4. Quyidagi usullardan qaysi biri aholini eng kam iste’mol byudjetini hisoblashda foydalanilmaydi? a) aholi jon boshiga yaratilgan milliy daromadni avvalgi yillar bilan taqqoslash;
b) iste’mol savati asosida hisoblash;
c) regressiv model: turli xarajatlar va daromadlar, eng kam iste’mol qiymati bo‘yicha aniqlash;
d) ekspert baholash usuli;
e) sotsiologik kuzatish o‘tkazish.
5. Shvetsariya iqtisodchisi V. Pareto daromadlar taqsimlanishidagi bog‘liqlikni o‘rganib shunday qarorga keladi: a) eng kam daromad oladiganlar mamlakatda ko‘pchilikni tashkil etadi;
b) eng yuqori daromad oladiganlar ko‘pchilikni tashkil etadi;
c) o‘rtacha daromad oladiganlar kamchilikni, kambag‘al va boy tabaqa birgalikda ko‘pchilikni tashkil etadi;
d) eng kam va eng ko‘p daromad oladigan tabaqa uncha ko‘p emas;
e) daromaddagi farq soliq olingandan so‘ng qisqaradi.
6. Pareto qonuniga ko‘ra: a) jamiyat doimo o‘rta sinfga tayanadi;
b) jamiyat boy qatlamga tayanadi;
c) jamiyat kambag‘allikka qarshi kurashadi;
d) jamiyat a’zolari ular uchun xayriya qilishni yoqtirganlarga tayanadi;
e) pulni uyda saqlamay, bankka qo‘yganlarga tayanadi.
7. Lorens egri chizig‘i bissektrisa o‘qidan ancha uzoqlashishi nimani bildiradi? a) ijtimoiy tenglikka erishilganini;
b) aholining tabaqalashuvi kuchayganini;
c) aholining turmush darajasi pasayganini;
d) aholi turmush darajasining oshganini;
e) aholi daromadlari ko‘payganini.
8. Respublikada aholini ijtimoiy himoyalashning asosiy yo‘nalishini ko‘rsating: a) daromadlarning eng kam va o‘rtacha darajasini muntazam oshirib borish;
b) ichki iste’mol bozorini himoya qilish;
c) aholining kam ta’minlangan tabaqalarini ijtimoiy himoyalash;
d) faol ijtimoiy siyosatni amalga oshirish;
e) yuqoridagilarning barchasi.
9. Daromadlarni indeksatsiyalash nima? a) narx-navo indekslarini oshirish;
b) narxlar indeksining oshishiga muvofiq ravishda to‘lanadigan ish haqi va boshqa to‘lovlarni oshirish;
c) davlat byudjeti daromadlarini shakllantirish;
d) daromadlardan olinadigan soliqlar miqdorini o‘zgartirish;
e) ish haqi va boshqa daromadlarni “qotirib” qo‘yish.