarayonini optimallash-tirishni rag`batlantirish tan olinadi.
Ma'muriy buyruqbozlikka asoslangan tizimdan bozor iqtisodiyotiga o`tish sharoitida davlatning milliy iqtisodiyotga aralashuvini nima belgilab beradi?- degan savol tug`ilish tabiiy.
Birinchidan, davlat o`ziga milliy iktisodiyotda bozor vositasida o`z - o`zini tartibga solish orqali bajarish mumkin bo`lmagan yoki samarali bajarish mumkin bo`lmagan vazifalarni oladi. Bunga mudofaani ta'minlash, mamlakatda ichki tartibni saqlash va aholining kam ta'minlangan qismini ijtimoiy himoyalash kabilarni misol qilib keltirish mumkin.
Ikkinchidan, bozor iqtisodi sharoitida hususiy ishlab chiqarish va iste'mol bir qator ijobiy va salbiy oqibatlarni tug`diradi.
Bu oqibatlar bevosita uchinchi shaxs manfaatida aks etadi va demak kishilarning alohida guruhi va umuman jamiyat manfaatiga ta'sir qiladi. Masalan, chiqitli texnologiyaga asoslangan ishlab chiqarishlarda tozalash qurilmalariga xarajatlarni tejash, xususiy ishlab chiqaruvchilar nuqtai nazaridan (u yoki bu kompaniya yoki individual ishlab chiqarishga) foydali, atrof muhitni ifloslanishiga olib kelishi esa boshqa kishilar uchun qo`shimcha salbiy oqibatga ega.
Davlat yakka tadbirkor yoki istemolchidan farqli, jamiyat manfaatini ifodalab, qo`shimcha ijobiy samarani rag`batlantirishga va aksincha salbiy samara bilan bog`liq faoliyatni tartibga solishi va cheklashga harakat qilishi zarur.
Uchinchidan, davlatning iqtisodiy jarayonlariga aralashuvi shu sababli ro`y beradiki, individual istemolchilar hamma vaqt u yoki bu tovarni iste'mol qilishning oqibatlarini ob'ektiv baholay olmaydi. Shu nuqtai nazardan, davlat foydali iste'molni kengaytirish va aksincha sog`lik uchun zarar tovarlar iste'molini cheklash vazifasini o`z zimmasiga oladi. Masalan, davlat tamaki mahsulotlari yuqori aktsiz (egri) solig`ini o`rnatilib, bir tomondan o`zining daromadini oshirsa, boshqa tomondan shu mahsulotni sotib olish talabini cheklaydi.
To`rtinchidan, davlat o`z zimmasiga bozorning tabiatidan kelib chiqadigan ayrim holatlarni qisman engillashtirish vazifasini oladi. Bozor hamma uchun to`lovga qobil talabini qondirishga teng imkoniyatni ta'minlaydi. Ammo bu bozorning milliy boylikni ijtimoiy - adolatli taqsimlashni ta'minlashini bildirmaydi. Bunday sharoitda davlat aholining kam ta'minlangan qatlamini turmush darajasi haqida g`amxo`rlik qilishi, pulsiz (yoki imtiyozli ) bilim berish, tibbiy xizmat ko`rsatish va shu kabilarni o`z zimmasiga oladi.
Beshinchidan, hozirgi sharoitda iqtisodiy o`sishning barqaror izchilligini rag`batlantirish vazifasi ham davlatning zimmasiga tushadi.
Iqtisodiyotni Davlat tomonidan tartibga solish,
uning maqsadi va vazifalari.
Bozor xo`jaligi sharoitida iqtiyosodiyotni davlat tomonidan tartibga solish qonunchilik, ijro etish va nazorat qilish xarakteridagi tadbirlar tizimidan iborat bo`ladi.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish (IDTTS) ning ob'ektiv imkoniyati iqtisodiy rivojlanish, ishlab chiqarish va kapital to`planishi ma'lum darajaga erishganda vujudga keladi. Iqtisodiy rivojlanishda qiyinchiliklar o`sib va ziddiyatlar to`planib borishi bu imkoniyatlarni haqiqatga aylantirishni zarur qilib qo`yadi.
Hozirgi sharoitda IDTTS takror ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bir qator vazifalarni hal qilishga qaratiladi. Bular jumlasiga iqtisodiy o`sishni rag`batlantirish, bandlilikni tartibga solish, tarmoq va mintaqaviy tuzilmalardagi ijobiy siljishlarni qo`llab -quvvatlash, eksportni himoya qilish kabilarni kiritish mumkin.
IDTTS mexanizmi to`g`risidagi to`laroq tasavvurga ega bo`lishi uchun uning maqsadi, vazifalari va tartibga solish usullari hamda vosita yoki dastaklarini to`laroq tavsiflash lozim.
IDTTSning asosiy maqsadi iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni ta'minlash, mavjud tuzumni mustahkamlash (mamlakat ichida va xalqaro maydonda) va uni o`zgarib turuvchi sharoitga moslashtirish hisoblanadi.
Bu asosiy maqsaddan bir qator aniq maqsadlar kelib chiqadi. Ular jumlasiga iqtisodiy siklni barqarorlashtirish; milliy xo`jaliklarning tarmoq va mintaqaviy tuzilishini takomillashtirish, atrof- muhit holatini yaxshilash kabilarni kiritish mumkin. IDTTS maqsadi uning vazifalarida aniq namoyon bo`ladi. Bozor xo`jaligi sharoitida davlatning iqtisodiy vazifalari asosan bozor tizimining amal qilishini engillashtirish va himoya qilish maqsadiga ega bo`ladi. Bu sohadagi davlatning iqtisodiy vazifalaridan quyidagi ikki turini ajratib ko`rsatish mumkin:
Bozor tizimining samarali amal qilishiga imkon tug`diruvchi huquqiy asos va ijtimoiy muhitni ta'minlash;
Rahobatni himoya kilish.
