” fanlar kafedrasi fanidan Mustaqil ish Bajardi: Qabul qildi: Olmaliq-2022



Yüklə 382,62 Kb.
səhifə10/12
tarix13.12.2022
ölçüsü382,62 Kb.
#74385
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Maxsus po\'latlar

Qotishmalarning xossalari
Ikki va undan ortiq elementlarni birga suyultirish yo‘li bilan olingan murakkab jism qotishma deb aytiladi. Bunga misol sifatida cho‘yan, po‘lat, bronza, latun, duraluminiy va boshqalarni keltirish mumkin. Ba’zan, qotishmani uning tarkibiga kiruvchi elementlarning kukunlarini aralashtirib, unga shakl berib, hosil qilingan buyumni maxsus pechlarda 1100—1400°C da pishirish yo‘li bilan ham olish mumkin. Misol uchun qattiq qotishmalar, metallkeramik detallar shu yo‘sinda olinadi. Qotishmalar tarkibiga kiruvchi elementlar atomlarining diametrlariga, kristall panjara turiga va ularning suyuqlanish haroratiga ko‘ra: mexanik aralashma, kimyoviy birikma va qattiq eritmaga bo‘linadi. Agar qotishma tarkibiga kiruvchi elementlarning atomlari kristallanish jarayonida bir-biriga tortilmay, bir-biridan qochsa, qotishma tarkibiga kiruvchi har bir element atomlari qattiq holatda mustaqil kristallar hosil qiladi. Bunda hosil bo‘lgan kristall donlari mexanik aralashmadan iborat bo‘ladi. Agar qotishma tarkibiga kiruvchi elementlarning atomlari kristallanish jarayonida o‘zaro kimyoviy ta’sir etsa, bunday elementlar qotishi natijasida kimyoviy birikma hosil qiladi. Kimyoviy birikmaning kristall panjarasi murakkab bo‘lib, ular ko‘pincha metall va metallmas elementlarning birikishidan hosil bo‘ladi. Qotishma tarkibidagi elementlardan biri ikkinchisida erisa, sof metall kabi kristall panjarali tuzilish hosil qiladi. Misol uchun, temir Cu, Ni, Zn, Al va boshqa elementlar bilan qattiq eritma hosil qiladi. Qattiq eritmalar hosil qilishda qotishma tarkibidagi qaysi elementning kristall panjarasi saqlanib qolsa, shu element erituvchi element deb, kristall panjarasi saqlanmagan element esa eruvchi element deb aytiladi va A (B), A — erituvchi, B — eruvchi deb nomlanadi. Qotishmalar tarkibiga kirgan elementlarning o‘zaro munosabatlariga ko‘ra, elementlarning eruvchanligi turlicha bo‘ladi. Misda nikel, nikelda mis xohlagancha eriydi. 15 Hamma metallar ham bir-birida yaxshi eriyvermaydi. Ba’zi elementlar yaxshi, o‘rta, yomon va ba’zilari, umuman, erimasligi mumkin. Rentgen nurlari yordamida tekshirilganda shu narsa aniqlandiki, eruvchi element atomlari bilan erituvchi element atomlari o‘rin almashuvi natijasida qattiq eritma hosil bo‘ladi. Atomlarning bunday o‘rin almashuvi uchun A va B elementlarning kristall panjaralari bir xil bo‘lishi va atomlar radiuslari bir-biriga yaqin bo‘lishi kerak. Odatda, qotishmani hosil qiluvchi asosiy komponentlardan tashqari, qotishma tarkibida oz miqdorda boshqa elementlar ham mavjud bo‘ladi va ular qo‘shimchalar deb yuritiladi. Bu qo‘shimchalar qotishmaga rudani eritib olayotganda yoki qotishma eritilayotganda tushadi. Ular qotishmaning xossalariga aytarli ta’sir etmaydi.

Yüklə 382,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin