Mavzu: Ijtimoiy ta'minot tizimida byudjet mablag'larining auditi va nazorati: muammolar va yechimlar.
Abdullayeva Kamola
Reja:
1. Ijtimoiy ta’minot tizimi
2. Ijtimoiy ta’minot tizimida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan muammolar va ularning yechimlari
Ijtimoiy taʼminot tizimi
Ijtimoiy taʼminot - keksaygan, mehnatga layoqatsiz boʻlgan va boquvchisini yoʻqotgan fuqarolarga moddiy, tibbiy va ijtimoiy yordam koʻrsatish boʻyicha davlat tomonidan belgilangan ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlar tizimi.
Ijtimoiy ta'minot toʻgʻridan-toʻgʻri davlat byudjetidgn ajratiladigan mablagʻlari, homiylar (turli jamgʻarma va tashkilotlar, yuridik va jismoniy shaxslar) mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi. Uning miqdori va taqdim etish tartibi milliy urf-odatlar va xalqaro meʼyorlarga asosan ishlab chiqilgan qonunchilik hamda davlatning iqtisodiy imkoniyati doirasida amalga oshiriladi.
Ijtimoiy xizmat koʻrsatish — nogironlarni „Muruvvat“ uylariga, yolgʻiz qariyalarni „Sahovat“ uylariga joylashtirish, nogiron bolalarni kasbga oʻqitish va ishga joylashishda yordam koʻrsatish, pensionerlarni sanatoriy va dam olish uylarida sogʻlomlashtirish, ularga shahar jamoat transportlaridan foydalanishda, turar joy, maishiy xizmat va soliqlarga aloqador imtiyozlar berish.
Ijtimoiy ta’minotning eng muhim turlari,
Pensiya tizimini isloh qilishning negizida pensiya to'lanmalarini moliyalashtirishning jamg'ariladigan prinsiplari asosida tashkil qilish yotadi.
Pensiya tizimini isloh qilishning negizida pensiya to'lanmalarini moliyalashtirishning jamg'ariladigan prinsiplari asosida tashkil qilish yotadi.
Jamg'ariladigan pensiyalar - yollanib ishlaydiganlarga beriladi,butun mehnat faoliyati davomida olingan ish haqiga nisbatan ajratmaiar va bu ajratmaiarni saqlab, o'z aylanmasida foydaianganligi uchun ular tomonidan to'lanadigan foizlar hisobidan amaiga oshiriladi;
Ijtimoiy pensiyalar - o'zlariga pensiya to'lanmalarining to'lanishi uchun zarur bo'lgan mablag'larnijamg'armagan va hayot kechirish uchun zaruriy mablag'larga ega bo'lmagan shaxslarga umumiy soliqlar hisobidan to'lanadi;
Qo'shimcha pensiyalar - alohida toifadagi ish beruvchilardan undiriladigan yoki ish beruvchilar va xodimlar tomonidan ixtiyoriy ravishda o'tkazilgan mablag'lar hisobidan amalga oshiriladi.