Davlatning boshqa vazifalari iqtisodiyotni tartibga solishning umumiy tamoyillaridan kelib chiqadi. Bu erda davlatning uchta vazifasi alohida ahamiyatga ega:
Daromad va boylikni qayta taqsimlash;
Resurslarni qayta taqsimlash;
Iqtisodiyotni barqarorlashtirish ya'ni iqtisodiy tebranishlar vujudga keltiradigan inflyatsiya va bandlilik darajasi ustidan nazorat qilish hamda iqtisodiy o`sishni rag`batlantirish.
Davlat bozor iqtisodiyotining samarali amal qilishining shart - sharoiti hisoblangan huquqiy asosni ta'minlash vazifalarini o`z zimmasiga oladi. Bozor iqtisodiyoti uchun zaruriy, huquqiy asosni quyidagi tadbirlar taqoza qiladi: xususiy korxonalarga qonuniy mavqeini berish; xususiy mulkchilik huquqini aniqlash va shartnomalarga amal qilishini kafolatlash; korxonalar, resurslarni etkazib beruvchilar va iste'molchilar o`rtasidagi munosabatalarni tartibga soluvchi qonuniy bitimlarni ishlab chiqarish va shu kabilar. O`zbekiston Respublikasining korxonalar, tadbirkorlik va aktsionerlik jamiyatlari to`g`risidagi qonunlari hamda ularga kiritilgan qo`shimcha va tuzatishlar, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish buyicha tadbirlari bozor iqtisodiyoti uchun zaruriy, huquqiy asosni ta'minlashga qaratilgan.
Davlat tomonidan ijtimoiy muhitni ta'minlash o`z ichiga ichki tartibni saqlash mahsulot sifati va og`riligini o`lchashga standartlar belgilash tovarlar va xizmatlar ayirboshlashini engillashtirish uchun milliy pul tizimini muammoga kiritish kabilarni oladi.
Raqobat bozor iqtisodiyotida asosiy tartibga soluvchi mexanizm bo`lib xizmat qiladi. Bu shunday kuchki, u xaridorlar amriga yoki iste'molchilar erkinligiga ishlab chiqaruvchi va resurslarni etkazib beruvchilarni bo`ysundiradi. Raqobat sharoitida ko`plab xaridorlar tomonidan bildirilgan talab va sotuvchilarning taklifi bozor narxlarini belgilaydi. Bu shuni bildiradiki, ishlab chiqaruvchilar va resurslarni etkazib beruvchilar faqat bozor orqali hisobga oladigan iste'molchilar xohishiga moslashishi mumkin. Bozor tizimining irodasiga bo`ysunuvchi, raqobatlashuvchi ishlab chiqaruvchilar foyda olishni va o`z mavqeilarining mustahkamlashini kutadi, kim bozor qonunlarini buzsa, zarar ko`radi va oxir oqibatda sinadi. Raqobat sharoitida xaridor - bu xo`jayin, bozor ularning gumashtasi, korxona esa ularning xizmatkori hisoblanadi.
Monopoliya raqobatning o`rnini almashtirganda, sotuvchilar bozorga ta'sir ko`rsatishi yoki undagi narxlarni o`z manfaatlarini ko`zlab o`zgartirish mumkin. Monopoliyalar o`zlarining takliflari umumiy hajmini tartibga solish layoqatidan foydalanib, mahsulot hajmini sun'iy cheklash orqali ularga ancha yuqori narx belgilash va shu orqali ancha barqaror foyda olishi mumkin.
Bozor munosabatlari rivojlangan sharoitda monopoliyalar ustidan ikki usulda nazorat o`rnatiladi. Birinchi usulda, texnologiya va iqtisodiy sharoitlar «raqobatli bozor mavjud bo`lish imkoniyatini yo`qqa chiqaradigan tabiiy monopoliyalari deb nomladigan tarmoqlarda davlat narxlarini tartibga soladi va ko`rsatiladigan xizmatlarga standartlarni o`rnatadi. Transport, aloqa, elektr-energiya ishlab chiqarish va boshqa ijtimoiy foydalanishdagi korxonalar ma'lum darajada shunday tartibga solinadi. Ikkinchi usulda, samarali ishlab chiqarish juda ko`pchilik bozorlarda raqobat rivojining juda yuqori darajasida ta'minlanishi sababli davlat raqobatini kuchaytirish va himoya qilish maqsadida monopoliyalarga qarshi qonunlar qabul qiladi.
Bizning Respublikada ham monopol faoliyatni cheklash, tovarlar bozorida raqobatni rivojlantirish, iste'molchilar va tadbirkorlar manfaatini himoya qilishga qaratilgan qator qonunlar qabul qilingan.
Bozor tizimi kishilarning tabiiy qobiliyati, orttirgan bilimi va malakasi hamda mulkka egaligini hisobga olib, ularning yuqori daromad olishini ta'minlaydi. Shu bilan birga jamiyatning moddiy-vositalarga ega bo`lmagan, bilim va malaka darajasi past, layoqati ham yuqori bo`lmagan a'zolari, qariyalar, nogironlar, ishsizlar yolg`iz va qaramog`ida bolalari bo`lgan ayollar juda kam daromad oladi yoki bozor tizimi doirasida ishsizlar kabi umuman daromadga ega bo`lmaydi. qisqasi, bozor tizimi pul daromadlarini va milliy mahsulotni jamiyat a'zolari o`rtasida taqsimlashda birmuncha tengsizliklarni keltirib chiqaradi. Shu sababli davlat o`z zimmasiga daromadlar tengsizligini kamaytirish vazifasini oladi. Bu vazifa bir qator tadbir va dasturlarda o`z ifodasini topadi.
Birinchidan, transfert to`lovlari orqasi muhtojlarni, nogironlarni va birovning qaramog`ida bo`lganlarni nafaqalar bilan ishsizlarni ishsizlik nafaqalari bilan ta'minlaydi. Ijtimoiy ta'minot dasturlari orqali pensionerlar va qariyalarga moliyaviy yordam ko`rsatiladi.
Bu barcha dasturlar davlat byudjeti mablag`larini, jamiyatning kam daromad olgan yoki umuman daromadga ega bo`lmagan a'zolari hisobiga qayta taqsimlaydi.
Ikkinchidan, davlat bozorni tartibga solish yo`li bilan ya'ni, talab va taklif ta'sirida o`rnatiladigan narxlarni o`zgartirish yo`li bilan ham daromadlarning taqsimlanishiga ta'sir ko`rsatadi. Me'yordagi oziq-ovqat tovarlariga o`rnatiladigan imtiyozli narxlar va ish haqining eng kam (minimal) darajasi haqidagi qonunchilik davlatning, aholining ma'lum qatlami daromadlarini oshirishga qaratilgan tadbirlarining yana bir misolidir.
Davlat jamiyat a'zolari o`rtasida daromadlarni qayta taqsimlashda soliq tizimidan ham keng foydalanadi (soliq imtiyozlari orqali).
5. Bozor mexanizmining resurslarni qayta taqsimlashdagi layoqatsizligi ikki holatda ko`rinadi, ya'ni raqobatli bozor tizimi, 1) ma'lum tovarlar va xizmatlarning kam miqdorini ishlab chiqaradi; 2) ishlab chiqarishi o`zini oqlagan ayrim tovarlar va xizmatlarga resurslarning har qanday turini ajratish holatida bo`lmaydi.
Resurslarni qayta taqsimlanishi tovarlarni ishlab chiqarish yoki iste'mol qilish bilan bog`liq foyda yoki zarar, uchinchi tomonga, ya'ni bevosita xaridor yoki sotuvchi hisoblanmaganlar tomonga "joyini o`zgartirsa" vujudga keladi. Bu qo`shimcha samara deb ataladi, chunki u bozor qatnashchisi hisoblanmaganlar xissasiga to`g`ri keluvchi foyda yoki zararni ifodalaydi. Bunga atrof muhitning ifloslanishini misol qilib keltirish mumkin. Kimyo korxonasi o`zlarining sanoat chiqitlarini ko`l yoki daryoga oqizsa bu cho`miluvchilar, baliqchilar va atrofdagi aholiga - zarar keltiradi.
Ishlab chiqaruvchi esa muhofaza inshoat va uskunalar o`rnatmaganligi hisobiga ishlab chikarish harajatlarining ancha past darajasini ta'minlaydi. Davlat resurslarining nomutanosib taqsimlanish vujudga keltiradigan bu holatlarni tartibga solish uchun qonunchilik tadbirlarini qo`llaydi, yoki maxsus soliq va jarimalardan foydalanadi.
Masalan, atrof - muhit va suv havzalarining ifloslanishini taqiqlovchi yoki cheklovchi qonunlar, ishlab chiqaruvchilarni o`zlarining sanoat chiqitlarini ishlab chiqarish jarayonida ifloslangan suvni tozalovchi qurilmalar sotib olish va o`rnatish bilan yo`qotishga majbur qiladi.
Boshka holda davlat maxsus soliqlarni kiritish yordamida, atrof- muhitni ifloslantiruvni korxonalarga boshqalarga keltirishi mumkin bo`lgan zararni yuklashga harakat qiladi.
Davlat bir qator yo`llar bilan resurslarning nomutanosib taqsimlanishi keltirib chiqaradigan oqibatlarni yumshatishga ham harakat qiladi.
Birinchidan, iste'molchilarning aniq tovar va xizmatlarni xarid qilish qobiliyatini oshirish yo`li bilan ularning talabi kengaytirildi. Malasan, bizning Respublikamizda islohatlarning dastlabki davrida oziq-ovqat mahsulotlariga talon tizimi joriy etilishi past daromadli oilalarning oziq-ovqat mahsulotlariga bo`lgan talabini oshiradi va shu orqali resurslarning nomutanosib taqsimlanishini bartaraf qiladi.
Ikkinchidan, davlat taklifni oshirish maqsadida ishlab chiqarishni subsidiyalashi mumkin. Subsidiyalar ishlab chiqaruvchilarning zararlarini qisqartiradi va mahsulotlarni ishlab chiqarishda resurslarning etishmasligi bartaraf qilanadi.
Uchinchidan, davlat ayrim tovarlar va ijtiomiy ne'matlarni ishlab chiqaruvchisi sifatida chiqadi. Bunday tarmoqlar davlat mulkchiligiga asoslanadi va davlat tomonidan bevosita boshqariladi yoki ularni moliyalashtirishni davlat o`z zimmasiga oladi.
Bular fan, ta'lim, soliqni saqlash, milliy mudofaa, favqulodda ro`y beradigan tabiiy hodisalarga qarshi kurash ichki tartibni saqlash shular jumlasidandir.
Davlat, byudjet mablag`lari hisobiga resurslarni xususiy sohada qo`llanilishdan bo`shatadi, hamda ularni ijtimoiy ne'mat va xizmatlar ishlab chiqarishga yo`naltirish mumkin. Shunday qilib, davlat mamlakat milliy mahsuloti tarkibida muhim o`zgarishlarni amalga oshirish maqsadida resurslarni qayta taqsimlaydi.
Iqtisodiyotni barqarorlashtirish, ya'ni iqtisodiyotning barcha sohalarini resurslar bilan ta'minlash, to`liq bandlilik va narxlarning barqaror darajasiga erishishda yordam berish hamda iqtisodiy o`sishni rag`batlantirish davlatning eng muhim vazifasi hisoblanadi.
Iqtisodiyotda to`liq bandlilikni ta'minlash uchun umumiy sarflar, ya'ni xususiy va davlat sarflarining hajmi etarli bo`lmasa davlat bir tomondan ijtimoiy ne'matlar va xizmatlarga o`z xarajatlarini ko`paytiradi, boshqa tomondan xususiy sektorning sarflarini rag`batlantirish iaqsadida soliqlarni qisqartiradi.
Agar jami sarflar to`liq bandlilik sharoitida taklif hajmidan oshib ketsa, bu narxlar darajasining ko`tarilishiga olib keladi. Jami sarflarning mazkur ortiqcha darajasi inflyatsion xarakter kasb etadi. Bunday holda davlat soliqlarni oshirish orqali xususiy sektor sarflarini qisqartirish va shu yo`l bilan ortiqcha sarflarni tugatishga harakat qiladi. Iqtisodiyotda ishsizlik mavjud bo`lganda davlat sarflarining ko`payishi jami sarflar, ishlab chiqarish hajmi va bandlilikning o`sishiga olib keladi. O`z navbatida, soliqlarning qiskarishi yoki transfert to`lovlarining ko`payishi daromadlarni ko`paytiradi. Bu daromadlar shaxsiy sarflarni o`sishini rag`batlantirishga xizmat qiladi.
Davlat o`z ishlab chiqarishini moliyalashtirishdan tashqari ijtiomiy sug`urta va ijtimoiy ta'minotning bir qator dasturlarini amalga oshiradi, iqtisodiyotning xususiy va kooperativ sektorida daromadlarni qayta taqsimlaydi. Davlat tartibga soluvchi xarakterga ega bo`lgan bir qator vaziyatlarni ham amalga oshiradi. Bularga atrof - muhitni himoya qilish, aholi sog`lig`ini saqlash, bo`sh ishchi o`rinlariga ega bo`lishning teng sharoitini ta'minlash va ma'lum sohalarda narx belgilash Seminaroti ustidan nazorat qilish va shu kabilarni kiritish mumkin.
Davlatning iqtisodiyotga ta'sir qilish usullari
va vositalari.
Davlat milliy iqtisodiyotni tartibga solishda bir qator usullardan foydalanadi. Bu usullarni umumlashtirib quyidagicha guruxlash mumkin:
  • bevosita ta'sir qilish usullari;


  • bilvosita ta'sir qilish usullari;


  • tashqi iqtisodiy usullar.


Markazdan boshqarish tartibi ustun bo`lgan mamlakatlarda davlatning iqtisodiy jarayonlarga aralashuvida bevosita ta'sir qilish usullari ustun bo`lsa, bozor iqtiodiyoti esa birinchi navbatda iqtisodiy jarayonlarni bilvosita tartibga solish bilan bog`langan. Shu bilan birga barcha mamlakatlarda iqtisodiyotning davlat sektori mavjud. Davlat xilma - xil shakldagi kapitalga egalik qiladi, kreditlar beradi, korxonalarga mulkdor hisoblanadi. Bu davlatning ijtimoiy kapitalning bir qismiga egalik qilishiga olib keladi.


Davlat iqtisodiyotni bevosita tartibga solishda ma'muriy vositalardan foydalaniladi. Ma'muriy vositalar davlat xokimiyati kuchiga tayanadi va taqiqlash, ruxsat berish va majbur qilish xarakterdagi tadbirlarni o`z ichiga oladi.
Tartibga solishning ma'muriy vositalaridan foydalanilganda yaxlit takror ishlab chiqarish jarayoni yoki uning alohida tomonlarini to`g`ridan-to`g`ri tartibga solish ko`zda tutiladi. Ayniqsa ishlab chiqarish tanazzulga uchragan davrda iqtisodiyotga bilvosita ta'sir qilish tadbirlari kam samarali bo`lib, ma'muriy vositalardan foydalanishga ustunlik beriladi. Bu usullardan quyidagilarni alohida ko`rsatish mumkin:
a) iqtisodiyotning ayrim bo`g`inlari - transport, aloqa, atom va elektr - energetika, kommunal xizmat va boshkalarni bevosita boshqarish. Bunda davlat mulk sohibi va tadbirkor sifatida o`ziga qarashli korxona va tashkilotlar iqtisodiy hayotida faol qatnashadi. Davlat tadbirkorligi, ma'lum doirada amal qilib, ko`pincha texnologiya sharoiti xususiy kapital uchun qulay bo`lmagan korxonalar doirasi bilan cheklanadi. Davlat tadbirkorligi bir tomondan, ma'lum sharoitlarda iqtisodiy o`sish uchun zarur bo`lsa, ikkinchi tomondan vaqt o`tishi bilan samarasiz bo`lib qolishi ham mumkin. Bunday holda ular xususiy tadbirkorlik ob'ektiga aylantiriladi.
b) narxlar va ish haqini qotirib qo`yish siyosati:
Bu iqtisodiyotga aralashishning antiinflyatsion tadbirlari hisoblanib, inflyatsiyani yumshatishga qaratiladi. Mazkur siyosatni yuritishda narxlar va ish haqini oshirish qonun bilan taqiqlandi yoki ma'lum doira bilan cheklanadi. Antiinflyatsion tadbirlar orqali inflyatsiya darajasini pasayishi investitsiyalarga rag`bat beradi.
v) ish bilan bandlilik xizmati faoliyati (mehnat birjalari) ni tashkil qilish.
Davlat bu faoliyatni tashkil qilish bilan ishsizlikni qisqartirish choralarini ko`radi. Ularni zarur kasblarga qayta tayyorlaydi, ish bilan ta'minlanmaganlarga nafaqa beradi, muhtojlarga yordam ko`rsatadi.
g) iqtisodiy sohani tartibga solishni ko`zda tutuvchi qonuniy aktlarni ishlab chiqish va qabul qilish (monopoliyaga qarshi qonunchilik, sohibkorlik to`g`risidagi, bank sohalari, qimmatli qog`ozlar bozorining faoliyatini tartibga solishni ko`zda tutuvchi qonunlar).
Shu orqali bozor munosabatlarining rivojlanishi qonun yo`li bilan kafolatlanadi, turli mulk shakllarining daxlsizligi ta'minlanadi, monopoliyalarga yo`l berilmaydi va erkin raqobatga sharoit yaratiladi.
Iqtisodiyotni bilvosita tartibga solishda iqtisodiy dastak va vositalarga ustunlik beriladi. U davlatning pul - kredit va byudjet siyosatida o`z ifodasini topadi.
Pul - kredit siyosatining asosiy vositalari quyidagilardan iborat bo`ladi:

  • hisob stavkasini tartibga solish;


  • moliya kredit muassasalalarining markaziy bankdagi ehtiyotlari minimal hajmini o`rnatish va o`zgartirish;


  • davlat muassasalarining qimmatli qog`ozlar bozoridagi operatsiyalari (davlat majburiyatlarini chiqarish, ularni sotish va to`lash).


Davlat bu dastaklar yordamida moliya bozorida talab va taklif nisbatini kutilgan yo`nalishda o`zgartirishga harakat qiladi. Jumladan, ssudaga beriladigan pul miqdorini o`zgartirish uchun foiz stavkasi vositasidan foydalanadi. Davlat kreditga bo`lgan talab va taklifni markaziy bank orqali quyidagi yo`llar bilan o`zgartiradi.


Birinchidan, davlat markaziy bank ehtiyojlari orqali banklar mablag`larining qarzga beriladigan va extiyot (rezerv)da turadigan qismlari ulushini o`zgartiradi. Natijada qarzga beriladigan pul miqdori o`zgaradi, ya'ni uning taklifi oshsa foiz kamayadi, aksincha u kamaysa foiz oshadi. Foizning kamayishi kredit olishga intilishni kuchaytiradi va bu investitsiya faolligi orqali iqtisodiy o`sishni rag`batlantiradi.
Ikkinchidan, Markaziy bank boshqa banklarga past foiz stavkasida qarz berib, ularning kreditlash ishida faol qatnashib, iqtisodiy o`sishiga ta'sir qilishini ta'minlaydi.
Uchinchidan, davlat markaziy bank orqali xazina majburiyatlarini tarqatadi, o`z obligatsiyalarini sotadi yoki qimmatli qog`ozlarini sotib oladi. Natijada taklif etilgan pul mikdori o`zgarib, bu foizga ta'sir etadi. Davlatning pulga bo`lgan talab va taklifini o`zgartirish borasidagi siyosati monetar siyosat deb yuritiladi.
Davlat byudjet siyosati uning daromadlar va harajatlar qismini o`zgartirishga qaratiladi. Davlat harajatlarini qoplash uchun moliyaviy mablag`larni jalb qilishning eng asosiy dastagi soliqlar hisoblanadi. Ulardan xo`jalik sub'eklari faoliyatiga va ijtimoiy barqarorlikga ta'sir ko`rsatishda xam keng foydalaniladi.
Soliqlar yordamida davlat tomonidan tartibga solish tanlangan soliq tizimiga, soliq stavkasi darajasiga hamda soliq turlari va soliq to`lashda berilgan imtiyozlarga bog`liq bo`ladi.
Davlat iqtisodiyotni tartibga solish vositasi sifatida byudjet harajatlaridan ham foydalanadi.
Bunga birinchi navbatda, davlat kreditlari, subsidiyalari va kafolatlari, hamda xususiy sektordan tovarlarni sotib olishga qilinadigan sarflar misol bo`ladi.
IDTTSda asosiy kapitalga hisoblanadigan jadallashgan amortizatsiya ajratmalari aloxida rol o`ynaydi. U hozirgi sharoitda jamg`arish va iktisodiyotdagi tarkibiy o`zgarishlarni rag`batlantirishning asosiy vositasi hamda iqtisodiy sikli va bandlikka ta'sir ko`rsatuvchi muhim dastak hisoblanadi.
Iqtisodiyotni tartibga solishda davlat kapital qo`yilmalari muhim rol o`ynaydi. Jumladan, bozor kon'yukturasi yomonlashgan, turg`unlik yoki inqiroz sharoitida xususiy kapital qo`yilmalar qisqaradi, davlat investitsiyalari esa odatda o`sadi. Shu orqali davlat ishlab chiqarishda tanazzul va ishsizlikning o`sishiga qarshi turishga harakat qiladi.
Davlat kapital qiymatlari iqtisodiyot tarkibiy tuzilishidagi o`zgarishlarda ham sezilarli o`ringa ega bo`ladi, masalan, davlat xususiy kapitalining oqib kelishi etarli bo`lmagan mintaqalar, tarmoqlar yoki faoliyat sohalarida yangi ob'ektlar qurish va eskilarini qayta qurollantirish orqali iqtisodiyot tarkibiy tuzilishiga ta'sir ko`rsatadi. Bulardan tashqari davlat kapital quyilmalari ilmiy - tadqiqot ishlarida, kadrlar tayyorlashda, tashqi savdo va chetga kapital chiqarishda ham katta rol o`ynaydi.
IDTTS ning oliy shakli davlat iqtisodiy dasturlari hisoblanadi. Uning vazifasi tartibga solishning barcha usuli va vositalaridan kompleks foydalanishdan iborat.
Iqtisodiy dasturlar o`rta muddatli, favqulodli va maqsadli bo`lishi mumkin. O`rta muddatli umum iqtisodiy dasturlar odatda besh yilga tuziladi. Favqulodli dasturlar tig`iz vaziyatlarda, masalan, inqiroz, ommaviy ishsizlik va kuchli inflyatsiya sharoitlarida ishlab chiqilib, qisqa muddatli xarakterga ega bo`ladi. Bunday maqsadli dasturlarning ob'ekti tarmoqlar mintaqalar, ijtimoiy sohalar va ilmiy tadqiqotlarning har xil yo`nalishlari bo`lishi mumkin.
IDTTS tashqi iqtisodiy usullar yordamida ham amalga oshiriladi. Bunda maxsus vosita va dastaklar orqali mamlakatning tashqi dunyo bilan amalga oshiriladigan xo`jalik aloqalariga bevosita ta'sir ko`rsatiladi.
Tovarlar, xizmatlar, kapital va fan - texnika yutuqlari eksportini rag`batlantirish tadbirlari, eksportni kreditlash, chet ellardan investitsiyalar va eksport kreditlarini kafolatlash, tashqi iqtisodiy aloqalarga cheklashlar kiritish yoki bekor qilish, tashqi savdoda boj to`lovlarini o`zgartirish, mamlakat iqtisodiyotiga chet el kapitalini jalb qilish yoki cheklash bo`yicha tadbirlar, mamlakatga chetdan ishchi kuchini jalb qilish, xalqaro iktisodiy tashkilotlarda va davlatlararo uyushmalarda qatnashish mamlakatlarning tashqi iqtisodiy aloqalarini tartibga solishning asosiy vositalaridir.
Shunday qilib, IDTTSning qarab chikilgan barcha ichki va tashqi iqtisodiy usullari (vosita va dastaklari) birgalikda milliy iktisodiyotdagi takror ishlab chiqarish jarayoniga va mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalariga o`z ta'sirini ko`rsatadi.
Aholi daromadlari va uning tarkibi. Aholi turmush darajasi va uning ko`rsatkichlari.
Aholi daromadlari deyilganda ularning ma'lum vaqt oralig`ida (masalan, bir yilda) pul va natural shaklda olgan daromadlari miqdori tushuniladi.
Aholi iste'mol darajasi to`g`ridan-to`g`ri ularning daromadlari darajasiga bog`liq bo`ladiki, bu daromadlarning aholi turmush darajasidagi rolini belgilab beradi.
Aholi pul daromadlari ish haqi, tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromad, nafaqa, pensiya, stipendiya shaklidagi barcha pul tushumlarini, mulkdan foiz, devidend, renta shaklda olinadigan daromadlarni, qimmatli qog`ozlar, ko`chmas mulk, qishloq xo`jalik mahsulotlari, hunarmandchilik buyumlarini sotishdan va har xil xizmatlar ko`rsatishidan kelib tushadigan daromadlarni o`z ichiga oladi.
Natural daromad mehnat haqi hisobiga olinadigan va uy xo`jaliklarining o`z iste'mollari uchun ishlab chiqargan mahsulotlardan iborat bo`ladi.
Jamiyat a'zolari daromadlari darajasi ular turmush farovonligining muhim ko`rsatkichi hisoblanib, shu bilan birga alohida shaxslarning dam olishibilim olishi, sog`ligini saqlashi, eng zarur ehtiyojlarini qondirishi imkoniyatlarini belgilab beradi. Aholi daromadlari darajasiga bevosita ta'sir ko`rsatuvchi omillar orasida ish haqidan tashqari chakana narx dinamikasi, iste'molchilik bozorining tovarlar bilan to`yinganlik darajasi kabilar muhim o`rin tutadi.
Prezidentimiz I.Karimov ta'kidlab o`tganlaridek: «mustaqillik yillarida odamlarimizning tafakkuri, dunyoqarashi, hayotga bo`lgan munosabati ham tubdan o`zgaradi. Turmush darajasi, oilasining farovonligi, eng avvalo, o`ziga bog`liq ekanligini tushunib etayotgan odamlar tobora ko`payib bormoqda».1
Aholi daromadlari darajasiga baho berish uchun nominal, ixtiyorida bo`lgan va real daromad tushunchalaridan foydalaniladi.
Nominal daromad – aholi tomonidan ma'lum vaqt oralig`ida olingan pul daromadlari miqdori hisoblanadi.
Ixtiyorida bo`lgan daromad – shaxsiy iste'mol va jamg`arma maqsadlarida foydalanish mumkin bo`lgan daromad. Bu daromad nominal daromaddan soliqlar va majburiy to`lov summasiga kam bo`ladi.
Real daromad – narx darajasi o`zgarishini hisobga olib, aholining ixtiyorida bo`lgan daromadga sotib olish mumkin bo`lgan tovar va xizmatlar miqdorini ko`rsatadi.
Aholining nominal pul daromadlari turli manbalar hisobiga shakllanib, ulardan asosiylari quyidagilar hisoblanadi:
a) ishlab chiqarish omillariga olinadigan daromad;
b) davlat yordam dasturlari bo`yicha to`lov va imtiyozlar shaklidagi pul tushumlari;
v) moliya-kredit tizimi orqali olinadigan pud daromadlari.
Respublikamizda 2000 yilda aholi pul daromadlari 1999 yilga nisbatan 157,7 foizga, oylik nominal ish haqi esa 148,7 foizga o`sgan.
Aholining yollanib ishlovchi qismi olinadigan daromadlarning asosiy qismini ish haqi tashkil qiladi. Daromadning bu turi istiqbolda ham, pul daromadlari umumiy hajmining shakllanishida o`zining etakchi rolini saqlab qoladi.
Aholi pul daromadlari darajasi davlat yordam dasturlari bo`yicha to`lovlar sezilarli ta'sir ko`rsatadi. Bu manbalar hisobiga pensiya ta'minoti amalga oshiriladi va turli xil nafaqalar to`lanadi.
Aholining moliya-kredit tizimi orqali olinadigan pul daromadlari qo`yidagilardan iborat: davlat sug`urtasi bo`yicha to`lovlar; shaxsiy uy qurilishiga va matlubot jamiyati a'zolariga bank ssudalari; jamg`arma bankiga qo`yilmalar bo`yicha foizlar; aktsiya, obligatsiya bahosining ko`payishidan olinadigan daromad va zayom bo`yicha to`lovlar; lotereya bo`yicha yutuqlar; tovarlarni kreditga sotib olish natijasida tashkil topadigan, vaqtincha bo`sh mablag`lar; har xil turdagi kompensatsiya to`lovlar va h.k.
Kishilar hayot faoliyati uchun zarur ne'matlar to`plami mehnat sharoiti, ta'lim, sog`liqni saqlash, oziq-ovqat va uy-joy sifati kabi xilma-xil ehtiyojlarni o`z ichiga oladi. Kishilar ehtiyojlarini qondirish darajasi jamiyat a'zolarining alohida olgan va oilaviy daromadlari darajasiga bog`liq. Turmush darajasini mamlakat darajasida g`butun aholi uchung` va tabaqalashgan mikro darajada g`aholining alohida guruhi uchung` qarab chiqish mumkin. Birinchi yondashuv turli mamlakatlarda aholining turmush darajasini aholi jon boshiga to`g`ri keladigan ichki milliy mahsulot ko`rsatkichi bo`yicha aniqlab, qiyosiy tahlil qilish imkonini beradi.
Aholi guruhlari bo`yicha daromadlar taqsimlanishi dinamikasini taqqoslash, iste'molchilik byudjet asosida amalga oshiriladi. qator iste'molchilik byudjetlari mavjud bo`ladi: o`rtacha oila uchun, yuqori darajada mo`l-ko`l byudjet, minimal moddiy ta'minlanganlar byudjeti, nafaqaxo`rlar va aholi boshqa ijtimoiy guruhlari byudjeti shular jumlasidandir.
Farovonlikning eng quyi chegarasini oila daromadining shunday chegarasi bilan belgilash mumkinki, undan keyin ishchi kuchini takror hosil qilishni ta'minlab bo`lmaydi. Bu daraja moddiy ta'minlanganlik minimum yoki kun kechirish darajasi g`qashshoqlikning boshlanishig` sifatida chiqadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida o`rtacha daromad «o`rtacha sinf» deb ataladigan tabaqalar daromadlari bo`yicha aniqlanadi. Bunday guruh iste'molchilik savati to`plamiga uy, avtomashina, dala hovli g`dachag`, zamonaviy uy jihozlar, sayr qilish va bolalarini o`qitish imkoniyati, qimmatli qog`ozlar va zebu ziynatlar kiradi.
Bozor iqtisodiyoti aholining yuqori ta'minlangan yoki “boy” qatlami mavjud bo`lishini taqozo qilib, ularga aholining yuqori sifatli tovar g`va xizmatg`lar xarid qilishga layoqatli bo`lgan juda oz qatlami kiradi. AqShda aholi bu qismining shaxsiy imkoniyati 8-10 mln. dollar baholanadi.
Daromadlar tengsizligi va uning darajasini aniqlash.
Dunyodagi barcha mamlakatlar aholi jon boshiga to`g`ri keladigan o`rtacha daromadlar darajasi bilan bir-biridan keskin farqlanadi. Bu turli mamlakatlar aholisining daromadlari darajasi o`rtasida tengsizlik mavjudligini bildiradi. Shu bilan birga alohida olingan mamlakatlar aholisining turli qatlam va guruhlari o`rtacha daromadlari darajasida ham farq mavjud bo`ladi. Mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi darajasi ham daromadlaridagi farqlarni bartaraf qilmaydi.
O`z-o`zidan aniqki, iqtisodiy o`sish daromadlarning ko`payishiga olib keladi. Bunda butun aholi daromadlari mutloq miqdorda asta-sekin o`sib boradi. Daromadlarning mutloq miqdori ko`payib borsa-da, har doim ham daromadlar tengsizligi darajasiga ta'sir ko`rsatmasligi mumkin.
Daromadlar tengsizligi darajasini miqdoriy aniqlash uchun jahon Seminarotida Lorents egri chizig`idan foydalaniladi g`1-rasmg` “Oilalar ulushi” yotiq chiziqda, “daromadlar ulushi” esa tik chiziqda joylashgan. Nazariy jihatdan daromadlarning mutloq teng taqsimlanishi imkoniyati g`burchakni teng ikkiga bo`luvchig` chiziqda ifodalangan bo`lib, u oilalarning har qanday tegishli foizi daromadlarning mos keluvchi foizini olishini ko`rsatadi. 20% oilalarning barcha daromadlarning 20%, 40%-40%, 60%-60% daromadlarni olishini bildiradi va h.k.
Mutloq tenglikni ifodalovchi chiziq va Lorents egri chizig`i o`rtasidagi tafovut daromadlar tengsizligi darajasini aks ettiradi.
Bu farq qanchalik katta bo`lsa, daromadlar tengsizligi darajasi ham shunchalik katta bo`ladi. Agar daromadlarning haqiqiy taqsimlanishi mutloq teng bo`lsa, bunda Lorents egri chizig`i va bissektrisa o`qi bir-biriga mos kelib farq yo`qoladi.
Davlatning ijtimoiy siyosati. O`zbekistonda ijtimoiy
siyosatning asosiy yo`nalishlari.
Davlatning ijtimoiy siyosati tegishli markazlashgan daromadlarni tabaqalashgan soliq solish yo`li bilan shakllantirish va uni byudjet orqali aholi turli guruhlari o`rtasida qayta taqsimlashdan iborat. Davlat daromadlarni qayta taqsimlashda ijtimoiy to`lovlar bilan birga bozor narxlarini o`zgartirish (masalan, fermerlarga narxlarni kafolatlash) va ish haqining eng kam darajasini belgilash usullaridan foydalanadi.
Ijtimoiy to`lovlar – kam ta'minlanganlarga pul yoki natural yordam ko`rsatishga qaratilgan tadbirlari tizimi bo`lib, bu ularning iqtisodiy faoliyatda qatnashishi bilan bog`liq bo`lmaydi. Ijtimoiy to`lovlarning maqsadi jamiyatdagi munosabatlarni insonparvarlashtirish hamda ichki talabni ushlab turish hisoblanadi.
Aholi real daromadlari darajasiga inflyatsiya sezilarli ta'sir ko`rsatishi sababli daromadlarni davlat tomonidan tartibga solishning muhim vazifasi iste'molchilik tovarlariga narxning o`sishini hisobga olish va daromadlarni indeksatsiyalash, ya'ni nominal daromadlarni narxlar o`sishiga bog`liqlikda oshirib borish hisoblanadi.
Shaxsiy daromadni himoya qilishda ijtimoiy siyosatning muhim yo`nalish aholi kambag`al qatlamini qo`llab-quvvatlash hisoblanadi.
Seminar hayotda qashshoqlikning o`zi hayot kechirish minimumi yordamida aniqlanadi. Bu ijtimoiy va fiziologik (jismoniy) minimumda ifodalanadi. Ijtimoiy minimum jismoniy ehtiyojlarni qondirishning minimal normasi (me'yori) bilan birga ijtimoiy talablarning minimal xarajatlarini ham o`z ichiga oladi. Fiziologik minimum esa faqat asosiy jismoniy ehtiyojlarni qondirishni ko`zda tutadi.
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda aholining ijtimoiy yordamiga muhtoj qismini aniqlashda turli xil mezonlar asos qilib olinadi. Ular jumlasiga daromad darajasi, shaxsiy mol-mulki miqdori, oilaviy ahvoli va shu kabilar kiritiladi.
Ijtimoiy siyosat – bu davlatning daromadlar taqsimotidagi tengsizlikni yumshatishga va bozor iqtisodiyoti qatnashchilari o`rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf qilishga yo`naltirilgan siyosatdir.
Respublikada bozor munosabatlariga o`tish davrida ijtimoiy siyosat aholini ijtimoiy qo`llab-quvvatlash va himoya qilishga qaratiladi hamda alohida yirik yo`nalishlarda amalga oshiriladi. Bu yo`nalishlar I.A. Karimovning “O`zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo`lida”1 kitobida to`liq bayon qilib berilgan.
Aholini ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlari tizimidagi eng asosiy yo`nalish – bu narxlar erkinlashtirilishi va pulning qadrsizlanish darajasi ortib borishi munosabati bilan daromadlarning eng kam va o`rtacha darajasini muntazam oshirib borish hisoblanadi. Bunda respublikaning o`ziga xos yondashuvi ishlab chiqilib, daromadlar nisbatini o`zgartirish, ish haqi, pensiyalar, stipendiyalarning, jamg`arma banklardagi aholi omonatlari stavkalarining eng oz miqdorini bir vaqtning o`zida qayta ko`rib chiqish yo`li bilan amalga oshiriladi. Daromadlar nisbatini o`zgartirishda 1993 yil joriy etilgan yangi yagona ta'rif setkasi katta ahamiyatga ega bo`ldi. Bu barcha toifadagi xodimlarning mehnat haqi miqdorlarini tarif koeffitsientlari orqali, eng kam ish haqi vositasi bilan bevosita o`zaro bog`lash imkonini berdi.
Aholini ijtimoiy himoyalashning ikkinchi yo`nalishi - ichki iste'mol bozorini himoya qilish, hamda oziq-ovqat mahsulotlari va nooziq-ovqat mollari asosiy turlari iste'molini muayyan darajada saqlab turish bo`ldi. Bunga erishishda muhimi mahsulotlar eksportini bojxona tizimi orqali nazorat qilish va ularga yuqori boj to`lovlari joriy etish, kundalik zarur tovarlarni me'yorlangan tarzda sotishni tashkil qilish kabi tadbirlar katta ahamiyatga ega bo`ldi. Milliy valyuta joriy etilishi bilan oziq-ovqat mahsulotlarini me'yorlangan tarzda sotishdan voz kechish erkin narxlarga o`tish imkoniyatini yaratadi.
Iqtisodiy islohotlarning ilk bosqichida ijtimoiy siyosatni amalga oshirishning uchinchi yo`nalishi – aholining kam ta'minlangan tabaqalarini ijtimoiy himoyalash va qo`llab - quvvatlash borasida kuchli chora-tadbirlar o`tkazilganligi bo`ldi. Bu yo`nalishda aholining ijtimoiy jihatdan nochor qatlamlari - pensionerlar, nogironlar, ko`p bolali va kam daromadli oilalar, ishsizlar, o`quvchi yoshlar hamda qayd etilgan miqdorda daromad oluvchi kishilar turli xil yo`llar bilan himoya qilib borildi.
Yalpi ijtimoiy himoyalash tizimidan ishonchli ijtimoiy kafolatlar va aholini ijtimoiy qo`llab-quvvatlash tizimiga izchillik bilan o`tish – ijtimoiy siyosatni amalga oshirishga, ijtimoiy himoya vositasini kuchaytirishda sifat jihatdan yangi bosqich boshlashini bildiradi.
Yangilangan ijtimoiy siyosat adolat tamoyillariga izchillik bilan rioya qilishga asoslanib, ijtimoiy ko`maklashishning mavjud usullarini va pul bilan ta'minlash manbalarini tubdan o`zgartirishni taqozo qiladi. Bu siyosat ijtimoiy himoya aniq maqsadi va aholining aniq tabaqalarini qamrab olishni ko`zda tutadi. Yordam tizimi faqat kam ta'minlangan va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga nisbatan qo`llanilib, shu maqsad uchun davlat manbalari bilan bir qatorda mehnat jamoalari, turli tashkilot hamda jamg`armalarning mablag`laridan ham foydalaniladi.
Ijtimoiy ko`maklashishning yangi tizimida bolalar va kam daromadli oilalar yordamdan bahramand bo`luvchi asosiy kishilar hisoblanib, ular uchun hamma nafaqa va moddiy yordamlar faqat mahalla orqali etkazib beriladi. Bu tizimda kam daromadli oilalarga beriladigan moddiy yordam mahalla orqali etkaziladi. Shu maqsadda mahallalarda byudjet mablag`lari, korxona va tashkilotlar, tadbirkorlik tuzilmalari va ayrim fuqarolarning ixtiyoriy o`tkazgan mablag`lari hisobidan maxsus jamg`armalar hosil qilindi.
Ijtimoiy ko`maklashishning yangi tizimi mehnatga rag`batlantiradigan omillar va vositalar yangi tuzilmasi paydo bo`lishini ham taqozo qiladi.
Shunday qilib, islohotlar davrida davlat aholining muhtoj tabaqalarini qo`llab-quvvatlash bilan birga, o`z mehnat faoliyati orqali oilasining farovonligini ta'minlashga intiluvchi kishilar uchun teng sharoit va qulay imkoniyat yaratishga harakat qiladi.



Yüklə 40,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin